Musobaqa faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari reja
YUGURISH VA SPORTCHA YURISH BO‘YICHA HAKAMLAR
Download 0.59 Mb.
|
Sport turlari bo‘yicha musobaqalarni tashkil etish va xakamlik q (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Startyor yordamchisi
YUGURISH VA SPORTCHA YURISH BO‘YICHA HAKAMLAR.
YUgurish va yurish bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazish uchun starterlar: marradagi hakamlar, vaqt o‘lchovi hakamlar masofadagi hakamlar, sportcha yurish texnikasi bo‘yicha hakamlar guruxlari tashkil etiladi. Startda ishlash uchun hakamlar tuzilib, ularning tarkibidan har bir masoqa startiga asosiy starter, 200,400, barerlar osha 400 masofalarga faletartlar bo‘yicha bir yoki bir necha qo‘shimcha hakamlar, 4 x 100, 4 x 200, 4 x 400 estafetali yugurishda – ikki nafardan kam bo‘lmagan shunday hakamlar, bir yoki bir necha starter yordamchisi belgilanadi. Asosiy starterning vazifasi shunday start berishdan iboratki, bunda ishtirokchilarning hech biri start signalidan avval yugurishini boshlamasin. U: - hamma startdagilar o‘ziga yoqqan ko‘rinadigan, o‘zi esa vaqt o‘lchovchi hakamlarga eng yaxshi ko‘rinadigan joyni tanlashi; - har bir startdan avval marradagi, fotomarradagi hakamlar va vaqt o‘lchovchilarning tayyorgarligiga ishonch hosil qilishi; - ishtirokchilar start joyini tayyorlashga qoidadagidan (2 daqiqa) ortiq vaqt sarf qilmasliklarini kuzatib turishi; - ishtirokchilarning startda to‘g‘ri holatda turganliklarini tekshirish; - start komandalari va yugurishni boshlash uchun to‘pponchadan otib yoki ovoz bilan berilgan signallarni bayoroqni sikitish bilan borobar berishi kerak. Alohidan yo‘lkalardan sportchilarga komanda berish uchun har bir alohida yo‘lkachada ovoz kuchaytirilgan ma’qulroq. Start bilan bog‘liq barcha masalalarni starterning o‘zi shaxsan hal qiladi, falstart holatida qo‘shimcha qo‘shimcha starter tomonidan yugurishning to‘xtatilishi bundan mustasno (agar yugurishning qaytishi haqidagi signal asosiy starter tomonidan berilmagan bo‘lsa). Asosiy starter o‘z kiyimining rangi bilan boshqa hakamlardan ajralib turishi hamda startda yuguruvchi guruxlar hakamlarlariga yaqqol ko‘rinib turishi zarur. Agar ishtirokchidan birortasi start signalidan avvalroq start olgan bo‘lsa, asosiy starter va qo‘shimcha starterlardan biri ularga to‘xtash va avvalgi joyiga qaytish uchun signal berishi lozim. Qo‘shimcha starter (falstartlar bo‘yicha) startdagi ishlarni tashkil qilishga yordam beradi, sportsining startda to‘g‘ri holatda turishlarini tekshiradi, vaqtdan oldin start olish (falstart) holati yuz berganda, agar asosiy starter signal bermagan bo‘lsa, o‘q otib yoki ovoz bilan o‘zi signal beradi. Startyor yordamchisi - startdagi zarur bo‘lgan jihoz va uskunalarning (start kolodkalari yoki stanoklari, estafeta tayoqchalari va b.) mavjudligini avvldan tekshirib qo‘yadi; - poyga qatnashchilarining kelgan kelmaganligini, ism – shariflarini solishtirib, raqamlarni to‘g‘ri joylashtirilganliklarini – birini ko‘prikka, birini orqaga qadash kerak – ko‘rib aniqlaydi va start bayonnomasiga kelganligi haqida belgi qo‘yadi. Zarur bo‘lganda, poyga ishtirokchilari orasida startdagi joyni yoki yo‘lakni aniqlash uchun qur’a tashlash o‘tkaziladi. Start berilguniga qadar marraga, fotomarraga ishtirokchining kelmaganligi haqida xabar beradi. Har bir ishtirokchini chaqirib, kerakli yo‘lakchaga yoki yig‘ioish chizig‘iga yo‘llaydi. Start bayonnomasi yozib boradi unda starterning ishtirokchilar tomonidan nizom buzilganligi haqidagi barcha ogoxlantirishlar va qarorlari aks etadi; musaboqa vaqtida yoki navbatdagi turning so‘nggi startidan keyin esa darhol start guruxning hamma a’zolari imzolagan start bayonnomasini kotibga topshiradi. Starter yordamchisi bo‘lmagan hollarda uning vazifasini qo‘shimcha starter bajaradi. Asosiy va qo‘shimcha starterlar, odatda, starterlar hay’ati tarkibidagi haqamlardan tayinlanadi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling