Musobaqa davrida yosh futbolchilarni psixologik tayyorlashning vositalari va uslublari
Download 43 Kb.
|
1 2
Bog'liqmaqola davomi bor
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA.
MUSOBAQA DAVRIDA YOSH FUTBOLCHILARNI PSIXOLOGIK TAYYORLASHNING VOSITALARI VA USLUBLARI Mirzaxmedov Raxmonjon Yusufjanovich Namangan davlat universiteti magistranti. mirzahraxmonjon6500@gmail.com Annotatsiya: Kalit so’zlar: KIRISH. Insonni hayotga yoki biror faoliyat sohasiga tayyorlash hayotning o’zi kabi rang-barang, keng qamrovli, murakkab, ko’p bosqichli jarayon bo’lib, turli usullar, vositalar yordamida amalga oshiriladi. Odamning harakat qilishga va jismoniy sifatlarini o‘stirishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga doimo intilishi, jismoniy mashqlarning asta-sekin zamonaviy sport turlariga o‘zgarib borishiga olib keladi va u o‘ziga xos qator xususiyatlari bilan farqlanadigan bo‘lib boradi. Sport amaliyotida bo’lajak aniq musobaqalarga psixologik jihatdan alohida tayyorgarlik ko’rgan sportchilarning ko’pincha g’alaba qozonishi ilmiy isbotlangan. Demak, sport mutaxassislari va murabbiylar sportchilarni musobaqaga psixologik jihatdan tayyorlashga alohida e’tibor berishlari maqsadga muvofiqdir. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA. Sport turlarining o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, sportchilarni musobaqaga psixologik tayyorlashni quyidagi bosqichlarga bo’lish mumkin: sportchilarga raqibi va bo’lajak musobaqalarning shart-sharoitlari haqida yetarlicha ma’lumotlar berib borish; sport mashg’ulotlari va musobaqalar haqida olingan ma’lumotlarni tekshirib ko’rish, ishonchlilik darajasini aniqlash, musobaqaning boshlanish vaqti yoki kutilmagan o’zgarishlarning alohida sportchilar yoki jamoaga g’alaba keltirish imkoniyatlarini o’rganish; sportchilarga musobaqada qatnashishdan ko’zlangan maqsad va vazifalarni aniq belgilab olishlari haqida ko’rsatmalar berish; sportchining musobaqaga ishtirok etish sababi, mohiyati va aniq maqsadini aniqlash, g’alabaga erishishning ijtimoiy ahamiyatini lushuntirish; sportchining bo’lajak musobaqa jarayonidagi faoliyatini rejalashtirish, aqliy sifatlarini o’stirishga e’tibor berish, musobaqaga taktik va texnik jihatdan ruhiy tayyorgarligini takomillashtirish; sportchini musobaqaga ruhan tayyorlash maqsadida kutilmagan maxsus to’siqlar vujudga keltirish, ularda bu to’siqlar va qiyinchilik-larni yenga oladigan malaka va ko’nikmalar hosil qilish uchun qo’shimcha mashg’ulotlar uyushtirish; sportchiga musobaqa jarayonida paydo bo’ladigan ichki ruhiy holatni boshqarish uslublaridan foydalanishni o’rgatish; sportchini musobaqa boshlanishida ruhiy ko’tarinkilikka, asab tizimi faoliyatini boshqarishga, ruhan charchamaslikka odatlantirish hamda musobaqa jarayonida yanada faol harakat qilishga erishishga undash. Sportchining musobaqaga tayyorgarlik holati asab tizimining ta’sirchanligiga ham bog'liq bo'ladi. Sportchining startga tayyorgarlik holatini A.S. Puni quyidagi uch turga ajratib ko'rsatgan: Sportchining startda qaltirashi, jonsizlik holati. Sportchining startga yuqori tayyorgarligi va jangovarlik holati. Sportchining ruhan tushkunlik va yomon kayfiyatlilik holati. Futbolchilarning sport tayyorgarligi - bu barcha zarur vositalar, usullar, shartsharoitlar toʻplamidan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan va yuqori sport mahoratiga erishishga qaratilgan uzoq muddatli maxsus tashkil etilgan pedagogik jarayon. Sport tayyorgarligining maqsad va vazifalari ta’lim, tarbiya va mashgʻulotlar jarayonida hal etiladi. Futbolchilarni tayyorlashdan maqsad jahon futbolining zamonaviy talablariga javob beradigan va yuqori sport natijalariga erishishga qodir yuqori malakali sportchilarni tarbiyalashdir. Tayyorgarlik maqsadi asosida ta'lim va tarbiya jarayonida quyidagi asosiy vazifalar hal etiladi: - yuksak axloqiy va irodaviy sifatlarni tarbiyalash. - sogʻlikni mustahkamlash, har tomonlama jismoniy rivojlanish. - yuqori darajadagi asosiy jismoniy sifatlarga erishish va oʻyin texnikasi va taktikasini mukammal oʻzlashtirish. - individual va jamoaviy tayyorgarlikning yuqori darajasiga erishish va ularni musobaqada amalga oshirish uchun koʻnikmalarni egallash. - yuqori umumiy va maxsus ish qobiliyatlarga erishish va ularni uzoq muddatli saqlash. - oʻqitishning uslublari, rejalashtirish, nazorat qilish, tiklash, hakamlik qilish, musobaqalarni tashkil qilish va h.k.larda chuqur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarni egallash. Hozirgi zamon futbolining rivojlanishida o’yin usullari takomillashib, futbolchilarning harakatlari mukammallashib bormoqda. Jahon futbol mutahassislarining ta’kidlashicha, hozirgi zamon futbolining rivojlanishi o’z ichiga juda ko’p jixatlarni oladi. Bular: 1. Har bir futbolchi o’yinni oxirigacha olib borishi; 2. Futbolchilarning maydon bo’ylab, yuqori tezlikda to’p bilan va to’psiz harakatlanishlari; 3. Texnik – taktik harakatlarni tezkorlik bilan bajarishlari 4. O’yin davomida to’pni jamoadoshiga aniqlik bilan oshirish, darvozaga zarbalarni to’g’ri yo’naltirishni va boshqa texnik usullarni bexato bajarishlari kerak. Sport faoliyatida sportchining psixik tayyorgarligining ahamiyati katta bo’lib, hozirgi vaqtda u yutuqlarning asosiy shartlaridan biri bo’lib qolgan. Download 43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling