O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
M u s i q a t a r i x i
fanidan
Kurs ishi
Mavzu: R. Shuman fortepiano ijodi
Bajardi: R. Erkinova
Ilmiy rahbar: I. Axtamov
Buxoro - 2021
Buxoro davlat universiteti Musiqa ta’limi yo’nalishi
4-2 MUZ-17 guruh talabasi R. Erkinovaning Musiqa tarixi fanidan “R. Shuman fortepiano ijodi” mavzusida yozilgan kurs ishiga
TAQRIZ
Ish ko‘rsatilgan barcha talablar asosida yozilgan. Ishning mohiyati, dolzarbligi, metodikasi va sodda, ravon bayon etilishi, unda misol sifatida keltirilgan
Ishda Robert Shuman 24 yil davomida o‘zining kompozitorlik faoliyatini va shu vaqtning 10 yilini u asosan fortepiano asarlari yaratishga bag‘ishlanligi aytib o’tilgan. Hayotni, tabiat va insonlarni hech qanday mubolag‘asiz, o‘ziga xos go‘zal manzaralarda aks ettirish, idealist romantik kompozitor sifatida ijodiy fantaziyasining yuqori cho‘qqilarda parvoz etishi – Shumanning fortepiano ijodiga alohida energiya, quvvat bag‘ishlaydi.
Shuman fortepiano asarlarining hatto texnik jihatlarida, passajlarda uning ixtirochiligi, ijodiy fantaziyasining kengligi, ifodaliligi yaqqol namoyon bo‘ladi. Uning ijodida milliylik yaqqol ufurib turadi.
R.Shumanning eng nodir, musiqiy mazmuni va shaklining o‘ziga xosligi bilan ajralib turadigan asarlari sirasiga S-dur fantaziyasi, karnaval va simfonik etyudlari, shuningdek, fortepiano va orkestr uchun a-moll konsertini misol qilib keltigan.
Ish talablarga to‘la javob beradi. Hamma tarkibiy qismlar tugal. Ikki yo‘nalishdagi ko‘rsatilgan kamchiliklarni tugatishga erishilgan. Ish himoyaga tavsiya etiladi.
Ilmiy rahbar: ___________________
Do'stlaringiz bilan baham: |