Muskullarning morfologik tuzilishi va fiziologiyasi


Download 1.47 Mb.
Sana31.03.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1313081
Bog'liq
MUSKULLARNING MORFOLOGIK TUZILISHI VA FIZIOLOGIYASI

MUSKULLARNING MORFOLOGIK TUZILISHI VA FIZIOLOGIYASI


Reja:
1. Muskul to‘qimasining turlari.
2. Muskullar harakatining boshqarilishi.
3. Skelet muskullarining shakllari.
4. Odam tanasi muskullarining asosiy guruhlari.
Muskul to‘qimasining turlari.
Muskul to‘qimasi uch turga, ya’ni ichki a’zolar va qon tomirlari devorini tashkil etuvchi silliq muskullar, o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lgan ko‘ndalang yo‘lli yurak muskullari va ko‘ndalang yo‘lli skelet muskullariga bo‘linadi.
Tayanch - harakatlanish tizimining tarkibiy qismi bo‘lgan ko‘ndalang yo‘lli skelet muskullari tayanch - harakatlanish tizimining faol qismi hisoblanadi
Muskul qisqarishi suyaklarni harakatga keltiradi va odamning qo‘l - oyoqlari ma’lum ishni bajaradi (yurish, yugurish, sakrash, yuk ko‘tarish, ovqatlanish, so‘zlash, yozish va hokazo).
Muskullar harakatining boshqarilishi.
Muskullar harakatini nerv tizimi boshqaradi.
Muskullar harakatini ta’minlovchi nerv hujayralari motoneyron deb ataladi.
Ular harakatlanuvchi nerv hujayralari bo‘lib, orqa miyada hamda bosh miyaning uzunchoq va o‘rta miya qismlarida joylashgan.
Miya markazlaridagi motoneyronlarning uzun tolalari, ya’ni aksonlar tananing turli qismlaridagi muskul tolalari bilan tutashadi.
Bitta nerv hujayrasining uzun o‘simtasi bir nechta mayda tolalarga bo‘linib, yuzlab muskul tolalari bilan tutashgan.
Ular nerv - muskul harakat birligi deb ataladi.
Agar bosh miya po‘stlog‘idagi nerv markazlarining ishi buzilsa, u markaz boshqaradigan muskullarda markaziy shol yuzaga keladi.
Muskullar harakatini ta’minlovchi motoneyronlarning orqa miya, uzunchoq va o‘rta miyadagi markazlarning funksiyasi bosh miya yarim sharlari po‘stloq qismining oldingi markaziy egatida joylashgan nerv hujayralari - harakatlanish oliy nerv markazlari tomonidan boshqariladi.
Bunda ularning tarangligi ortadi, shol bo‘lgan qo‘l - oyoq tarashadek qotib qoladi. Bu bosh miya shikastlanganda yoki miyaga qon quyilganda yuzaga keladi.
Orqa miyada joylashgan nerv markazlarining ishi buzilganda, ular boshqaradigan muskullarda periferik shol yuzaga keladi. Bunda ularning tonusi pasayib, shol bo‘lgan qo‘l yoki oyoq harakatsizlanib, osilib qoladi.
Odam organizmida 600 dan ortiq skelet muskullari bo‘lib, ular tana massasining o‘rtacha 40 % ini tashkil etadi.
Jismoniy mehnat va sport bilan shug‘ullanuvchilarda muskullar yaxshi rivojlangan bo‘lib, ular 50 % ini va undan ko‘prog‘ini tashkil etadi.
Skelet muskullarining shakli xilma - xil: uzun, kalta, keng, rombsimon, trapetsiyasimon piramidasimon, uchburchak, tishsimon, duksimon, patsimon va yarim patsimon, ikki boshli, ikki qorinli, tasmasimon, aylana va hokazo bo‘ladi.
Uzun muskullar asosan qo‘l va oyoqlarda, kalta muskullar qovurg‘alar orasida, keng muskullar ko‘krakda, qorin devorlarida, aylana muskullar og‘iz, ko‘z atrofida joylashgan.
Har bir muskulning paylardan tashkil topgan bosh va dum qismi bo‘ladi.
Muskul tashqi tomondan biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan yupqa parda bilan o‘ralgan bo‘lib, bu parda fassiya deb ataladi.
Fassiya bilan muskulning paylari orasida harakatni qulaylashtiradigan sinovial suyuqlik bo‘ladi.
Muskullarning ishlashi. Odam tanasining harakatlari ma’lum muskullar guruhining ishlashi natijasida bajariladi.
Muskullar maxsus nerv hujayralari va ularning tolalari bilan tutashgan.
Muskullarni harakatga keltiruvchi nerv hujayralari, ya’ni motoneyronlarning har biri o‘z tolalari orqali o‘nlab va yuzlab muskul tolalari bilan tutashadi.
Nerv tolasi muskul tolasi bilan tutashadigan joyda yupqa pardadan iborat maxsus plastinkalar bo‘lib, ular sinaps deb ataladi.
Motoneyron qo‘zg‘alganda uning tolasi uchidan kimyoviy moddalar (atsetilxolin, adrenalin) ajralib, sinaps bo‘shlig‘iga o‘tadi, Ular muskul tolasiga ta’sir etib, uni qo‘zg‘atadi, natijada muskul qisqaradi.
Muskulning statik ishi natijasida odam tanasi va uning ayrim qismlari ma’lum vaqt davomida zarur bo‘lgan vaziyatni saqlaydi.
Masalan, tik turish, qo‘lni oldinga yoki yuqoriga ko‘tarib turish, start oldi holati kabilar.
Muskulning statik ishi tanani harakatga keltirmaydi, balki uning yuqorida ko‘rsatilgan zarur vaziyatlarda ma’lum vaqt saqlanishini ta’minlaydi.
Muskulning dinamik ishi natijasida odam tanasi va uning ayrim qismlari har xil harakatlarni bajaradi.
Masalan, yurish, yugurish, sakrash, gapirish va hokazo. Muskulning ishi maxsus asbob (ergograf) yordamida lentaga yozib olinadi va hosil bo‘lgan chiziqlar ergogramma deb ataladi.
Xulosa
Muskul ish bajarganda, undan energiya ajraladi va energiyaning 25 30 % i ana shu bajarilayottan ish uchun sarflanadi.
Qolgan 70 - 75 % i issiqlik energiyasi sifatida tana haroratining doimiyligani ta’minlash uchun sarflanadi, ortiqcha qismi teri va nafas chiqarish yo‘li orqali tashqariga ajratiladi.
Adabiyotlar:
Narziyev D.X. Xayvonlar anatomiyasi, T.: “Mexnat”1986
Kodirov E. “Gistologiya” T.: “Ukituvchi” 1994
Alimov D.A. Gistologiya va Embriologiya. T. “Ukituvchi”
Vrakin V.F. “Morfologiya selskoxozyaystvennix jivotnix” M.: “Kolos” 1984.
Sidorova M.V. M.: VO “Agropromizdat” 1991
Akayevskiy A.I. Anatomiya domashnix jivotnix M.: ”Kolos” 1975
Sidorova M.V. Davidova Praktikum po anatomii s osnovami gistologii L.: “Selxozizdat” 1985
Vrakin V.F. i embriologii selskoxozyaystvennux jivotnux M. “Kolos” 1982.
Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling