Amaliy mashg’ulot № odam organizmidagi hujayra va to’qimalarning tuzilishi. Suyaklarning tuzilishi va klassifikatsiyasi. Suyaklarning birlashuvi. Muskullar sistemasi. Ishdan maqsad


Download 52 Kb.
bet1/4
Sana08.04.2023
Hajmi52 Kb.
#1341744
  1   2   3   4
Bog'liq
1 amaliy


AMALIY MASHG’ULOT № 1. ODAM ORGANIZMIDAGI HUJAYRA VA TO’QIMALARNING TUZILISHI. SUYAKLARNING TUZILISHI VA KLASSIFIKATSIYASI. SUYAKLARNING BIRLASHUVI. MUSKULLAR SISTEMASI.


Ishdan maqsad: Odam organizmidagi hujayra va to’qimalarning tuzilishi. Suyaklarning tuzilishi va klassifikatsiyasi. Suyaklarning birlashuvi. Muskullar sistemasi o’rganish.
Nazariy tushuncha: Hujayrani dastlab ingliz olimi R.Guk 1665 yilda kashf etgan. U buzina o`simligining qoplovchi to`qimasi – probkani ko`rayotib, unda bo`shliqlarni kuzatdi va ularni “kletka” deb atadi. Probka, asosan o`lik hujayralardan tuzilganligi sababli dastlab hujayra po`sti va uning tirik qismi orasidagi bog`liqlik to`g`risida noto`g`ri tasavvur hosil bo`ldi. Faqat XIX asrga kelib olimlar hujayraning ichki qismini jiddiy o`rgana boshladilar. 1833 yil ingliz botanigi R. Broun unda yadro borligini, 1839 yil chex fiziologi Ya. Purkine esa sitoplazmani kashf etdi. Hujayra shirasi haqida to`plangan materiallar nemis botanigi M. Shleyden va zoologi T. Shvannlarga 1838-1839 yillarda hujayra nazariyasini yaratish imkonini berdi. Uning mohiyati shundan iboratki, barcha tirik organizmlar hujayralardan tuzilgan. Hujayra nazariyasi o`simlik va hayvonlar umumiy kelib chiqishga ega ekanligini isbotladi. F. Engels bu kashfiyotni XIX asrda yaratilgan 3 buyuk kashfiyotning (energiyaning saqlanish qonuni, Ch. Darvinning eqolyusiya nazariyasi) biri deb atadi.
Hujayra, asosan 3 qismdan: tashqaridan o`rab turuvchi hujayra po`sti, markazida joylashgan vakuola va hujayra shirasi – protoplastdan iborat. Hujayra po`sti va vakuola uning o`lik qismi, protoplast esa tirik qismidir. Protoplast o`z navbatida sitoplazma va yadrodan tashkil topgan. Protoplastning faoliyati tufayli hujayra po`sti va hujayra shirasi ishlab chiqariladi. Hujayra shirasi turli organik va mineral moddalarning suvdagi eritmasidir.
Hujayraning har bir qismi organoid deb ataladi va ma`lum bir vazifani bajaradi. Uning tirik bo`lmagan qismi (po`sti va shirasi) ham tegishli vazifani bajaradi.
Harakat organlari tizimiga suyaklarning birikishidan hosil bo'lgan skelet, boylamlar, bo'g'imlar va mushaklar kiradi. Suyaklar, boylamlar va bo'g'imlar harakat organlarining sust qismi, mushaklar esa faol qismidir.Harakat tizimi organizmning ko'p qismini tashkil qiladi. Masalan: mushaklar gavdaning 2/5 qismini, suyaklar 1/5-1/7 qismini tashkil etadi. Mushaklar deyarli hamma suyaklarning ustini qoplab turadi va gavdaning tashqi ko'rinishini (qomatini) shakllantirib turadi.

Download 52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling