Amaliy mashg’ulot № odam organizmidagi hujayra va to’qimalarning tuzilishi. Suyaklarning tuzilishi va klassifikatsiyasi. Suyaklarning birlashuvi. Muskullar sistemasi. Ishdan maqsad


Download 52 Kb.
bet3/4
Sana08.04.2023
Hajmi52 Kb.
#1341744
1   2   3   4
Bog'liq
1 amaliy

Suyaklarning birikishi. Skelet suyaklari bir-biri bilan ikki xil tutashadi. Ba'zi suyaklar esa tog'ay yoki biriktiruvchi to'qima yordamida birikadi. Bunday birikishda suyaklar kam harakatlanadi yoki bo’tunlay harakatlanmaydi. Suyaklarning tog'ay yordamida birikishi sinxondroz, zich biriktiruvchi to'qima yordamida birikishi sindesmoz deb ataladi. Umurtqa tanalari va ba'zi kalla suyaklari bir-biriga, shuningdek, birinchi qovurg'a to'sh suyagiga tog'ay yordamida birikadi. Chanoq suyaklari bilan dumg'aza suyagi, katta va kichik boldir suyaklari zich biriktiruvchi to'qima yordamida birikkan bo'ladi. Bu birikishga choklar ham kiradi. Kallaning ko'pchilik suyaklari chok yordamida bir-biri bilan tutashadi.
Tishsimon, tangachasimon va suyaklar bir-biriga bevosita yondashgan (oddiy) choklar farq qiladi. Suyakning tishsimon o'simtalari, ikkinchi suyak o'simtalari oralig'iga kirib joylashsa, bunday birikish tishsimon chok deyiladi. Bosh skeletidagi tepa suyagining peshona va ensa suyaklari bilan birikishi bo’nga misol bo'la oladi. Birikadigan Suyaklarning bin cheti bilan ikkinchi suyakni qoplab olsa, bunday chok tangachasimon chok deyiladi. Bo’nga chakka Suyaklarning tepa suyagi bilan birikishini misol qilib keltirish mumkin. Burun va yuqori jag' suyaklari bir-biri bilan oddiy chok hosil qilib birikadi.
Skeletdagi ko'p suyaklar bir-biri bilan harakatchan birikadi. Bunday birikish bo’g 'imlar deb ataladi. Suyaklarning harakatchan bo'g'imlar hosil qilib birikishi diartroz deyiladi. Har qaysi bo'g'imda tog'ay bilan qoplangan yuza, uning chetiga yopishgan xaltacha yoki kapsula va bo'shliq mavjud. Bo'g'im xaltachasi devori tashqi (fibroz) va qon tomirlariga boy ichki (sinovial) qavatdan iborat. Sinovial qavat hujayralari maxsus suyuqlik ishlab chiqaradi. Bu suyuqlik suyaklar ishqalanishini kamaytiradi.
Suyaklarning shakli va bajaradigan ishiga qarab bo'g'imlar bir necha xil: silindrik, sharsimon, g'altaksimon, ellipssimon va hokazo bo'ladi. Sharsimon bo'g'im son suyagi bilan chanoq suyagi va yelka suyagi bilan ko’rak suyagining birikishida, g'altaksimon bo'g'im yelka suyagi bilan tirsak suyagining birikishida, ellipssimon bo'g^im bilak suyagining kaft usti suyaklari bilan birikishda uchraydi.

Download 52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling