Musiqatarix I fanidan Kurs ishi Mavzu: R. Shuman fortepiano ijodi Bajardi


Download 1.18 Mb.
bet3/5
Sana19.06.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1610093
1   2   3   4   5
Bog'liq
asad 4 k

    Bu sahifa navigatsiya:
  • S-dur
Robert Aleksandr SHuman.

Svikkau shahrida SHumanga qo‘yilgan haykal.

SHumanning 200 yilligiga atab zarb etilgan 10 evrolik tangalar.
SHumanning fortepiano asarlari.
Robert SHuman 24 yil davomida o‘zining kompozitorlik faoliyatini amalga oshiradi va shu vaqtning 10 yilini u asosan fortepiano asarlari yaratishga bag‘ishlaydi. Hayotni, tabiat va insonlarni hech qanday mubolag‘asiz, o‘ziga xos go‘zal manzaralarda aks ettirish, idealist romantik kompozitor sifatida ijodiy fantaziyasining yuqori cho‘qqilarda parvoz etishi – SHumanning fortepiano ijodiga alohida energiya, quvvat bag‘ishlaydi.
SHuman fortepiano asarlarining hatto texnik jihatlarida, passajlarda uning ixtirochiligi, ijodiy fantaziyasining kengligi, ifodaliligi yaqqol namoyon bo‘ladi. Uning ijodida milliylik yaqqol ufurib turadi.
R.SHumanning eng nodir, musiqiy mazmuni va shaklining o‘ziga xosligi bilan ajralib turadigan asarlari sirasiga S-dur fantaziyasi, karnaval va simfonik etyudlari, shuningdek, fortepiano va orkestr uchun a-moll konsertini kiritish mumkin.
1841 yilda u o‘zining fortepiano va orkestr uchun fantaziyasini, 1842 yilda fortepiano va torli asboblar uchun kvintetini, fortepiano va torli asboblar uchun kvartetini yaratdi.
1843 yilda kompozitor Mendelson tomonidan yangi tashkil etilgan Leypsig konservatoriyasida SHuman “Fortepiano”, “Kompozitsiya” va “Partitura o‘qish” fanlarini olib boradi.
1845 yilda SHuman o‘zining fortepiano uchun a-moll konsertini, shuningdek, fortepiano, skripka va violonchel uchun triosini yaratadi.
SHuman fortepiano musiqasida o‘ziga xos janr yaratdi: bu ko‘pgina miniatyuralardan iborat bo‘lgan, g‘oyaviy mazmun va intonatsion-tematik jihatidan bir-biriga bog‘langan syuita turkumlarini o‘zida jamlagan yirik hajmdagi asarlardir. Mazkutsr asarlar ijrosi jarayonida tinglovchi ko‘z oldida keskin kontrast bo‘lgan obrazlar gavdalanadi. Bular: “Karnaval” va “Simfonik etyudlar” bo‘lib, ularda variatsiya turkumi o‘ziga xos novatorlik echimi orqali aks ettirilgan.
SHuman romantik variatsiyalarining o‘ziga xosligi shunda namoyon bo‘ladiki, mavzuning variatsion o‘zgarishlari yangi qarama-qarshi obrazlar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Uning 3 ta fortepiano sonatalari, “Fantaziya”si hamda mashhur fortepiano va orkestr uchun konserti obrazlar qarama-qarshiligi orqali namoyon bo‘ladi.
SHumanning fortepiano asarlari orasida uning “Albom dlya yunoshestva” asari asosiy o‘rinlardan birini egallagan. Bu asar pedagogik amaliyotda keng qo‘llaniladi, shuningdek, “Detskie ssenы” (“Bolalar sahnalari”) miniatyuralar turkumi bolalarning ichki olamini yoritishga qaratilgan.
SHumanning ijodidagi novatorlik, ijodiy erkinlik, ilg‘or musiqiy harakatlarni qo‘llab – quvvatlash uning ko‘pgina musiqachi va kompozitorlar hurmatiga sazovor bo‘lishiga olib keldi. Buyuk rus kompozitorlari A.Rubinshteyn, P.CHpykovskiy va “Qudratli to‘da” vakillari kompozitorlari SHuman ijodining yuksak shinavandalari bo‘lib qoldilar.
SHuman fortepiano pesalarining asosiy qismi lirik-dramatik va turkum janrida yaratilgan. Uning eng mashhur asarlaridan biri “Karnaval” turkumidir. Unda tinglovchi ko‘z oldida Paganini, SHopen va kompozitorning sevgilisi Klara Vik bilan bog‘liq sahnalar, raqslar, niqoblar va qator musiqiy manzaralar namoyon bo‘ladi.

SHumanning bolalar albomi haqida.


SHumanning «Bolalar albomi»iga yoshlarga mo‘ljallangan bir qancha asarlar kirgan. Ulardan «Botir chavandoz», «Quvnoq dehqon», «Birinchi judolik yoki yo‘qotish» («Pervaya utrata») va boshqalar maktab musiqa darslari dasturidan joy olgan.
Albom quyidagi fortepiano pesalaridan tashkil topgan:

  1. Melodiya.

  2. Marsh.

  3. Pesenka.

  4. Oxotnichya pesenka.

  5. Peska.

  6. Smelыy naezdnik.

  7. Bednыy sirotka.

  8. Veselыy krestyanin.

  9. Pervaya utrata.

  10. Sitsiliyskaya pesenka.

  11. Xorovaya pesnya.

  12. Ded Moroz.

  13. Pesenka Jnetsov.

  14. Malenkiy romans.

  15. Neznakomets.

SHuman mazkur fortepiano asarlarida xalq musiqasi ohanglaridan keng foydalangan. Insonparvarlik, tabiat va inson go‘zalligi, odamlardagi chuqur ichki kechinmalar va holatlar, insonning yuksaklikka intilishi SHumanning aksariyat asarlariga bosh mezon qilib olingan.
“Bolalar albomi”ni topa olmaganimiz uchun biz kompozitorning “Kolыbelnaya» nomli fortepiano asarini olib tahlil qildik.

Ushbu asar fortepiano uchun yaratilgan bo‘lib, 6/8 chorakli o‘lchovda, mi bemol major tonalligida, allegretto, ya’ni o‘rtacha tez ijro sur’atida ijro etiladi. Asar o‘z ijro xarakteri bilan alla musiqasi bo‘lib, uning kuyi yorqin, mayin, ravon yangraydi. Asar hajmi bir sahifadan iborat bo‘lib, piano dinamikasi bilan boshlanadi.
Sahifaning oxiriga kelgach, Da capo al fine, ya’ni, “ushbu belgidan so‘ng asarni boshidan boshlang va fine da tugating” degan belgiga rioya etib, asar yana boshidan boshlab ijro etiladi va fine degan joyida tugallanadi.


Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling