Muskul sistemasi uning tuzilishi va vazifalari


Download 15.42 Kb.
Sana25.04.2023
Hajmi15.42 Kb.
#1399136
Bog'liq
Muskul sistemasi uning tuzilishi va vazifalari


Muskul sistemasi uning tuzilishi va vazifalari
Muskullar harakatlanish organlarining aktiv qism bo'lib, ularning faoliyati natijasida organizm va organlar harakatga keladi. Odam organizmida 600 dan ortiq skelet muskullari bor. Voyaga yetgan odam gavdasi vazning deyarli 42% ni muskullar tashkil etadi. Skelet muskullari ancha murakkab tuzilgan. Ular tarkibida bir-biriga parallel joylashgan uzun-qisqa muskul tolalari bo'ladi, bu tolalar yumshoq tolali biriktiruvchi to'qima yordamida birikib, tutam hosil qiladi. Har qaysi muskul bir qancha shunday tutamlardan tashkil topadi. Muskul tolasi tutamlarini biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan yupqa parda -fastsiya o'rab turadi. Muskullar ostida ham shunday parda bo'ladi. Skelet muskullarining ikki uchida paylar bor, muskullar shu paylar yordamida suyaklarga yopishadi. Har qaysi muskulda muskul tolalari va biriktiruvchi to'qimadan tashqari, qon tomirlari va nervlar bor. Muskullarda sezuvchi va harakatlantiruvchi nerv tolalari tarmoqlanadi. Sezuvchi tolalar orqali muskullardagi ta’sirot miyaga boradi. Harakatlantiruvchi tolalar yordamida miyadan muskullarga impulьslar o'tkaziladi va shu impulьslar ta’sirida muskullar qisqaradi. Muskullarga boradigan nervlarning shikastlanishi natijasida ularning harakati buzilib, falajlanadi.
Muskullar kattaligi va shakliga ko'ra uzun, qisqa va serbar bo'ladi. Duk shaklidagi uzun muskular asosan tanada bo'ladi. Qorin muskullari, ko'krak va orqaning yuza joylashgan muskullari serbar muskullarga misol bo'ladi. Bu muskullar payi serbar va yassi bo'lib, shakli yupqa plastinkaga o'xshaydi. Ana shu paylar aponevroz deb ataladi.
Deyarli hamma muskullar bitta, ikkita yoki bir nechta bo'g'im ustidan oshib o'tadi va ularni harakatlantiradi. Muskullar joylashishi va qanday harakat bajarishiga qarab bukuvchi, yozuvchi, yaqinlashtiruvchi, uzoqlashtiruvchi, aylantiruvchi, taranglovchi, qisuvchikengaytiruvchi, ko'taruvchi va tushiruvchi muskullarga bo'linadi. Bo'g'imlar oldidagi muskullar bukadi, orqasidagilari yozadi. Bo'g'imlarning ichki tomonidagi muskullar bo'g'imlarni yaqinlashtirsa, tashqi tomonidagilari uzoqlashtiradi. Tabiiy teshiklarni qisuvchi muskullar sfinkter, kengaytiruvchi muskullar dilyatator deb ataladi. Odam organizmidagi ko'p harakatlar bir qancha muskullarning qisqarishi natijasida yuzaga keladi. Bir xil funktsiyani bajaradigan muskullar sinergistlar deyiladi. Qarama -qarshi harakat qiladigan muskullar antogonistlar deb yuritiladi. Masalan, biri bo'g'imni buksa, ikkinchisi shu bug'inni yozadi.
Odam organizmidagi muskullar, bosh, bo'yin, ko'krak, orqa, qorin va qo'l-oyoq muskullariga bo'linadi.
Download 15.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling