Musiqatarix I fanidan Kurs ishi Mavzu: R. Shuman fortepiano ijodi Bajardi


Download 1.18 Mb.
bet2/5
Sana19.06.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1610093
1   2   3   4   5
Bog'liq
asad 4 k

R.SHUMANNING FORTEPIANO IJODI.
Reja:

  1. SHumanning hayoti va ijodi.

  2. SHumanning fortepiano asarlari.

  3. SHumanning bolalar albomi haqida.

  4. Xulosa.

  5. Adabiyotlar.

SHumanning hayoti va ijodi.


Musiqa mashg‘ulotlarida mamlakatimiz va chet el kompozitorlarining hayoti va ijodiy faoliyati o‘quvchilarga qisqa ma’lumotlar keltirish, kompozitorlarning hayoti hamda ijodiy faoliyati bilan tanishtirib borish, mazkur ijodkorlarning yaratgan yirik asarlari haqida ularga ma’lumotlar berish ta’limiy vazifalarning amalga oshishiga imkon yaratadi.
Beshinchi - ettinchi sinf o‘quvchilari darsda mamlakatimiz, shuningdek, turli qardosh xalqlarning mumtoz hamda zamonaviy kompozitorlari haqida ma’lumotlar bilan tanishadilar. Ushbu kompozitorlarning ijodi bilan tanishish barobarida, ularning turli asarlaridan parchalar ijro etishni ham o‘rganadilar, har xil janr va yo‘nalishdagi asarlarni bir-biri bilan qiyoslab, ularga o‘zlarining fikr va mulohazalarini bildiradilar.
Jumladan, g‘arb kompozitorlarining ijodiy faoliyati, ularning mukammal asarlari haqida o‘quvchilarga ma’lumotlar berishni tizimli tarzda tashkil etish musiqa ta’limida samarali natijalarga olib keladi.
Maktab darsliklarini tahlil etib chiqqanda, beshinchi – ettinchi sinflarda o‘quvchilarga rus va g‘arb kompozitorlarining ijodiy faoliyati, ularning asarlari haqida qisqa ma’lumotlar berish amalga oshiriladi. Ayniqsa, beshinchi sinf darsligida, ikkinchi chorakda simfonik musiqa haqida, 4 - chorakda esa opera janri haqida ma’lumotlar berish ko‘zda tutilgan. Maktab oltinchi sinfining 4 - choragida esa g‘arb va rus kompozitorlari borasida muxtasar materiallarni o‘quvchilarga etkazish rejalashtirilgan.
Bu sinflarda g‘arb kompozitorlaridan Lyudvig Betxoven, Volfgang Motsart va Friderik SHopen, shuningdek, rus kompozitorlaridan Mixail Glinka to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Binobarin, ushbu kompozitorlar bilan birga yana ko‘pgina taniqli, sermahsul, mashhur kompozitorlar ijodi va hayoti haqida ma’lumotlar berish mumkin va ushbu materiallarni o‘zlashtirish o‘quvchilarda ijobiy natijalarga olib kelishi muqarrar.
Buyuk nemis kompozitori R.SHuman (Robert Schumann) 1810 yil 8 iyunda Saksoniyadagi Svikkau shahrida tug‘ilib, 1856 yili 29 iyulda vafot etgan. Uning otasi adabiyotchi bo‘lib, kitob savdosi va nashriyot ishlari bilan shug‘ullangan. Robertda kompozitorlik iqtidori juda erta namoyon bo‘ladi. U 7 yoshidan boshlab organchi I.Kunsht qo‘l ostida fortepiano chalishni o‘rgana boshlaydi. 12 yoshida gimnaziyada, o‘rtoqlari ijrosiga qilgan dirijyorligi uning tug‘ma iste’dod egasi ekanligini namoyish etib turardi. Robert 15 yoshgacha adabiyot va musiqa bilan birdek shug‘ullanadi, fortepianoda improvizatsiyalar qiladi va kichik hajmdagi musiqa asarlari yozadi.
Gimnaziyani tugatgach, onasining xohishi bilan 1828 yilda Geydelberg universitetida huquqshunoslik fanlarini o‘rganadi, biroq, yuridik fanlar bilan shug‘ullanishdan ko‘ra musiqa muhiti Leypsig shahri uchun tabiiyroq edi. SHu bois, 1829 yilda universitetni tark etib, u o‘zini butunlay musiqani o‘rganishga bag‘ishlaydi. Paganini ijrosini tinglab unga havas qiladi, o‘zi ham zo‘r ijrochi bo‘lishga intiladi.
1828-1829 yillarda u Leypsigdagi mashhur fortepiano muallimi Fridrix Vikga shogirdlikka o‘tadi va keyinchalik, 1840 yilda uning qizi Klaraga uylanishi bilan, bir yil davomida fortepiano va ovoz uchun 134 ta qo‘shiqlar yaratadi. 1831 yili ustoz, musiqa nazariyotchisi G.Dorndan kompozitorlik texnikasi va nazariyasini o‘rgana boshlaydi.
SHu paytdan boshlab uning dastlabki yirik fortepiano asarlari yaratildi va musiqiy tanqidchilik faoliyati shakllana boshladi. Uning 1831 yilda F.SHopen haqida dastlabki maqolasi e’lon qilindi.
1834 yilda «YAngi musiqiy jurnal»ni ("Neue Zeitschrift fur Musik") tashkil etib, 10 yil davomida uning bosh muharriri hamda ko‘pgina maqolalarning muallifi bo‘ldi. U o‘z maqolalarida milliy musiqaning rivoji va milliy kompozitorlar Mendelson, Berlioz, SHopen, List, Giller, Gade va Bramslar ijodini keng yoritib berdi. Uning jurnaldagi faoliyati 1844 yilgacha davom etadi. SHundan so‘ng u jurnalni chiqarish faoliyatini Brendelga topshiradi.
SHu yili u Drezdenga ko‘chib, yirik janrlarda asarlar yaratish bilan mashg‘ul bo‘ladi. 1847 yildan boshlab Drezden xor kapellasining rahbarligini egallaydi, 1848 yilda esa xor jamiyatini ta’sis etadi. 1850 yilda u Dyusseldorfga, simfonik va xor konsertlari jamoasi dirijyori va direktorligiga taklif etiladi. Ma’lum vaqt bu lavozimda ishlagach, uning salomatligi yomonlashib, asab xastaligi xuruj qila boshlaydi.
1854 yilda uning taniqli musiqachi va kompozitorlar haqidagi turkum maqolalari alohida kitob holida “Taniqli musiqachi va kompozitorlar” nomi bilan ("Gesammelte Schriften uber Musik und Musiker") bosib chiqarildi.
SHuman 1837-38 yil qishida Venaga boradi va mohir kompozitor F.SHubertning oxirgi, do major simfoniyasini topib nashr qildiradi. 1840 yili Ien shahridagi universitetning faxriy falsafa doktori darajasiga sazovor bo‘ladi.
1843 yida Tomas Murning so‘zlariga “Ray i Peri” nomli kantatasini yaratadi. SHu yili Leypsig konservatoriyasida fortepiano va kompozitsiya bo‘yicha professor lavozimini egallaydi. Keyinchalik umr yo‘ldoshi Klara SHuman bilan birgalikda bir nechta konsert gastrollariga chiqadi.
SHuman 1844 yili Drezden shahriga ko‘chib borgan. Bu erda u ijoddan tashqari xor jamoalariga rahbarlik qiladi. 1850-53 yillar davomida Dyusseldorf shahar musiqasi direktori lavozimida ishlaydi. Simfonik orkestr va xor jamoalari konsertlarida dirijyorlik qiladi.
SHu davr uning ijodida eng sermahsul edi. 1853 yili Gollandiyaga konsert sayohati uyushtiradi va I.Brams haqida oxirgi maqolasini yozadi.

Robert va Klaraning qabri.
Ammo yoshligidanoq asab kasaliga chalingan SHuman 1854 yilga kelib juda qiynaladi. Kasalining xuruji uning ijodiga ham salbiy ta’sir qiladi. Ahvoli og‘irlashib, natijada u shu yilning fevral oyi kunlaridan birida mehmonlar davrasini sekin tark etib, uydan chiqib ketadi va o‘zini Reyn daryosiga tashlaydi.
Tasodifan kelib qolgan baliqchilar uni qutqarib oladilar va shahar ruhiy kasalliklar kasalxonasiga joylashtiradilar. Keyingi ikki yilni u ruhiy xastalar kasalxonasida, Bonn shahrida o‘tkazadi va davolanishlar natija bermay, 26 iyul 1856 yili shu kasalxonada vafot etadi.




Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling