O‘yindan xaydash: O‘yindan xaydashga qaror qilinadi: Butun o‘yin davomida maydonda yoki maydon tashkarisida o‘yinchi tomonidan "jismoniy zurlik" qilib hujum qilinsa. Hakamlar taym-aut belgilagandan so‘ng o‘yindan xaydaluvchi aybdor o‘yinchiga, yukorida ikki qo‘li kesishgan ishora ko‘rsatiladi, bu holatni kotib (sekundometrist) tomonidan qayd etiladi.
O‘yindan xaydalish har doim o‘yin vaqtining oxirigacha amal qiladi va jamoa o‘yinni, o‘yin mobaynida bir o‘yinchiga kam bo‘lib davom etadi. O‘yindan xaydalgan o‘yinchi boshqa o‘yinchi bilan almashtirilishi mumkin emas va u darhol o‘yin maydonini, shuningdek, zaxira xududini tark etishga majbur. Shundan so‘ng unga jamoa bilan har kanday aloqa qilishi man etiladi. Hakamlar tomonidan o‘yindan xaydash holati raxbariyatga tushuntirilib, uchrashuv bayonnomasida qayd qiladilar.
Bir xil vaziyatda bir nechta xato qilish: Agar jamoaning o‘yinchisi yoki mas’ul vakili o‘yin davom ettirishdan avval bir vaqtda bir va undan ortik qoida buzilishiga yo‘l qo‘ysa va ular har hil jazoga loyiq bo‘lsa, odatda, eng qat’iy jazo qo‘llaniladi. Bunday holatlarda qoida buzilishning o‘yinchiga nisbatan "jismoniy zurlik" qilib hujum qilish hisoblanadi. Maydondagi jamoa tarkibini 4 daqiqaga kamaytirish holatlari ham mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |