Muskul to`qimasi. Tayanch iboralar


Download 0.52 Mb.
bet3/4
Sana06.11.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1750390
1   2   3   4
Bog'liq
18-ma\'ruza

Kо‘ndalang-targ‘il muskul tо‘qimasining taraqqiyoti va regeneratsiyasi. Skelet muskullari mioblast hujayralarining zich tо‘plamlari bо‘lgan miotomlardan rivojlanadi. Mioblastlar kо‘payib, atrofdagi mezenximaga kо‘cha boshlaydi va bо‘lg‘usi muskul gruppalarining kurtaklari joylashadigan yerlarda tо‘plana bora­di. Mioblastlar yadrolarining jadal bо‘linishi natijasida yirik, kо‘p yadroli tuzilmalar – miosimplastlarga aylanadi. Keyinchalik ularda miofibrillalar paydo bо‘lib, miosimplastning periferiyasida joylashadi.
Simplastlarning markazida sarkoplazma va qator tizilgan yadrolar yotadi. Taraqqiyotning bu davrida ularni muskul naychalari deb yuritiladi. Keyinchalik miofibrillalarning soni kо‘payadi, yadrolar periferiyaga suriladi va shu yо‘sinda kо‘ndalang- targ‘il muskul tolalari shakllanadi.
Kо‘ndalang-targ‘il muskul tо‘qimasi jarohatlangandan keyin qulay sharoitlarda tiklanish qobiliyatiga ega bо‘ladi. Reperativ tiklanish vaqtida muskul tolalarida kо‘p miqdorda differensiallashmagan mioblastlar hosil buladi. Ba’zi mualliflarning fikricha, mioblastlar jarohatlangan muskulning yadro va sitop­lazma saqlaydigan bir bо‘lagidir. Muskul tо‘qimasida sarkolemmaning bazal qavati va asl plazmolemmasi orasida yо‘ldosh hujayralarning topilishi mioblastlar yо‘ldosh hujayralaridan hosil bо‘ladi, degan fikrga olib keldi. Xuddi normal gistogenezda bо‘lgani kabi, mioblastlardan muskul tolalari taraqqiy etadi. Qayta tiklanishda ham taraqqiyotning uch fazasi kuzatilishi mumkin: 1) mioblastlar fazasi, 2) muskul iaychalari fazasi, 3) muskul tolalarining shakllanpsh fazasi. Qulay sharoitlar bо‘lmagan hollarda muskul tо‘qimasining regeneratsiyasi tо‘lik nihoyasiga yetmaydi va shikastlanishda hosil bо‘lgan nuqson biriktiruvchi tо‘qima chandig‘i bilan almashinadi. Postnatal о‘sish davrida muskul tolalari uzunlashadi va yо‘g‘onlashadi. Ularning kattaligi shu muskullar bajarayotgan ishga bog‘liq. Tug‘ilishning birinchi yillaridan sо‘ng muskul tо‘qimasining о‘sishi faqatgina tolalarning yо‘g‘onlashishi (gipertrofiya) bilan bog‘liq bо‘lib, muskul tolalarining kо‘payishi – giperpla­ziya (yunon. plazis – hosil bо‘lishi) bilan bog‘liq emas.
Yurakning kо‘ndalang-targ‘il muskul tо‘qimasi. Kо‘ndalang-targ‘il muskul tо‘qimasi yurak miokard qavatida joylashadi. Bu muskul tо‘qima skelet kо‘ndalang-targ‘il muskuldan farqli ravishda kо‘ndalang-targ‘il muskul tolalaridan emas, bal­ki yurak muskul hujayralaridan – miotsitlardan tashkil topgan. Bu hujayralar faqat yurakda uchragani uchun kardiomiotsitlar deb yuritiladi. Hozirgi vaqtda 3 xil kardiomiotsitlarni farq qilish mumkin. Qisqaruvchi-tipik, impuls о‘tkazuvchi atipik va sekretor. Qisqaruvchi kardiomiotsitlar uzunligi 50–120 mkm, kengligi 15–20 mkm, silindr shaklidagi hujayralardir. Ular oraliq plastinkalar orqali о‘zaro birlashib zanjirsimon (tizmasimon) tuzilmalar hosil qiladi. Kardiamiotsit markazida bir yoki ikki oval yoki chо‘zinchoq shakldagi yadro joy­lashadi. Miofibrillalar yadro atrofida joylashib, ular orasi­da mitoxondriyalar kо‘p. Silliq endoplazmatik tо‘r va T-sistema yaxshi rivojlangan. Donador endoplazmatik tо‘r kuchsiz rivoj­langan.
Kardiomiotsitlar sarkolemma bilan qoplangan bо‘lib, sarko­lemma о‘z navbatida plazmatik membrana va bazal membrana bi­lan о‘ralgan. Bazal membrana oraliq plastinkalar sohasida bо‘lmay, kardiomiotsitlarni faqat yon tarafdan о‘rab turadi. Oraliq plastinkalar ikki hujayraning plazmatik membranala­ri orasida joylashib, elektron mikroskop ostida zinapoyasimon joylashganini kо‘ramiz. Oraliq plastinkalar sohasida kardio­miotsitlar desmosomalar, tirqishli birikish (neksus), interdigitatsiyalar orqali birlashgan. Oraliq plastinkalarga miofibrillalarning aktin protofibrillalari kelib tugaydi. Miofibrillalar tuzilishi xuddi skelet kо‘ndalang-targ‘il muskul tо‘qimasini eslatadi.
Yurakdagi qо‘zg‘alishni о‘tkazuvchi muskul tо‘qimasi (Purkinye tolalari yoki atipik kardiomiotsitlar) ham muskul hujayralari – kardiomiotsitlardan tuzilgan bо‘lib, ular qisqaruvchi kardiomiotsitlardan yirikroq (uzunligi 100 mkm, kengligi 50 mkm), qо‘zg‘alishni peysmeker hujayralaridan qisqaruvchi muskul tolalariga о‘tkazadi.
Peysmeker (ritm boshqaruvchi) hujayralar atipik muskulning alohida turi bо‘lib, u vegetativ nerv sistemasining tolalari bi­lan innervatsiya qilingan. Gistologik preparatlarda atipik hujayralar kuchsiz bо‘yaladi. Chunki bu hujayralarda mioglobin va va miofibrillalar kamroq, sarqoplazma esa kо‘proqdir. Miofibrillalar doimo bir-biriga parallel yotmaydi, natijada bu hujayralarda kо‘ndalang-targ‘illik kuchsizroq rivojlangan. Kardiomiotsitlarda mitoxondriyalar (sarkosomalar), ribosomalar ancha kam, T- sistema esa juda kuchsiz rivojlangan. Sarkosomalarning kam bulishi moddalarni aerob parchalaiishi sust ketishini kо‘rsatuvchi dalilidir.
Sо‘nggi vaqtlarda yurakning bо‘lmacha kardiomiotsitlarida maxsus glikoproteid tutuvchi sekretor granulalar borligi aniqlandi. Shu bilan birga bu hujayralar qon bosimi va ionlar munosabatini boshqaruvchi natriy uretik faktor sekretsiya qilishi, bu hujayralar ma’lum endokrin funksiyaga ega ekailigini kо‘rsatadi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling