Musobaqa sharoitida yosh futbolchilarning texnik tayyorgarligini o‘rgatish


Turli xil sport turlarida mashg‘ulotlarga kirishish yoshi


Download 351.79 Kb.
bet6/10
Sana23.11.2023
Hajmi351.79 Kb.
#1795352
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
“MUSOBAQA SHAROITIDA YOSH FUTBOLCHILARNING TEXNIK TAYYORGARLIGINI

Turli xil sport turlarida mashg‘ulotlarga kirishish yoshi
(Platonov 1997 bo‘yicha)

Sport turi

erkaklar

ayollar

Suzish

9-11

8-11

Baydarkada eshkak eshish

13-16

13-16

Velosport

14-16

14-16

100-400m yugurish

13-14

13-14

Sport gimnastikasi

8-9

6-8

Badiiy gimnastika

-

6-8

Kurash

12-14

-

Voleybol

12-14

11-13

Futbol

12-14

-

Shuning uchun, 6-7 yoshdan bolalarni sportga jalb qilish bilan yoshga urg‘u beradigan BO‘SM rahbariyati quyidagilarni hisobga olishlari lozim:



    1. ishonchliligi pasayib borishi bilan kuzatiladigan sport qobiliyatlarini oldindan bashorat qilishga intilish;

  1. zamonaviy mashg‘ulotlar sportchi organizmiga shunchalik yuqori talab qo‘yadiki, erta sport mashg‘ulotlariga kirishgan bolalar qoida bo‘yicha erta sportdan ketadilar. Ayrim sport turlariga (suzish, gimnastika) bolalarni o‘rgatish 3-5 yoshdan boshlanadi, ammo ular bilan yo‘naltirilgan sport ishlarini olib borish notabiiy va sog‘liq uchun zarardir.

BO‘SMda, jarayon uch bosqichda amalga oshiriladi:
Saralashning birinchi bosqichi, iloji boricha ko‘p iste’dodli bolalar va o‘smirlarni sport mashg‘ulotlariga hamda dastlabki ko‘rikka jalb qilish hamda boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil qilishdan iborat.
Albatta, birinchi bosqichda bolalarning ideal tipini aniqlashning iloji yo‘q. Kirish sinovlariga umum ta’lim maktablariad tibbiy ko‘rikdan o‘tgan bolalar qabul qilinadi.
Bolalarning jismoniy rivojlanganligi tashqi alomatlar bo‘yicha baholanadi: bo‘y, vazn, tana proporsiyasi, umurtqa pag‘onasi va ko‘krak qafasining shakli, tos va oyoq tuzilishi, oyoq panjalari o‘lchami.
Aynan, bolaning tashqi ko‘rinishini vizual baholash bilan tana o‘lchamlarini olib, bolaga uning istiqbollarini boshlash zarur.
Dastlabki saralashning ikkinchi qismida tanlangan sport turida mashg‘ulotlarga qo‘yilgan talablar bo‘yicha tanlab oligan shug‘ullanuvchilarni tekshirish amalga oshiriladi. Murabbiy, pedagogik kuzatuv va nazorat sinovlari asosida eng qobiliyatli bolalar va o‘smirlardan o‘quv-mashg‘ulot guruhini tuzadi.
Dastlabki saralashning uchinchi qismidagi vazifalarga, BO‘SM o‘quvchilarining individual sport mutaxassisligini uzul-kesil aniqlash maqsadida ularning har birini ko‘p yillar davomida muntazam o‘rganib borish kiradi. Bu bosqichda saralashning asosiy uslubi, antiropometroik ko‘rsatkichlar, tibbiy-biologik tadqiqotlar hisoblanadi.
Asosiy testlar:
20m yugurish – 3,8-4,2
Joydan uzunlikka sakrash – 169-143
Joyda yuqoriga sakrash – 27-41
Startdan 60m yugurish – 9,3-10
Dastlabki saralash bosqichining har bir qismi ohirida, yengil atletika, suzish va boshqa sport turlari bo‘yicha ishlab chiqilgan majburiy me’yorlar topshiriladi.
Oraliq saralashning ikkinchi bosqich vazifalari, ko‘p yillik mashg‘ulot jarayonida yuqori sport natijalariga erishishga qodir, samarali soprt takomillashuvga ega sportchilarni aniqlash. Bu vazifa sportchining morfologik, funksional va ruhiy xususiyatlarini, ularning moslashuv imkoniyatlari, yuqori mashg‘ulot va musobaqa yuklamasiga ta’sirchanligini va hokazolarni kompleks tahlil qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Yakuniy saralashning uchinchi bosqichi ko‘p yillik tayyorgarik bilan tavsiflanadi, sportchi yuqori natijalarga erishishi, yuqori rang musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirik eta oladimi, shiddatli mashg‘ulotlar dasturi va og‘ir sport tartibini yegil o‘tkaza oladimi bularning barchasiga aniqlik kiritish zarur.
Shunday qilib, saralashning ushbu pag‘onasida oldingi bosqichlarda o‘tkazilgan ishlar davom ettiriladi.
Ammo, ko‘p yillik saralashning barcha bosqichlarida yetakchi mezon, inson salomatligi bo‘lib qoladi.
Maxsus adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, yosh futbolchilarda yuqori aniqlikda sport natijalarini bashorat qilishga yordam beradigan rivojlanish darajasi hamda sifatlarga ega. Ularga quyidagilar kiradi: tezkorlik va tezkor-kuch sifatlari; koordinatsiya xususiyatlari, texnik usullarni o‘zlashtirilish tempi va sifati; futbolchilar ehtimoldagi faoliyat samaradorligini aniqlovchi psixologik tavsiflar; musobaqa faoliyati tavsifi.
Yosh futbolchilarga texnik tayyorgarligini o‘rgatishning dastlabki bosqichlari , xususiyatlari va musobaqalarga saralash samaradorligining eng muhim ko‘rsatkichi-bu amaliyotda uning keng qo‘llanilishidir.shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, to‘plangan tadqiqot ma’lumotlari amaliyotga kiritilmagan nazariy fikrlar hisoblanadi.
Sport xususiyatlari muammolari, individual farqlanish muammolari bilan chambarchas bog‘liqdir. Individual balog‘atga yetish tempi (biologik yosh), bolaning samatik tipi va uning rivojlanish variantlarini hisobga olish ham juda muhim.
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, quyidagicha xulosa qilish mumkin, oxirgi o‘ttiz yilda bajarilgan tadqiqot natijalari asosida, musobaqa sharoitida yosh futbolchilarga texnik tayyorgarligini o‘rgatishning dastlabki bosqichlari , xususiyatlari va musobaqalarga saralash nazariyasi va uslubiyati bo‘yicha bir qator isbotlangan tushunchalar shakllangan.

Download 351.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling