Musiqiy-ritmik faoliyatlarni shakillantirish metodikasi Reja


Download 36.65 Kb.
bet5/6
Sana23.04.2023
Hajmi36.65 Kb.
#1388774
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Musiqiy ritmik faoliyatlarni shakillantirish metodikasi Reja Ki

Xulosa va tavsiyalar
«Musiqa madaniyati» darslari o'quvchilarga ijobiy ta'sir etibgina qolmay, ularning musiqiy didi va musiqiy dunyoqarashi shakllanishiga ham samarali ta'sir qiladi. Shu bois maqbul mazmun va metodikada berilgan musiqiy bilimlar majmuasi o'quvchilarda musiqaga barqaror qiziqishni tarbiyalaydi, muhimi ular yaxshi musiqani, janrlarni, xalq va mumtoz musiqasini ajratishga o'rganadilar. Tadqiqot natijalari bolalaming qiziqish bilan qo'shiq kuylab, musiqa tinglab, kompozitorlar hayoti bilan tanisha, boshlaganliklarini ko'rsatdi. Hatto awaliga musiqa madaniyati darslariga e'tiborsizlik bilan qaragan o'quvchilar ham, oxir-oqibatda musiqa madaniyati darslariga ko'tarinki ruhda, biror bir yangilikdan xabardoi bo'lish niyatida kela boshladilar. O'quvchilarda «Musiqa madaniyati» o'quv fani tarkibidagi turli xil faoliyatlarga bo'lgan qiziqish va intilish kuchaydi. Ko'pchilik o'quvchilarda musiqa tinglash, qo'shiq kuylash, ritmik harakatlar bajarish jarayonlariga savodli, ya'ni ongli ravishda yondashish malakalari shakllandi. O'quvchilarda musiqiy asaming ifoda vositalari va shaklini tahlii qilish malakasini shakllantirish ularda o'z fikrlarini bemalol bayon qilish ko'nikmalarini shakllantirdi.
«Musiqa madaniyati» darslarida yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llash o'quvchilaming musiqiy bilimlarga, jumladan musiqa savodiga qiziqishlarini kuchaytirdi. O'quvchilar endilikda musiqiy boshqotirmalami bemalol eehadigan, notalarni yaxshi biladigan, tovush va uning xususiyatlarini anglaydigan, musiqa ifoda vositalari haqida aniq tushunchalarga ega bo'ldilar. Tajribalar darslarning samaradorligi uiarning to'g'ri uyushtirilishiga bog'liq ekanligini ko'rsatdi. Musiqa «til»i hamma va barchaga tushunarli va yaqin. Shuning uchun u insonlarning ruhiyatini ko'tarish, quvonch va rohat baxsh etish bilan birga, o'sib kelayotgan yosh avlodni shaxs sifatida shakllantirishda benazir yordamchidir.
Musiqiy bilimlarni o'zlashtirish o'quvchilarda nafaqat musiqiy savodxonlikni, balki musiqiy dunyoqarash, musiqiy did, musiqiy tafakkur va shu kabi sifatlami shakllantirishga xizmat qilishi amalda o'z isbotini topdi. O'quvchilar maktabga kelgan ilk kunlaridanoq, san'atga, ayniqsa, musiqaga intilish va qiziqishlari yuqori bo'ladi. Shuning uchun musiqa madaniyati darslarida o'quvchilarning shaxs sifatida shakllanishiga alohida e'tibor qaratish lozim. Bu o'qituvchining mutaxassis, o'z sohasining ustasi sifatida bilimdonligi va ijodiy barkamolligiga bog'liqdir.
Musiqa madaniyati darslari - o'quvchilarda musiqiy did va musiqiy dunyoqarashni shakllantiruvchi eng muhim vositadir. U o'quvchilarning aqliy, jismoniy, g'oyaviy shakllanishiga ta'sir etadi. Musiqa o'quvchilarda borliq haqida o'ziga xos «Shaxsiy nuqtai nazar»ni, voqea va hodisalarga faol va ijodiy munosabatni shakllantiradi. Musiqa alohida shaxsga va keng jamoaga ham birdek ta'sir qiladi (emotsional, ijodiy, estetik, g'oyaviy, pedagogik, fiziologik va hokazo). Aynan shuning uchun ham «Musiqa madaniyati» o'quv fanining xususiyatlaridan kelib chiqib, nazariy va amaliy yo'nalishdagi majsriallarning maqbul nisbatini saqlagan holda, musjqaning barcha mavjud imkoniyatlarini ochib bera olishi kerak. Shu maqsadni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun quyidagi tavsiyalarni beramiz. O'qituvchilarga:
1. Darslarni tashkil etishda, jumladan, musiqiy-nazariy bilimlarni o'zlashtirish jarayonida tizimlilikka rioya qilish. Shunda o'quvchilarning shaxsiy sifatiari bir maromda shakllanadi.
2. Chorak mavzularidan kelib chiqqan holda musiqiy-nazariy bilimlarni
boshqa faoliyatlar bilan uzviy olib borish.
3. Musiqa madaniyati darslarida, xususan, musiqiy-nazariy bilimlarni
o'zlashtirish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
4. Ilg'or pedagogik tajribalardan ibrat olish va darslarni o'yin tarzida
qiziqarli qilib uyushtirish.
5. O'z pedagogik mahoratini, malakasini muntazam ravishda takomillashtirib borish.
6. Ota-onalar bilan doimo muloqotda bo'lish orqali o'quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirish yo'llarini izlash (maxsus musiqa maktablari, musiqiy to'garaklarga jalb etish).
7. O'quvchilarning umumiy musiqiy bilim darajalarining qiziqish va moyilliklarini aniqlashda sinfning va har bir o'quvchining psixologik xususiyatlarini hisobga olish.
8. Dars mobaynida ijodiy ko'tarinkilikka erishish hamda o'quvchilarning
erkin fikrlashi, dars materiallariga nisbatan o'z fikr-muiohazalarini bemalol
aytaolishiga imkon yaratish.
9. O'quvchilarning ijodiy shakllanishini doimiy nazorat ostiga olish. Lozim topilsa, bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilarni yaxshi o'zlashtiruvchi o'quvchilarga biriktirish.
10. O'quvchilarning musiqiy qobiliyatlarini hisobga olgan holda darslarni tabaqaiashtirib o'tish.
11. O'rganiladigan har bir mavzuning ta'lim va tarbiyaviy mohiyatini ochib berish orqali dars o'tish maqsadga muvofiqdir.
12. Sinf-dars sharoitidan kelib chiqqan holda, musiqa savodi, qo'shiq kuylash, musiqa tinglash, raqsga tushish, bolalar cholg'u asboblarida chalish faoliyatlarini qo'llagan holda, konsert-darslarni uyushtirish. Bu o'quvchilarda jamoa oldida, sahnada o'zini tutish, hayotiy vaziyatlarni oson idrok etish, yanada yuqori bosqichlarga intilish hissini shakllantiradi.
13. Musiqiy asarlarning g'oyaviy mazmunini ochish jarayonida o'quvchilar bilan suhbatlar o'tkazish olgan taassurotlarini rasm chizish orqali aks ettirish, kerakli rivoyat, maqol va matallarni qo'Ilash, asaming musiqiynazariy va badiiy qirralarini ochib berishga o'rgatish. O'quvchilarni tahlil qilish va umumlashtirish, bilimlarni to'plash orqali kerakli xulosalar chiqarishga o'rgatish.
Musiqa madaniyati o'qituvchisi o'quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, bosqichma-bosqich amalga oshirsa, yuqoridagi vazifalarni natijaiar yanada samaraliroq bo'ladi. Ota-onalarga:
1. Farzandlarining musiqiy madaniyatini rivojlantirish uchun doimo musiqa madaniyati o'qituvchisi bilan aloqada bo'lish.
2. Farzandining musiqiy qobiliyati boriigini sezganda uni musiqa to'garaklariga, maxsus musiqa maktablariga jalb etish yo'llarini izlash.
3. Oilada farzandlarini radio, televidenie orqali milliy, xalq, estrada musiqasi bilan tanishtirib borish.
4. Farzandlarini yoshiga mos musiqiy asarlar bilan muntazam tanishtirib borish.
5. Maktabdagi musiqa madaniyati darslarida faol qatnashishlari uchun farzandlarini kerakli o'quv qurollari, darsliklar, o'quv qo'llanmalari, kartochkalar va chizmalar bilan ta'minlashlari. Maktab ma'muriyatiga:
1. Musiqa madaniyati kabinetini zamon talablariga mos tarzda jihozlash (pianino, ko'rgazmali qurollar, texnik vositalar va hokazo).
2. Bayramlarda, maktab tashkiliy ishlarida musiqa madaniyati o'qituvchisi va o'quvchilami konsertlar uyushtirishga jalb etish, buning uchun shart-sharoitlar yaratib berish.
3. Musiqa bo'yicha tuman va shahar tanlovlarida ishtirok etish uchun
qobiliyatli o'quvchilami jaib etish.
4. Maktab ichida musiqiy tanlovlar tashkil etish.
5. Ijrochilik, sozandalik, xonandalik yo'nalishlari bo'yicha sinfdan tashqari to'garaklar tashkil etish. Tadqiqotchilarga:
1. Musiqiy-nazariy bilimlami o'zlashtirish jarayonining pedagogic tizirnini 5-7-sinflar misolida tadqiq etish.
2. Musiqiy-nazariy bilimlami o'zlashtirish jarayonida o'quvchi shaxsini shakllantirish muammosini maktabdan tashqari muassasalar misolida tadqiq etish va ilmiy-pedagogik echimini ishlab chiqish.

Download 36.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling