MUSOBAQA HAQIDAGI NIZOM
har bir musobaqa shu musobaqani o’tkazayotgan tashkilot tomonidan
tuzib tasdiqlangan nizomga muvofiq o’tkaziladi.
Nizom musobaqada qatnashuvchi tashkilotlarga o’z vaqtida yuborilishi
lozim, toki bu tashkilotlar musobaqada qatnashish uchun zarur
tayyorgarlik ko’rish imkoniyatiga ega bo’lsin.
Musobaqa haqidagi nizom turlicha talqin etilmasligi uchun mukammal
bayon qilinib, quyidagi bo’limlarni o’z ichiga olishi lozim:
a) musobaqaning maqsad va vazifalari;
b) musobaqa o’tkaziladigan joy va vaqt;
v) musobaqaga rahbarlik qilish;
g) qatnashuvchi tashkilotlar va musobaqa ishtirokchilari;
d) programma;
e) shaxsiy va komanda birinchiligini belgilash tartibi va shartlari
(zachyot va baxolash sistemasi);
j) mukofotlash;
z) tashkilot va ishtirokchilarni qabul qilish shartlari;
i) zayavkalarni topshirish muddati va shartlari.
4. Nizomda ko’rsatilgan talablar musobaqa qodalariga zid bo’lmasligi kerak.
MUSOBAQALAR XUSUSIYATI
Musobaqalar o’z xususiyatlariga qarab shaxsiy musobaqalar, komanda
musobaqalari va shaxsiy-komandalar musobaqalariga bo’linadi.
Agar musobaqaning texnik natijalari har bir ishtirokchi (yoki
estafeta komandasi yoki patrullar komandasi) hisobiga kiritilib va
shu musobaqada uning o’rni belgilansa, bunday musobaqani shaxsiy
musobaqa deyiladi.
Ayrim ishtirokchilarning va estafeta komandalarining texnik
natijalari yaxlit komanda hisobiga kiritilib va bu musobaqada
komandaning o’rni belgilansa buni komanda musobaqasi deyiladi.
Agar texnik natijalar har bir ishtirokchi hisobiga alohida, hamda
yaxlit komanda xisobiga kiritilsa va bu komandaning musobaqadagi
o’rni belgilansa, uni shaxsiy - komanda musobaqasi deyiladi.
har bir musobaqaning xususiyati ana shu musobaqa haqidagi nizomda
ko’rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |