Muskat uzbekistanskiy


Download 5.67 Mb.
Sana07.11.2023
Hajmi5.67 Mb.
#1753635
Bog'liq
add

Mavzu:Muskat uzbekistanskiy

Reja:

  • 1.Muskat haqida umumiy tushuncha.
  • 2.Qanday uzumlar muskat deyiladi.
  • 3.Muskatning eng ko’p tarqalgan uzum navlari.

Muskat-bu mushkni eslatuvchi o’ziga xos hidga ega bo’lgan (“muskat”)rezavor uzum turlarining (Vitis vinifera) uzum navi guruhi.Muskat uzumlari yangi holida iste’mol qilinadi,shuningdek,Muskat vinolari tayyorlash uchun ham ishlatiladi. Muskat uzumlari Italiya,Ispaniya,Portugaliya,Fransiya,Germaniya,Moldova,Qrim va boshqa mamlakatlarda yetishtiriladi.

Muskat (fransuzcha:muscat)-oq,pushti va qora uzumlarning muskat navlaridan tayyorlanadigan shirin sharob.U uzum tarkibidagi efir moylari tomonidan beriladigan o’ziga xos hidga ega.

Muskatning eng mashxur navlari:oq(ladan),pushti,aleksandriya, gamburg,venger,qora navlari hisoblanadi.Eng yaxshi muskat vinolari oq,pushti va qora muskat uzumlaridan tayyorlanadi.Jami 200 ga yaqin muskat navlari mavjud.

Muskatlar-umumiy xususiyatlari bilan birlashtirilgan uzum navlarining butun guruhi deb ataladi.Turlari quyidagilar bilan ajralib turadi: *kislotalilik bilan birlashtirilgan yuqori shakar miqdori 19% dan 33% gacha; *mushk notasi bilan xarakterli xushbo’y hidi; *yuqori mahsuldorlik va kattalik mevalilik *yaxshi fitonsid xususiyatlari.

  • Muskatning ko’p tarqalgan uzum navlari:
  • *Muskat uzbekistaniskiy
  • *Muskat ko’k
  • *Muskat pushti
  • *Pleven muskati
  • *Muskat yozi
  • *Muskat donskiy
  • *Muskat super qizil
  • *Muskat livadiya
  • *Muskat novoshaxtinskiy

,,O’zbekiston muskat’’-o’rtacha kechpishar vinobop uzum navi.Tagobi navini Tagobi duragayi bilan chatishtirib chiqarilgan(P.V.Mixaylova,A.M.Negrul, Ye.P.Skuin).Sharqiy ekologikgeografik navlar guruhiga kiradi.Tupi kuchli o’sadi,bargi o’rtacha,besh bo’lmali,o’rtacha kertikli,to’rsimon burishgan,orqa tomoni tukli.Guli ikki jinsli.uzum boshi o’rtacha,konussimon,silindrsimon,o’rtacha zichlikda,Gujumi o’rtacha,dumaloq qora.Toshkent atrofida ko’proq yetishtiriladi.Avgust oyi oxirida (149 kunda) pishib yetiladi.Hosildorligi 140-280 s/ga.Harorat o’sgarishlariga moslashgan,sovuqqa chidamli.Tarkibida 22-25% qand,4-4,5% kislota mavjud.

Muskat ko’k-muskat ta’miga ega Shvetsariya uzum navi sovuqqa chidamli navlarga tegishli bo’lib,-29`c gacha bo’lgan haroratga bardosh bera oladi.135-140 kunga pishadi,og’irligi 300 gr gacha bo’ladi.Turning mevalari donasi qora,yumaloq,5gr gacha,ichida bir nechta urug’lari mavjud.

Muskat pushti-Mamlakatimiz janubida yetishtiriladi.140 kunda pishib yetiladi.Og’irligi 200 gr gacha bo’lgan slindirsimon zich klasterlarni keltirib chiqaradi,ular aniq mumsimon qoplamali quyuq pushti yumaloq rezavorlardan iborat.


Download 5.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling