Musoyeva Hilolaning " Safar Barnoyev-bolalar adibi"


Download 304.59 Kb.
bet3/3
Sana04.01.2023
Hajmi304.59 Kb.
#1076656
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
Safar Barnoyev - bolalar adibi

DADAMNING QO‘LLARI

Dadamning qo‘llari miltiq ham ushlagan,
Gulni ham ekkandir dadamning qo‘llari.
Men dadam haqida hikoya boshlasam:
Ajoyib, rang-barang dadamning yo‘llari.
Dadamning qo‘llari boshimni silaydi,
Dadamning qo‘llari tinchlikning timsoli.
Dadamning qo‘llari yaxshilik tilaydi,
Ularga boqaman gohida jim qolib.
Qabargan barmoqlar urug‘-u aymoqdir,
Lashkarday saf tortib turadi har ishga.
Dadamning topgani shakar-u qaymoqdir,
Bizlarni qoldirmas hech qachon tashvishda.
Dadamning qo‘llari har doim balanddir,
Quyosh ham cho‘zadi qo‘llarin ularga.
Dadamning qo‘llari bizlarga payvanddir,
Bizlarga bahomi keltirgan shular-da.
Dadamning qo‘llarin siypalab, o‘paman,
Dadamning qo‘llari uyimiz ko‘rkidir.
Dadam bor, hamisha gullaydi bu Vatan,
Dadamning qo‘lidan yovuzlar qo‘rqadir.
AYIQPOLYON

Ayiqpolvon o‘yin tushar,
Avjda chapak, qiyqiriq.
Olqishlardan qalbi jo‘shar,
Qilar yana ming qiliq.
Nag‘ma qilib egasiga —
Qarab qo‘yar qayrilib.
Bir juftgina oppoq qanddan
Qolmayin deb ayrilib.
SHO‘RDANAK

Sho‘rdanagim, sho‘rdanak,
Qanday eding zo‘r danak.
Zo‘rman deding chaqdilar,
Sen o‘zingdan ko‘r, danak.


Qisqasi, adib yaratgan asarlar bir qator adabiyotshunos olimlar tomonidan xolisona baholanib, hayotiy mazmunga egaligi yuzasidan tadbiq etsa arzigulik ekanligi alohida qayd etildi. Shoir haqida bir talay kitoblar nashr etilib, hayotiy faoliyati 
haqida, ijodi xususida bir qator maqolalar yoritildi.
Safar Barnoyevning hayotiy chizgilari xususida televideniya va radioda 
ko‘rsatuv va eshittirishlar berib boriladi. Deyarli barcha o‘quv qo‘llanmalarga, 
darsliklarga adibning asarlaridan namunalar kiritilgan. Eng muhimi, bunday asarlar 
o‘zining munosib muxlislarini topib ulgurdi. 
O‘tgan asrning 50- yillarida o‘zbek bolalar adabiyotiga katta umidlar bilan 
kirib kelgan adib, mohir publitsist Safar Barnoyev insonga berilgan bu qisqa umrni 
qazosidan keyin ham yashab qolishga imkon yaratish uchun berilgan fursat deb 
bildi. Ana shu fursatni esa behuda o‘tkazmaslikka siz-u bizni ham chaqirdi.
Umuman olganda, adib butun umrining betakror va beg‘ubor davrini o‘z 
boshidan kechayotgan bolajonlar adabiyotning merosini yanada boyitishga 
bag‘ishlaydi. Zero, u yaratgan noyob durdonalar allaqachon yosh kitobxonlarning 
qalbidan chuqur joy oldi, mehr-muhabbatini qozondi. 
Shuningdek, Safar Barnoyev bolalar hayotining qiziq-qiziq jihatlarini bayon 
etuvchi ajoyib hikoya va qissalar muallifi hisoblanadi.
Xalqimizda bir ajoyib naql bor: Mehnat qilsang, rohat ko‘rasan. Darhaqiqat, 
inson mehnati, astoyidil bajargan ish faoliyati bir kunmas bir kun o‘z natijasini 
ko‘rsatadi. Mehnat-mehnatni sevgan insonlarni ulug‘laydi. Safar Barnoyev ham 
qilgan mashqqatli ammo, sharafli mehg‘natlari, buyuk ishlarining lazzatli 
rohatlarini ko‘rdilar. Hayot yo‘llariga to‘g‘anoq bo‘lgan to‘siqlarni birin-ketin 
yengib o‘tib, adabiyotning eng nozik qirrasi bo‘lmish bolalar adabiyotining yuksak 
cho‘qqilarini zab etishga muvaffaq bo‘ldilar. 



Download 304.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling