Musiqa to`garaklarini tashkil etish fan dasturi
Fanining maqsadi va vazifalari
Download 170.39 Kb.
|
MUSIQA TO`GARAKLARINI TASHKIL ETISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning vazifalari
- Fan bo`yicha talabalarning bilimiga, ko`nikma va malakasiga qo`yiladigan talablar Bakalavr
- haqida bilimlarga ega bo’lishi kerak;
Fanining maqsadi va vazifalari
Fanning maqsadi - musiqa fani bo`yicha dars mashg`ulotlaridan tashqari musiqa to`garaklarini tashkil etish va o`tkazish hamda o`zbek mumtoz qo`shiqchiligi, xor bilan ishlashda xor asarlarini moslashtirish hamda mashg`ulotlarini olib borish bo`yicha uslubiy ko`rsatma va tavsiyalarni taqdim etishdan iborat. Buning uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish talab etiladi. musiqa tso`garaklarini tashkil etish bo`yicha nazariy bilimlarga ega bso`lish: o`zbek mumtoz ashulachiligi maktabi xaqida nazariy va amaliy bilimlarni egallash: mumtoz ashulachilik ijro namunalarini tushunish va ijro eta olish: o`zbek mumtoz ashulachilarini yakka hamda jamoada kuylash tartib- qoidalarini so`rganish: o`tmish mashur maqom maktabi vakillari ijro namunalarini asl xolida o`rganish va kuylash: xor jamoasini tashkil qilish va ish olib borish: xor uchun o`zbek, chet el kompazitorlari yozgan asarlarni qayta ishlash texnologiyalarini so`rganish va amalda qso`llash malakalarini egallashdan iborat. Fanning vazifalari: - musiqa tso`garaklarini tashkil etish bso`yicha nazariy bilimlarni berishda o`quv-adabiyotlardan foydalanish. - so`zbek mumtoz qso`shiqchiligi nazariy va amaliy bilimlarni singdirish. - mumtoz ashulachilik namunalarini kuylab berish orqali ijro malakalarini shakllantirish. - xor jamoasini tashkil qilish bo`yicha amaliy ko`nikmalarni singdirish. - xor uchun yozilgan asarlarni ijro uchun moslashtirish kso`nikmalarini shakllantirish. Fan bo`yicha talabalarning bilimiga, ko`nikma va malakasiga qo`yiladigan talablar Bakalavr: - qo’shiqchilikdagi kuylash usullari «Gulbigi», «Binnigi», «Ishkambi» ijro maktabi haqidagi ma’lumotlarni, kuylashda yakka va guruhli kuylashning didaktik tamoyillarini va qonuniyatlarini bilishi haqida bilimlarga ega bo’lishi kerak; - turli maqomot maktabi ijro namunalarini ijro uchun tanlash, qo’shiqchilikda ovoz diapozoni - uni ijro qilish jarayonida duch keladigan fiziologik disfoniyani oldindan aniqlay olishi; maqomot maktabi ijro namunalaridagi bir xillik va farqlarni o’rganish bilishi, ijro etishda ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak; - talabalar tanlangan asarlarni to’g’ri qoidalar asosida kuylash, ovoz diapozoniga zid bo’lgan yuqori avj pardalarni to’g’ri ishlatish, xonandalar va maqom ansambli uchun repertuarni optimal tanlash va o’zi ijro eta olish; - xorda kuylash jarayoni, xor repertuarlarini optimal tanlash, ovozlar xususiyatiga ko’ra asarlarni ajratib olish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak. - talabalar xorida tanlangan asarlarni qoidalar asosida kuylash, ovozlar xususiyatiga ko’ra disfoniyaga yo’l qo’ymasdan ovozlar bilan alohida ishlash va xor jamoasiga rahbarlik qilib boshqara olish malaka va malakalariga ega bo’lishi kerak. Download 170.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling