Musiqiy-ritmik faoliyatlarni shakillantirish metodikasi Reja


Download 36.65 Kb.
bet4/6
Sana23.04.2023
Hajmi36.65 Kb.
#1388774
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Musiqiy ritmik faoliyatlarni shakillantirish metodikasi Reja Ki

2.3 Ritmika
Musiqiy, ritmik o'yinlar o'quvchilarda musiqani idrok etishni, hishayajonni, badiiylikni, ritm hissini, melodik va garmonik eshitish qobiliyatini, musiqa shaklini his etishni, musiqiy xotira, did va hokazolarni shakllantiradi. Musiqiy o'yinlardagi badiiy obrazlar musiqiy asar mazmunini, musiqiy kechinmalarni chuqurroq ochib beradi. O'z xatti-harakatlari bilan o'quvchilar musiqiy kuy, ritm, musiqiy asaming tuzilishini, dinamikasini, umuman, «musiqiy til»ning ifodaliligini his etadilar.
Ritmika darsi asosan ritmik mashg'ulot bo'lib, darsda o'quvchilar
musiqa jo'rligida ritmik harakatlarni bajaradilar. Buning uchun, dastavval, o'quvchilarga musiqiy tovushlar, notalar va ularning xususiyatlari o'rgatiladi. O'quvchilar notalami sanashni o'rganib bo'lganlaridan so'ng, o'z musiqiy harakatlarini aniq sanash asosida amalga oshiradilar. Shundagina ritmik harakatlar musiqa bilan hamohang va uyg'un bo'ladi. Ko'pchilik musiqiy harakatlar musiqiy o'yin va raqs elementlariga tayanadi. Musiqiy ritmik harakatlaming asosi - yurish, yugurish, sakrashdir.
Ritmika darsi jismoniy tarbiya darsiga o'xshaydi. Bu darsning jismoniy tarbiya darslaridan farqi shundaki, bolalar barcha harakatlarni musiqa jo'rligida bajaradilar, harakatlar musiqa ohangiga mos tarzda bo'ladi, ya'ni musiqa yangrasa - o'quvchilar harakatlanadilar, musiqa to'xtasa - ular ham to'xtaydilar, sho'x musiqaga sho'x, vazmin musiqaga ohista harakatlanadilar. Bu o'z navbatida o'quvchilarga musiqiy asar xarakterini yaxshiroq anglash, har xil ohangdagi musiqani bir-biridan ajratib olishda yordam beradi. Ritmika darslari ayrim jihatlari bilan gimnastika mashg'ulotlariga o'xshab ketadi. Chunki bu darslarda ham xuddi gimnastika mashg'ulotlari kabi arqon sakrash, xalqa bilan, koptok bilan o'ynash mashqlari bajariladi. Bu yordamchi vositalar darsda ko'rgazmali qurol sifatida keng qo'llaniladi. Ritmika darslarida musiqiy spektakllar tayyorlanib, keng ommaga namoyish etiladi. Bu tadbirlar o'quvchilarda musiqaga, darsga bo'lgan qiziqishni orttiradi.



Download 36.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling