Musiqiy-ritmik faoliyatlarni shakillantirish metodikasi Reja: Kirish
II. Musiqiy-ritmik harakatlarni shakllantirish
Download 62.93 Kb.
|
Musiqiy-ritmik faoliyatlarni shakillantirish metodikasi Reja Ki
- Bu sahifa navigatsiya:
- Musiqiy-ritmik harakatlarda ritm hissini oshirish.
II. Musiqiy-ritmik harakatlarni shakllantirish
2.1 Musiqiy-ritmik harakatlarda tovush balandligini eshitishni shakllantirish 1. Bolalar ko'zlarini yumib, tovush balandligini cholg'uning tembri bo'yicha aniqlaydilar. Harakat-ramzlar orqali javob qaytaradiiar. Masalan: A.Muhamedovning «Shoxi so'zana» kuyidagi past tovushlarga oyoqlarini o'ynatadilar, baland tovushga - qo'l bilaklarini aylantiradilar; doyra tovushiga - shu cholg'u ijrosini ko'rsatadilar (Imitatsiya qiladilar). 2. O'quvchilar turadilar. Birinchi turgan bola koptokni oladi. Agar musiqa baland yangrasa, bola koptokni boshi orqali keyingi bolaga doyra bo'ylab uzatadi, agar past yangrasa, oyoqiari orasidan uzatadi. 3. O'quvchi tinglagan ohangining doskaga bo'r bilan chizadi. Keyin ikki yoki uch o'quvchi xuddj shuni hayolan doskaga chizadilar va harakat bilan ifodalaydilar. Bu mashqda D.Zokirovning «Gulxan» kuyidan foydalanish mumkin. Musiqiy-ritmik harakatlarda ritm hissini oshirish. 1. Bolalar doyra bo'lib yoki partada o'tiribdilar. M.Mirzaevning «Bahor valsi» kuyiga koptokni ushlagan bola choraktali cho'zimga koptokni u qo'lidan bu qo'liga o'tkazadi, yarimtalik cho'zimga doyra bo'ylab yoki partadoshiga uzatadi. 2. Bolalar xona bo'ylab yorqin kuyga yuguradilar, mayin, ohista musiqani tinglashlari bilan juft bo'lib aylanadilar. 3. «Aks sado» o'yini harakatlarda: ritmik suratni boshdan yuqorida, orqada oldida chapak bilan takrorlash, keyin oyoqlarni turgan joyda to'pillatish yoki yon tomonga chapak chalib oyoqlarni to'pillatish. 4. O'quvchilar vazifa oladilar: berilgan harakatga ritmik suratni chapak orqali ko'rsatish yoki kuylab berish. Avval o'qituvchi ritmik asosni harakatda ko'rsatadi, keyin esa o'quvchilar chapak yoki barmoqlarni qarsillatish orqali namoyon etadilar. Harakatlar yordamida o'quvchilarda bir qator musiqiy-eshituv tasavvurlarini shakllantirish mumkin: Ikki yoki uch hissali o'lchov haqidagi tasavurlar. 1) Bunda o'quvchilar turgan holda 2/4 o'lchovidagi musiqaga oyoq uchida ko'tariiib va pastlab harakat bajaradilar; 2) 2/4 o'lchovidagi musiqaga kift va elkalarini boshga qarab ko'taradilar va o'z holiga tushiradilar 3) 3/4 o'lchovidagi musiqaga esa - birinchi hissaga yengil yarim o'tirgan holda harakatlanadilar va «uch»ga turadilar va hokazo. Harakatli mashqlar. 1) Bolalar ko'zlarini yumib o'tiradilar ya tovushlar balandligi yoki cholg'ular tembrlarini aniqlashga harakat qiladilar. Javoblarni bolalar harakatli belgilar yordamida ko'rsatadilar. Masalan, past tovushlarga oyoqlar «raqs tushadi», baland tovushlarga - qo'l bilaklari, doyra jarangiga bolalar doyrasida ijroga taqlid qilib ko'rsatadilar. 2) O'rta registrdagi tovush eshitilsa, bolalar ko'krak balandligida chapak chaladilar, baland registrdagi tovush chalinsa - boshlari uzra chapak chaladilar. 3) Ijodkorlikka qaratilgan mashq: 3 qismli asardagi registrlarni taqqoslashda qo'llar yuqori registrga «raqs tushadilar», o'rta registrda esa-tanani harakatlantiradilar va hokazo. Bunda bir o'quvchining harakatlariga ikkinchi o'quvchi oddiy cholg'uda ritmik jo'r bo'lishi ham mumkin. Sinfga esa bu ijodiy vazifaning bajarilishini baholash topshiriladi. Musiqa tempi haqidagi tasavvurlami shakllantirish 1) O'qituvchi chalayotgan yoki kuylayotgan turli tempdagi musiqiy asar ostida yurish yoki yugurish (sakrash); 2) Hayvonlar harakatiga taqlid: sekin harakatlanuvchi - fil, toshbaqa; tez harakatlanuvchi - tulki, quyon, it va hokazo. Bunday va bunga o'xshash musiqiy-ritmik harakatlar yordamida o'qituvchi bir qator musiqiy tasawurlar va bilimlar doyrasini (dinamika, musiqa shakli, musiqiy jumla, tovush yo'nalishi va hokazo) tarkib toptirishi boshlang'ich sinflarda musiqa o'qitish ishlarining samaradorligini oshiradi. 1.Yurish va yugurish turli tempdagi ijro. P.I.Chaykovskiyning «Yog'och soldatchalar marshi» bunday mashqlarda juda qo'l keladi. 2. Ijro etiiayotgan musiqiy obrazga xos ravishda harakatlanish. 3. Bir o'quvchi bolalarga tanish bo'lgan harakatlanuvchi mashqlarni boshqarib turadi. Qolganlar esa mashqlarni takroran bajaradilar. 4. Hayvonlarga taqlidiy harakatlar: sekin-fillar, toshbaqalar, ayiq; tezquyon, kuchuk, va boshqalar. 5. Musiqaning tezlashishi yoki sekinlashishi ostida harakatlarni o'zgartirish: yurishdan yugurishga, yugurishdan sakrashga va hokazo. 6. Musiqaning tezlashishi va to'xtashiga improvizatsiya, masalan: avtomobil, paravoz, arg'imchoq. O'quvchilarga ular tinglanayotgan va kuylayotgan musiqiy asarlari mazmuni va xarakteriga mos keladigan raqs va musiqiy-ritmik harakatlarni tanlash, topish va mustaqil ijro etish taklif etilsa, bunday vazifalar ularda ijodkorlik qobiliyatlarini faollashtiradi, badiiy didni rivojiantiradi. Bu vazifalarni osonlashtirish maqsadida mazmuni va harakat ketma-ketligini namoyon qiluvchi qo'shiq va dasturiy musiqa asari qo'llaniladi. Sh.Najmiddinovning «Bolalar va g'ozlar», T.Toshmatovning «Ayiqpolvonlar bog'chasi», o'zbek xalq «Boychechak», T.Xusaylining «Jo'jalarim», A.Mansurovning «Piyoda askarlar qo'shiqi», P.Chaykovskiyning «Yog'och soldatchalar marshi» va hokazo asarlarini keltirish mumkin. O'quvchilar o'qituvchi bilan birgalikda harakatlarni topadilar. Ijro paytida o'qituvchi bolalarga harakatlarda ifodaviylikka erishish, ularni yaxshiroq bajarish yo' llarini ko'rsatib boradi. Musiqiy material tanlar ekan, musiqa o'qituvchisi qaysi asarda tayyor kompozitsiyasini qo'llash mumkin, qaysi asarni esa bolalaming o'zlari ijod qilib, harakat va raqs elementlarini topishlari uchun mo'ljallash kerakligini aniqlaydi. Bolalarda. ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish jarayonida ularda tashabbuskorlikni, qiziquvchanlikni qo'llab-quwatlab, rag'batlantirib borish muhimdir. Bolaning aqliy, estetik va jismoniy rivojlanishida raqs, musiqali o’yin hamda musiqa bilan harakat katta ahamiyatga ega. Musiqiy faoliyatning bu turlari bolaning har tomonlama o’sishiga yordam beradi. Birinchidan, uning musiqiy o’quvi, ayniqsa ritm tuyg’usi, musiqa xotirasi yahshi rivojlanadi, chunki har qanday harakat turi musiqa ritmi va taktlari ostida bajariladi. Harakat bilan bog’liq bo’lgan musiqa ohanglari bola xotirasida to’rg’un saqlanadi. Ikkinchidan, yuqorida aytganimizdek, raqs va musiqiy harakatlar bolada harakatchanlik, chaqqonlikni rivojlantirib, badanni chiniqtiradi, qomatning to’g’ri o’sishiga katta yordam beradi. Uchinchidan, musiqa asarlari bolada turlicha emotsional hislar uygotadi, turlicha kayfiyatlar hosil etib, uning ongida o’ziga xos obrazlar yaratadiki, bular bolaga harakat sxemalarini badiiy ishoralar bilan ifodalashga yordam beradi. Demak, musiqa bilan harakat, musiqiy-ritmik harakatlarni bajarish bolaning aqliy va estetik qobiliyatini hamda irodasini rivojlantirishda ham alohida ahamiyatga ega ekan. Musiqa, raqs va o’yinlar kichik yoshli bolalarga tez ta’sir etadi. Shuning uchun quvnoq raqs, qiziqarli musiqali o’yinlar har bir bolaning e’tiborini o’ziga tortadi. Binobarin, musiqa madaniyati darslari davomida o’quvchilarning musiqiy ritmik harakatlari faoliyatini amalga oshirishning muhimligi ham ahamiyatli ekanligi yaqqol ko’rinib turibdi. Shuni ta’kidlash lozimki, o’zbek xalqi milliy raqs san’ati bilan olamga dong taratgan. Ammo maktab ta’lim-tarbiyasi tarkibida raqs sabog’i deyarli yo’q darajada ekanligini nazarda tutsak, unda musiqa madaniyati darslari mazmunida milliy raqs usullarini bolalarga yoshligidan o’rgatib borish naqadar zarurligi ma’lum bo’ladi. Shu bois, musiqa o’qituvchisi milliy raqs san’atimizning oddiy harakatlarini bilishi (ijro eta olishi) va darsda qo’llash usullarini puxta bilishi bugungi davr talabidir. Raqs va musiqali harakatlar o’quvchilarning musiqiy-o’quv qobiliyatlari hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun foydalidir. Bolalarning ritm tuyg’ulari musiqa bilan bajariladigan turli xil harakatlar- raqs, o’yin kabi turlicha ifodali harakatlar elementlarini o’zida mujassamlashtirgandir. Har qanday harakat turini yangrayotgan musiqani his etib, uning ritm, takt va jumlalariga e’tibor berib, mantiqiy harakat kompleksini yaratib ijro etishga katta ahamiyat berish lozim. Dasturda boshlang’ich sinf musiqa madaniyati darslarida raqs va musiqali harakatlarga alohida o’rin berilgan. Zero, bu faoliyat o’quvchilarda musiqiy qobiliyatlarni, xususan, ritm-usul tuyg’usi hamda asar badiyatini ifodalash malakalarini rivojlantirish bilan birga, ularning jismoniy rivojlanishlari uchun ham zarurdir. Birinchi sinfda o’quvchilar darsning ritmik harakatlarini bajarish, raqs tushish qismida musiqiy tovushlarning baland va pastligini qo’l harakati (yuqoriga ko’tarib va pastga tushirib) ifodalash. Aytim mashqlari, «Andijon polkasi», «Chittigul», «Pianino» kuylari asosida, marsh musiqasiga qadam tashlash (F.Nazarovning «Marsh», «Asp bo’laman», «Bahor keladi») kabi kuylarga raqsga tushishadi. Shuningdek «Ufori», «Duchava» singari kuylarga mos harakatlarni bajarishadi. To’rtinchi chorakka kelib, sinf aytimiga «dirijyorlik» qilish («Bolalar va g’ozlar») «boshqarishni» mashq qilishadi. Ikkinchi sinf davomida o’quvchilar mazkur faoliyat bo’yicha bir joyda turib, musiqaga mos harakatlarni bajarish, marsh musiqasiga mos qadam tashlash («Usmoniya», «Qari navo», «Marsh») va qo’l bilan raqs kuylariga xos ifodali harakatlar bajarish «Oftobjon-o’rtoqjon» kuyi, musiqa tavsiflariga mos raqs harakatlari («Olmani otdim», «Fabrika») musiqali o’yin ifodalarini («Inoq o’ynaymiz») bajarish amalga oshiriladi. Uchinchi sinfda esa o’quvchilar raqs musiqalariga mos raqs harakatlarini topib, raqs tushish («Olmani otdim», «Jonon» va boshqa raqsona kuylarga mos harakatlar bajariladi.) Darsning ushbu faoliyat turini o’tkazishda cholg’u asboblaridan unumli foydalanish muhim rol o’ynaydi. Xususan milliy raqslarni, masalan, «Chertmak», «Ufor», «Andijon polkasi», «Jonon» va boshqalarni o’rgatishda xalq cholg’u asboblaridan foydalanishda birinchidan bolalarda katta qiziqish uyg’otadi. Xalq cholg’u asboblaridan unumli foydalanish, bolalarda tembr o’quvi yahshi rivojlanadi, ikkinchidan bolalar yoshligidan milliy musiqa asboblari bilan tanishib boradilar. Musiqa madaniyati darslarida musiqiy ritmik harakatlarni bajarish faoliyati bolalar ritmik tuyg’ularini rivojlantiradi, zotan, raqs va o’yin ham turlicha ifodali harakatlar elementlarini o’zida mujassamlashtirgandir. Har qanday harakat turlicha yangrayotgan musiqani his etib, uning ritm, takt va jumlalariga e’tibor berib, mantiqiy harakatlar majmuini yaratib ijro etishga alohida ahamiyat berish lozimdir. Marshlar ostida bolalar harakat qilishlarida musiqa sabog’i bilan birgalikda oyoq tashlab yurishga bolalarni o’rgatib borish lozim. Shunday qilib, musiqali o’yinlar o’z maqsadi va vazifasiga ko’ra didaktik o’yinlarga mansub bo’lib, ular asosan harakat vositasida ijro etilishi bilan xarakterlanadi. Darslar davomida o’qituvchi musiqa asarining tuzilishiga binoan harakat elementlari mujassamlangan raqslarga, ularni o’rgatishga alohida e’tibor berishi maqsadga muvofiqdir. Masalan, ikki qismli musiqaga mos ikki qismli uch qismlisida xos tarzda uch qismli raqslar qo’yish kerak bo’ladi. Misol uchun o’zbek xalq raqsi «Andijon polka»sini olaylik. O’qituvchi mazkur musiqani o’rgatishda, bolalarga mos chaqqon harakatlarga xos raqs shaklini tanlashi mumkin. O’qituvchi sinf imkoniyatlarini hisobga olib, «Andijon polkasi»ni bir oz qisqartirib katta avjini istisno qilgan holda ikki qismli to’la shaklda chalib, uch qismli qilib ham o’rgatishi mumkin. Demak, raqsni musiqaning mantiqiy qismlariga ko’ra harakat elementlarini tanlab qo’yishiga to’g’ri keladi. O’yin va raqslar o’rgatishda mashq katta yordam beradi, zeroki har qanday raqs va o’yinlar aniq detallardan tashkil topadi. Shuning uchun ba’zi o’yin va raqslarni o’rgatishdan avval ular tarkibidagi ayrim harakat elementlarini oldindan mashq sifatida o’rgatilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. Raqs va o’yinlar qo’yishda bolalar ijodiga ham e’tibor berish shart. Ma’lumki, bolalar kattalarga taxlid qiladilar va ko’pincha o’qituvchilar o’rgatadigan o’yin va raqslarni uning shaxsiy ijodi deb ham tushunadilar. Shuning uchun ham bolalar o’qituvchiga taxliddan o’zlari ham «yangi» raqslar yaratishga intiladilar. Sinf o’quvchilari orasida raqs tushishga moyil bolalar, iqtidorlilar ham uchraydi, albatta. O’qituvchi ushbu faoliyatni boshqarishda shunday o’quvchilar raqsidan namuna sifatida foydalanishi mumkin. Shunday qilib, musiqiy ritmik harakatlarni bajarish musiqa madaniyati darslarida boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun mo’ljallangan bo’lib, bolalarning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishda alohida o’rin tutadi. Shuni ham ta’kidlab o’tish lozimki, darsning ushbu faoliyat turiga hamisha ham yetarli e’tibor berilavermaydi. Natijada dars elementlari, faoliyatlar majmui to’liq bo’lmay, mashg’ulotlarda qo’yilgan maqsadlarga yetishish qiyinlashadi, darslar zerikarli, passiv o’tilishiga olib keladi. Zamonaviy musiqa madaniyati darslarida boshqa faoliyatlar qatori o’quvchilarning musiqiy-ritmik harakatlarni bajarish elementlariga ham alohida e’tibor berilishini, uni har tomonlama mazmunli va qiziqarli, samarali o’tkazishga erishish muhimligini to’g’ri anglash musiqa o’qituvchisi hamda shu sohaning bo’lajak mutaxassislari uchun muhimdir. Download 62.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling