Amaliy mashg’ulot № odam organizmidagi hujayra va to’qimalarning tuzilishi. Suyaklarning tuzilishi va klassifikatsiyasi. Suyaklarning birlashuvi. Muskullar sistemasi. Ishdan maqsad


Download 52 Kb.
bet4/4
Sana08.04.2023
Hajmi52 Kb.
#1341744
1   2   3   4
Bog'liq
1 amaliy

Muskullar sistemasi.
Mushaklar harakatlanish organlarining faol qismi bo'lib, ularning faoliyati natijasida organizm va organlar harakatga keladi. Odam organizmida 600 dan ortiq skelet mushaklari bor . Voyaga yetgan odam gavdasi vaznining deyarli 42% ini mushaklar tashkil etadi, yosh organizmda esa 20-25% ini tashkil etadi. Sport bilan shug'ullanuvchi odamlarda mushaklarning umumiy og'irligi gavdaga nisbatan 50% gacha yetadi. Yosh ulg'aygan sari mushaklarning hajmi va og'irligi asta-sekin kamaya boradi. Skelet mushaklari ancha murakkab tuzilgan. Ular tarkibida bir-biriga parallel joylashgan uzun-qisqa mushak tolalari bo'ladi, bu tolalar yumshoq tolali biriktiruvchi to'qima yordamida birikib, to’tam hosil qiladi. Har qaysi mushak bir qancha shunday to’tamlardan tashkil topadi. Mushak tolas! to’tamlarini biriktiruvchi to'qimadan tuzilgan yupqa parda — fassiya o'rab turadi. Mushaklar ustida ham shunday parda bo'ladi. Fassiyalar tibbiyot amaliyotida juda katta ahamiyatga ega. Fassiyalarda qon tomirlari va nerv tolalari joylashgan.
Skelet mushaklarining ikki uchida paylar bor, ular yaltiroq oq yoki sarg'ish rangi bilan ajralib turadi, qo'llar shu paylar yordamida suyaklarga yopishadi. Har qaysi mushakda mushak tolalari va biriktiruvchi to'qimadan tashqari, qon tomirlari va nervlar bor. Mushaklarda sezuvchi va harakatlanuvchi nerv tolalari tarmoqlanadi. Sezuvchi tolalar orqali mushaklardagi ta'sirot miyaga boradi. Harakatlantiruvchi tolalar yordamida miyadan mushaklarga impulslar o'tkaziladi va shu impulslar ta'sirida mushaklar qisqaradi. Mushaklarga boradigan nervlarning shikastlanishi natijasida ularning harakati buzilib, falajlanadi.
Mushaklar kattaligi va shakliga ko'ra uzun, qisqa va serbar bo'ladi. Duk shaklidagi uzun mushaklar, asosan, qo'l va oyoqda, qisqa mushaklar umurtqa va qovurg'alar orasida joylashadi. Serbar yassi mushaklar, asosan, tanada bo'ladi. Qorin mushaklari, ko'krak va orqaning yuza joylashgan mushaklari serbar mushaklarga misol bo'ladi. Bu mushaklar payi serbar va yassi bo'lib, shakli yupqa plastinkaga o'xshaydi. Ana shu paylar aponevroz deb ataladi.
Mushaklarning ish bajarish quvvati uning ko'ndalang kesimi o'lchoviga bog'liq. Jumladan, 1 sm2 ko'ndalang kesimiga ega bo'lgan mushak o'rta hisobda 10 kg yuk ko'tara oladi.
Deyarli hamma mushaklar bitta, ikkita yoki bir necha bo'g'im ustidan oshib o'tadi va ularni harakatlantiradi. Mushaklar joylashishi va qanday harakat bajarishiga qarab bukuvchi, yozuvchi, yaqinlashtiruvchi, uzoqlashtiruvchi, aylantiruvchi, taranglovchi, qisuvchi, kengaytiruvchi, ko'taruvchi va tushiruvchi mushaklarga bo'linadi. Bo'g'imlar oldidagi mushaklar ularni bukadi, orqasidagilarni yozadi. Bo'g'imlarning ichki tomonidagi mushaklar bo'g'imiarni yaqinlashtirsa, tashqi tomonidagilari uzoqlashtiradi. Tabiiy teshiklarni qisuvchi mushaklar sfmkter, kengaytiruvchi mushaklar dilyatator deb ataladi, Odam organizmidagi ko'p harakatlar bir qancha mushaklarning qisqarishi natijasida yuzaga keladi. Bir xil funksiyani bajaradigan mushaklar sinergistlar deyiladi. Qarama-qarshi harakat qiladigan mushaklar antagonistic deb yuritiladi.
Odam organizmidagi mushaklar bosh, bo’yin, ko'krak, orqa, qorin va qo'l-oyoq mushaklariga bo'linadi.


Ish uchun kerakli jihozlar: Rangli atlaslar, plakatlar, skelet, suyaklar, mulyajlar, releflar.


Ishning borishi: Talabalar rangli plakatlar, atlaslardan, odam skeletidan va suyaklarni muskullarning tuzilishini, shakliga ko’ra turlarini, gavda muskullarini rangli plakatlar, releflar va atlaslardan ko’rib o’rganishadi.


Ishni rasmiylashtirish: Talabalar suyaklarning ichki tuzilishi, yassi, govak, naysimon, aralalash suyaklarga bittadan misol tariqasida ko’rak suyagi, yelka suyagi, tosh suyagi va ponasimon suyakni va skeletning umumiy ko’rinishini albomlariga chizib, qisqacha qonspekt qilishadi.
Download 52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling