Muskul larni qisqarish apparat oqsillari


Download 55.74 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi55.74 Kb.
#1541797
  1   2   3   4
Bog'liq
MUSKUL LARNI QISQARISH APPARAT OQSILLARI


MUSKUL LARNI QISQARISH APPARAT OQSILLARI
REJA:



  1. Muskul qisqarishi

  2. Harakatchan va qisqaruvchan jarayonlar

  3. Muskul harakatlarining tezligi va chidamlilik xususiyatlari…………………………





Muskullar, mushaklar — odam va hayvonlar gavdasi aʼzolari; nerv impulslari taʼsirida qisqarish xususiyatiga ega toʻqima (muskul toʻqimasi)dan tashkil topgan. Silliq, koʻndalangtargʻil va yurak muskullari birgalikda organizmning muskul sistemasini tashkil etadi. Harakatlanishda asosiy rol oʻynaydi. Koʻndalangtargil va silliq muskullarga boʻlinadi. Silliq muskul lardan ichki aʼzolar, qon va limfa tomirlari devorining muskul pardalari, shuningdek, teri muskullari hosil boʻladi. Silliq muskullar kishi ixtiyoridan tashqari qisqaradi, shuning uchun ular gʻayriixtiyoriy muskullar deyiladi. Silliq muskul nuqul mezenximadan vujudga keladi. Muskul tolasi uzunasiga ketgan muskul xujayrasidan iborat boʻlib, yupqa elastik pardasi — sarkolemmasi, sitoplazmasi — sarkoplazmasi, koʻp yadrolari va organoidlari bor. Muskul tolasining qisqaruvchi tuzilmasi — uzun ipga oʻxshaydigan miofibrillar tolaning bir uchidan ikkinchi uchigacha davom ladi. Koʻndalan gtargʻil muskullarga skelet muskullari va yurak muskuli (miokard) kiradi. Koʻndalangtargʻil muskullar toʻqimasi kishining ixtiyoriga boʻysunadi. har qaysi muskul yumaloq yoki yassi pay vositasida bir suyakdan boshlanib, ikkinchisiga yopishadi. Muskul boʻgʻim yaqinida boʻlsa, albatta, shu boʻgʻimdan oʻtib, uning harakatlanishini taʼminlaydi. Muskullar shakliga koʻra uzun, qisqa, yumaloq, yalpoq boʻlib, joylashishiga qarab yuza, chuqur, oraliq guruhlarga boʻlinadi. Bajaradigan vazi-fasiga koʻra qisuvchi, kengaytiruvchi, koʻtaruvchi, tushiruvchi, yozuvchi, boʻquvchi, chaynovchi va h. k. Muskullarga ajratiladi. Uzun yoki duksimon muskulning yoʻgʻonroq qismi qorni, oxirgi pay qismlari boshi vadumi deb ataladi. Baʼzi muskullarning bir emas, balki 2—3 va hatto 4 ta boshi bor (mas, yelkaning ikki boshli, sonning toʻrt boshli muskuli). Muskullarning qoʻshimcha apparatiga fassiyalar, fibrozsuyak kanallari, sinovi-al qin va xaltalar kiradi. Muskullarda kon tomirlar koʻp, ular kon bilan moʻl taʼminlangan, limfa tomirlari yaxshi rivojlangan. Har bir muskulda harakatlantiruvchi va sezuvchi nerv tolalari bor, ular yordamida markaziy nerv sistemasi bilan aloqa qiladi. Bir harakatni bajaradigan muskullar sinergistlar, qarama-qarshi harakatlarni bajaradiganlari antagonistlar deyiladi. Skelet Muskullar topografik jihatdan tana, bosh, boʻyin, koʻl va oyoq muskullariga ajratiladi.
Tana muskullari orqa, koʻkrak va qorin muskullaridan iborat. Orqa muskullari yuza va chuqur boʻladi. Ular kurakni koʻtaradi, uni yaqinlashtiradi va yopishtiradi, boʻyinni yozadi, yelka va qoʻlni orqaga va ichkariga tortadi, nafas olish va chiqarishda qatnashadi. Orqaning chuqur muskullari umurtqa pogʻonasini tiklaydi.
Koʻkrak muskullari xususiy tashqi va ichki qovurgʻalararo muskullar, yelka kamari va qoʻl bilan bogʻlangan katta va kichik koʻkrak muskullari, oʻmrov usti va oldingi tisheimon muskullarga boʻlinadi. Tashqari qovurgʻalar-aro muskullar qovurgʻalarni koʻtaradi, ichki muskullar esa nafas olish va chikarishda ishtirok etadi.
Qorin muskullari tashki va ichki qiyshiq muskullar, qorinning koʻndalang va toʻgʻri muskullari, shuningdek, belning kvadrat muskulidan tashkil topgan. Qorin muskullari toʻgʻri tanani oddinga bukadi, qiyshiq muskullari yon tomonlarga egilishini taʼminlaydi. Bu muskullar qorin pressini tashkil etib, asosiy funksiyasi qorin aʼzolarini funksional qulay holatda ushlab turishdan iborat. Bundan tashqari, qorin pressi muskullarining qisqarishi siyish, ichak boʻshashi, tugʻish jarayonlarini taʼminlaydi. Qorin muskullari fassiya bilan krplangan. Muntazam mashq qilib, jismoniy ish bilan shugʻullanib muskul tolalarida miofibrillarni koʻpaytirish va shu tarika muskul kuchini oshirish mumkin.
Barcha muskullarning asosiy xususiyati ularning qisqarishidir, bunda muayyan ish bajariladi. Muskullar kuchi muskul tolalaridagi miofibrillar soniga bogʻliq; yaxshi rivojlangan muskullarda ular koʻp, suyet rivojlanganlarida kam. Yuz va boshning barcha muskullari 2 guruhga: mimika va chaynov muskullariga boʻlinadi. Ular yuz mimikasida, chaynashda va pastki jagʻni harakatlantirishda qatnashadi. Bulardan tashqari, boʻyin hamda qoʻl muskullari bor. Skelet muskullarining deyarli hammasi richaglar qonuniga muvofiq boʻgʻimlardagi suyaklarni harakatga keltiradi. Odam gavdasida 600 ga yaqin muskul bor. Odam gavdasidagi barcha erkin harakatlar oʻzaro bogʻlangan boʻlib, murakkab shartli va shartsiz reflekslar yordamida yuzaga chiqadi va markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqariladi. Arteriya va venalar devorining asosiy qismi, hazm yoʻlining deyarli hammasi, oʻt pu-fagi va krvuq, bachadon nayi, bachadon silliq muskullardan tuzilgan.
Ichki aʼzolar devori silliq muskullarining qisqarishi sekin va chuvalchang oʻrmalashisimon boʻladi. Silliq muskullar refleks yoʻli bilan avtomatik qisqaradi. Ular haddan tashqari kuchli qisqarganda ogʻriq paydo boʻladi (mas, jigar va buyrak sanchigʻi, ichak spazmi va h.k.).
Yurak muskuli tuzilishi va vazifasiga koʻra koʻndalangtargil hamda sillits muskullardan farq qiladi. Unda boshqa muskullarda boʻlmaydigan xususiyat — maʼlum ritm va kuchga ega boʻlgan qisqarishlar avtomatizmi bor. Yurak muskuli umr boʻyi ritm bilan toʻxtamasdan ishlaydi, uning faoliyatini nerv sistemasi boshqaradi
Salomatlik odam organizmining biologik, aqliy, ruhiy, jismoniy holatlari va mehnat faoliyatining muvozanatlashgan birligidir. Sihat-salomatlik har bir odam uchun baxt-saodatdir. Mehnat unumdorligining oshishi, mamlakat iqtisodiy qudratining
yuksalishi va xalq farovonligini ta’minlashning zarur shartlaridan
biri ham salomatlikdir. Sihat-salomatlikka nisbatan ongli va
mas’uliyat bilan yondashish har bir insonning turmush va maxloqiy mezoni bo‘lishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasida sog‘lom, jismonan baquvvat,m bilimli, ma’naviy-axloqiy yetuk, har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40-
moddasida „Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish
huquqiga ega“, 41- moddasida esa „Har kim bilim olish huquqiga
ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi.
Maktab ishlari davlat nazoratidadir“, deyilgan.
Salomatlikni saqlash va mustahkamlash uchun avvalo odam
o‘z tanasining tuzilishi, har qaysi to‘qima va organlarining normal
faoliyatini, o‘sish, rivojlanish va ko‘payish qonuniyatlarini bilishi
zarur. Shuningdek, barcha tirik mavjudotlar kabi, odamga ham
xos bo‘lgan bu biologik xususiyatlarni asrash va tobora takomillash-
tirish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitni mukammal bilish va
yaratish talab etiladi. Odam organizmining tuzilishini anatomiya, uning faoliyatini
fiziologiya, yashashi, normal o‘sishi, rivojlanishi, o‘qishi, mehnat
qilishi uchun zarur sharoit yaratishni gigiyena fanlari asosida
o‘rganiladi. Odam organizmining barcha to‘qima va organlari bir-biri bilan
chambarchas bog‘liq. Shuningdek, organizm tevarak-atrof muhiti
bilan ham doimiy aloqadadir. Bu ikkala bog‘lanish nerv va endokrin
sistemalar orqali boshqariladi.
Sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida bolalar
va o‘smirlar organizmida o‘sish va rivojlanishning buzilishi, tayanch-
harakatlanish, yurak-qon tomir, nafas olish, ovqat hazm qilish
organlarining surunkali kasalliklari, ko‘rish o‘tkirligining pasayib
qolishi kabi salbiy holatlar yuzaga kelishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000- yil
15- fevraldagi 46- sonli qarori bilan „Sog‘lom avlod“ Davlat dasturi
tasdiqlandi. Mazkur dastur 2000- yildan boshlab ko‘p yillar
davom etadigan tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu Davlat dasturi
asosida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi va Sog‘liqni saqlash
vazirligining „Sog‘lom avlod“ majmuali tadbirlari ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasida 2005- yil „Sihat-salomatlik yili“
deb e’lon qilinishi mazkur darslikning mohiyatini yanada oshirdi.
Vatandoshlarimizning tibbiyot fanlarining rivojlanishiga
qo‘shgan hissalari. „Odam va uning salomatligi“ fanini o‘rganar
ekanmiz, tibbiyot fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan vatandosh-
larimizni eslashimiz lozim. X asrning ikkinchi yarmida Abu Bakr ibn Ahaviy Buxoriyning „Hidoyat“ (tibbiyotni o‘rganuvchilarga qo‘llanma) kitobida odamda
uchraydigan ko‘pgina kasalliklar va ularni davolashda ishlatiladigan
dorilar haqida ma’lumotlar berilgan. O‘sha davrlarda Abu Mansur
Buxoriyning „Oddiy dorilar haqida katta to‘plam“, Abu Sahl
Masih Jurjoniyning yuz bobli „Al-kimyo“ kitobi tibbiyotni
o‘rganishda darslik sifatida keng qo‘llanilgan.
Buyuk olim Abu Rayhon Beruniy ham tibbiyot faniga katta
hissa qo‘shgan. Uning „Saydana“ kitobida o‘simlik va hayvonot
mahsulotlaridan hamda mineral moddalardan tayyorlanadigan
mingdan ortiq dorilar haqida ma’lumot berilgan.
Jahon tabobat ilmi rivojiga buxorolik buyuk alloma Abu Ali
ibn Sino katta hissa qo‘shgan. Ibn Sinoning „Kitob al-qonun fit
tib“ („Tib qonunlari“) kitobi beshta katta kitobdan iborat bo‘lib,
bir necha marta yevropa, rus va o‘zbek tillarida nashr etilgan. Bu
kitoblarda odam anatomiyasi, fiziologiyasi va gigiyenasi kabi
tibbiyotning nazariy fanlariga hamda ichki kasalliklar, jarrohlik,
dorishunoslik, yuqumli kasalliklarga taalluqli bilimlar bayon etilgan.
Ibn Sino turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi va
tarqalishida ifloslangan suv va havoning roli katta ekanini uqtirib,
suvni qaynatib, keyin iste’mol qilishni tavsiya etgan. U tashqi
muhitdagi turli omillar — havo, suv orqali kasallik tarqatuvchi,
ko‘zga ko‘rinmaydigan „mayda hayvonlar“, ya’ni mikroblar haqidagi
Abu Ali ibn Sino (980 — 1037). fikrni aytgan. Demak, Ibn Sino L.
Pasterdan 800 yil ilgari yuqumli kasal-liklarni mikroblar qo‘zg‘atishi to‘g‘- risida fikr bildirgan. U kasalliklarning oldini olishda tashqi muhitni muhofaza
qilish, shaxsiy va umumiy gigiyena qoidalariga amal qilish zarurligi haqi-
dagi fikrlarni bundan 1000 yil ilgari aytgan edi. Ibn Sinoning „Tib qonunlari“
kitobi haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov o‘zining „Yuksak
ma’naviyat — yengilmas kuch“ nomli asarida shunday degan edi: „¾ mash-
hur alloma Ibn Sinoning „Tib qonun-lari“ asari¾ dunyo miqyosida „Meditsina“, „Sog‘lom turmush tarzi“ degan tushunchalarning fundamental asosi bo‘lib xizmat
qilgani, albatta, chuqur hayotiy va ilmiy zaminga ega. Aniqroq
qilib aytganda, bu benazir allomaning butun ilmiy faoliyati dunyo
taraqqiyotini¾ rivojlantirishga ulkan ta’sir o‘tkazdi.“ Hozirgi davrda ham tabobat sohasida o‘zbek olimlarining hissalari salmoqlidir. Jumladan, R. E. Xudoyberdiyev, N. K. Ah- medov, X. Z. Zohidov, R. A. Alavi, S. A. Asomov, S. A. Dami-
novlar odam anatomiyasi, A. Y. Yunusov, U. Z. Qodirov,
Z. T. Tursunov, E. S. Mahmudov, K. R. Rahimovlar fiziologiya
fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar. Y. X. To‘raqulov
qalqonsimon bez kasalligini o‘rganish va davolashga doir olib borgan
ishlari uchun Davlat mukofotining sovrindori bo‘lgan.
I. Q. Musaboyev yuqumli kasalliklarning tarqalish sabablarini,
V. V. Vohidov, O‘. Ori pov jarrohlik sohasini, K. A. Zufarov turli
kasalliklar tufayli hujayralarda kechadigan o‘zgarishlarni,
S. Shamsiyev bolalar kasalliklarini, N. Majidov asab kasal-
liklarini, A. Asqarov, N. Ismoilov, Z. Umidova ichki kasalliklarni
o‘rganish va davolashga doir salmoqli ilmiy ishlar olib borganlar.
Muskul harakatlarining tezligi va chidamlilik xususiyatlari
Muskul qisqarishi normal nerv impulsiga javoban muskulning kalta tortishi muskullarning asosiy fiziologik xossalaridan biri. Qisqarish muskulning kattalanishi yoki taranglashida namoyon bo’ladi. Muskul qisqarishi odatda biror ish bajarilishini taminlaydi. Muskul qisqarishida miofibrillar tarkibiga kiruvchi oqsillar miozin va aktin ishtirok etadi. Muskul qisqarishi chog’ida har ikki oqsil o’zaro tasir etib aktomiozni komplesksini hosil qiladi. Muskul qisqarishi uchun zarur energiya aktomiozin va adenozintrifosfat kislota o’zaro tasirlashuvidan yuzaga keladi. Bundan tashqari muhitdan malum miqdorda kalsiy ionlari Sa+2 bo’lgandagina muskul qisqarishi ro’y berishi aniqlangan. Muskullar odam va hayvonlar gavdasi azolari nerv impulslari tasirida qisqarish xususuyatiga ega to’qima (muskul to’qimasidan) tashkil topgan . Silliq kondalang targ’il va yurak muskullari birgalikda organizmning muskul sistemasini tashkil etadi. Harakat ----borliqning ajralmas xususiyati bo’lgan o’zgaruvchanlikni (qarang barqarorlik va o’zgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. Harakat tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini ro’y berayotgan hodisalarni olamning beto’xtov yangilanib borishini aks ettiradi. Olamdagi har qanday jarayon. Harakat tufayli sodir bo’ladi. Har qanday o’zgarish harakatdir. O’zgarishlar faqat moddiy obyektlarga emas balki manaviy g’oyaviy obektlarga ham xosdir. Harakat shakillari 1. mexanik harakat jismlarning fazodagi o’rni vaqt o’tishi bilan boshqa jismlarga nisbatan o’zgarishi. 2. fizik harakat bularga elemetlar zarralar, atomlar, yadrosi va atomning harakatdan tortib olamning fundamental kuchlari issiqlik, elekt va maydon harakatigacha yorug’likdan tortib koinotning gravitatsiya kuchigacha barchasi shu harakat shakliga mansubdir. 3. Kimyoviy harakat bunga molekulalarning assotsiatsiyasi va dissotsiatsiyasi, ionlar harakati, moddaning muzlashi va kristallanish jarayonlari ham kiradi.

Download 55.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling