Musoyeva Hilolaning " Safar Barnoyev-bolalar adibi"
Download 304.59 Kb.
|
Safar Barnoyev - bolalar adibi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Adibning yorqin ijod yo’li 3.Safar Barnoyev zamondoshlari xotirasida 4.Yozuvchining asarlari qalbimizda mangu yashaydi. 5.Xulosa
“Turon Zarmed Universiteti” Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 4/2 guruh talabasi Musoyeva Hilolaning “Safar Barnoyev-bolalar adibi” mavzusida tayyorlagan referati Mavzu: Safar Barnoyev-bolalar adibi Reja: 1.Safar Barnoyev hayoti 2.Adibning yorqin ijod yo’li 3.Safar Barnoyev zamondoshlari xotirasida 4.Yozuvchining asarlari qalbimizda mangu yashaydi. 5.Xulosa Adabiyotning ajralmas bir bo‘lagi hisoblangan bolalar adabiyoti o‘z oldiga bolalarning yoshi, saviyasiga qarab katta ta’limiy va tarbiyaviy masalalarni qo‘yadi. Bolalar uchun yoziladigan har qanday badiiy asar ularning nafaqat yosh xususiyati va saviyasiga mos, shuningdek yosh kitobxonlar qalbida uy-fikrlar uyg‘otadigan, yorqin obrazlarga boy, yuksak g‘oyalarga, ulkan va porloq ishlarga ilhomlantiradigan bo‘lishi zarur. Zero, mavzulari tushunarli, sodda, qiziqarli, sarguzatshlarga boy, estetik maroqbag‘ishlovchi asarlargina quvnoq bolajonlar qalbi va ongidan chuqur joy oladi. Bolalar shoiri va adiblari o‘zlarida ana shunday buyuk mahoratni va salohiyatni mujassamlashtirgan holda nozik did va ulkan qobiliyat bilan yozilgan asarlari ila yosh avlod qalbiga kirib boradilar. O‘z asarlari bilan bolalar ongi, xarakteri va irodasini o‘stirib, chiniqtirishda, ularni davrimiz ruhida mehnatsevar kishilar darajasiga tarbiyalashda xalqqa, mustaqil davlatimizga katta yordam berishi kerak. Hozirgi zamon o‘zbek bolalar adabiyotining eng yaxshi asarlari katta badiiy kuchi,boy,ravon,yerkin obrazli va ifodali tili bilan ajralib turadi.Shu sababli bunday asarlar kitobxonga kuchli ta’sir etadi va ularning dustiga, sevimli hamroxiga aylanadi. Ana shunday buyuk asarlar muallifi, yuksak mahorat va istdod sohibi, o‘zbek bolalar adabiyotining taniqli vakillaridan biri Safar Barnoyevdir. Adibning boy ijodiga nazar tashlar ekanmiz,asarlai mazmunida o‘zbek bolasining o‘y fikrlari, orzu-umidlari, intilishlari, shuningdek sodda qiyofasi, fe’l-atvori, kulgusi- yu yig‘isi, qaqajon o‘yinlari yarq-etib ko‘zga tashlanadi. Bolalar va o‘smirlar adibi Safar Barnoyevning tarjimai xoli haqida so‘z yuritar ekanmiz, uning hayotining dastlabki yillari, o‘ta mashaqqatli, ayriliqlar azobida o‘tgan. Hattoki, adib o‘z tug‘ilgan yil va sanasini ham aniq bayon eta olmagan. Bu haqda u o‘zining tarjimai holida shunday yozadi: “Odatda tarjimai hol yozgan yoki biror rasmiy hujjat to‘ldirgan odam, “Men falon yili, falon oyning, falon kunida tug‘ilganman”, deb aniq yozadi. Afsuski, men bunday qilolmayman. Sababi: to men maktabni bitirguncha rahmatli onam Ro‘zigul Sobir qizining qo‘lida hech qanday hujjat bo‘lmagan. Tug‘ilgan qishlog‘im Buxoro qishlog‘idagi Dilkusho degan joyida qishloq raisi bo‘lib ishlagan odamdan hujjat so‘ralganda, u hech ikkilanmay “bolayiz mening o‘g‘lim bilan barovar”, deb guvohnoma to‘ldirib bergan. Unda mening tug‘ilgan kunim 1938 yil 6-may deb ko‘rsatilgan. Mana shu hisob bilan yashab kelaman. Birov surishtirgani ham yo‘q... Adibning onasi Ro‘zigul aya esa Safarning yoshligida “Sen tut pishig‘ida , kimningdir to‘yi kuni tug‘ilgansan”, deb ta’kidlagan. Rasmiy ravishda esa adib yuqorida ta’kidlab o‘tilgan sanada tavalldu topganligi qayd etiladi. Adib olti oyga to‘lgan vaqtda otasi urushga ketadi.O‘zining tarjimai holida bayon etilishicha, otasi , ketar chog‘ida “mening kafanim bo‘ynimga o‘ralangan, qaytib senlarni ko‘rolmayman” deya Safarni bag‘riga bosib yig‘lagan. Shuning bilan adibning otasi o‘g‘li bilan bir umrga xayrlashgan. Safar Barnoyev yoshligidanoq she’r yozishga va mutoala qilishga ishtiyoqi baland bo‘lgan. U lotin alifbosi ist’mollan chiqib, kiril xarflariga o‘tilgan ayni vaqtlarda boshlang‘ich sinfga boradi. Ammo o‘sha vaqtda badiiy adabiyotlarning ko‘pchiligi lotin alifbosida bo‘lgan. Shu sababli bo‘lajak shoir uni osongina o‘zlashtirgan. Safar Barnoyev shoirlarning she’rxonlik kechalarida, hajviyachilarning askiya-bazmlarida o‘smirlik davridayoq faol ishtirok etib borardi. Bazmlarda ko‘zga tashlanib, qolgan Safar kechalari tinmay badiiy va she’riy kitoblarni mutoala qilardi. Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar”, Cho‘lponning “Kecha va kunduz” singari badiiy asarlar, “Alpomish”, “Kuntug‘mish” va “Go‘ro‘g‘li” sikligi kirgan xalq dostonlarini o‘qib chiqqanligi fikrimizga dalil bo‘ladi. Shu tariqa, oyatlar ohangi-yu, dostonlarning sehrli og‘ushida ulg‘aygan Safar Barnoyev bugungi kunga kelib bolajonlarning sevimli shoiri sifatida ega tanildi. Uning bu darajada mashhurlik shohsupasiga ko‘tarilishida bolalik hayotidagi o‘ziga xos abadiy muhitning shakllanishi asosiy omil bo‘lgan, Ikkinchi jahon urushidan keyingi og‘ir yillarda barcha tengqurlari qatori qiyinchiliklarni va zahmatlarini o‘z boshdan kechiradi. Oilada yakka o‘g‘il bola Safar boshoq terish, burgan o‘rish, shuvoq topish, qo‘y va mol boqish, o‘tin bog‘lash kabi og‘ir ishlar bilan mashg‘ul bo‘ladi. Hayotning ana shunday mashaqqatli sinovlari, achchiq-achchiq savdolari shoirni juda qiynab qo‘yadi. Azob-uqubatlar iskanjasida Safar binoyidek adib bo‘lib qoladi. Boshdan kechirgan qiyinchilikka qaramay, adib abadiy kitoblarni yig‘ish, mutoala qilish, adiblar va shoirlar ijodini o‘rganish bilan birga, o‘zi ham ijod olamiga sho‘ng‘ib ketadi. Safar Barnoyev dastlab she’r yozish bilan shug‘ullangan. Keyinchalik, bolalar hayotining quvonchli-yu, qayg‘uli jabhalarida qiziq-qiziq hikoyalari yordamida yoritib berishga kirishgan. Safar Barnoyev 1938 yilning 6 mayida Buxoro yaqinidagi Dilkusho qishlogʻida tugʻildi. 1959 yilda oʻrta maktabni bitirib, bir muddat qurilishda ishladi. Harbiy xizmatdan qaytgach, Toshkent davlat universitetining jurnalistika boʻlimida tahsil oldi. Safar Barnoyev Buxoroi Sharifda o‘ninchi sinfni 1959 yili tugatgan. Tirikchilik ilinjida biroz muddat qurilishda ishlagan. Ayni shu davrda adibning dastlabki she’rlari Respublika gazetalarida nashr qilina boshlanadi. Adibning hayoti davomidagi eng unutilmas damlardan biri birinchi she’ri “Lager qo‘ynida” nomi bilan “Tong yulduzi ” gazetasida 1959 yilda e’lon qilinishi bo‘ldi. Shundan so‘ng shoir mashhur olimlar-u, shoir-ulamolar davrasida bo‘lishga imkon yaralgandek bo‘ladi. 1960 yil Safar Barnoyev harbiy xizmatga boradi. Xizmatdan qaytgach, Toshkent Davlat dorilfununining jurnalistika bo‘limida o‘qishga qabul qilinadi. O‘qish davomida ham ijod bilan mashg‘ul bo‘lgan Cafar ustozlarining iqtidorli va iste’dodli shogirdlari qatoridan joy olgan. Gazetada chiqqan dastlabki she’ri shoir hayotining faoliyatini yuksak cho‘qqiga ko‘taradi. Bu haqida adib shunday yozadi “Xuddi shu gazet o‘qishimni tugar-tugatmas, meni ishga taklif etadi. Bolalar shoiri, yozuvchisi bo‘lishimni xuddi shu gazetdan ko‘raman...”. 1966 yili dorilfununni bitirib, “tong yulduzi” gazetasida mas’ul kotib vazifasida ishlaydi. Safar Barnoyev ish bilan bo‘lib, o‘z ijodini to‘xtatib qo‘ymadi. Bolajonlar uchun qiziq-qiziq she’rlar, hikoyalar yozishdan lazzatlanardi. Mashqlarining gazeta va jurnallarga bosib chiqilishi uni yanada ilhomlantiradi. So‘ng adib “Yosh gvardiya” (hozirgi “Kamalak”) nashriyotida, Respublika Yozuvchilari uyushmasida, so‘ng xalq ta’limi vazirligida mas’ul vazifalarda ishlaydi. Bolalar adabiyoti rivojiga munosib hissa qo‘shgan adib umrining so‘ngiga kunlariga qadar sevimli jurnali “Gulxan”ning bosh muxarriri bo‘lib ishlaydi. Sevimli adibimiz S.Barnoyev 2001 yilning may oyida vafot etdi. Safar Barnoyevning ijodiy kamoloti o‘tgan asrning 70-yillarida to‘g‘ri keladi. Uning birinchi she’riy to‘plami 1970 yilda “Tog‘lardaman” nomi bilan chop etiladi. Bu davrda shoirning ilk she’riy to‘plami haqidagi taqrizlar respublika gazetalarida e’lon qilina boshlandi. Tez orada ilk kitob o‘zining munosib muxlislarini topib, qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketdi. Adib yozuvchilar uyushmasida ishlab yurgan kezlarida ijodiy faoliyati gullab yashnaydi. Uning yangidan-yangi mashqlari muntazam ravishda matbuotda e’lon qilinib turildi. Gazeta va jurnallarda uyushtiriladigan barcha tadbirlarga faol ishtirok etadi va bu xizmatlari natijasida o‘zbek ijodkorlarining qo‘llab-quvvatlashiga sazovor bo‘ladi. Ana shunday e’tibor, olqish-u-maqtovlar, adibga ruxan madad berib, ijod olamiga dadil kirib borishiga turtki bo‘ldi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki inson odamlar to‘dasidan ajralmagan holda ma’lum muhit ta’sirida ulg‘ayar ekan, uning kamolotga erishishi uchun zarur bo‘lgan omillar mavjud. Bu - faoliyat jarayonida to‘g‘ri ta’lim-tarbiya berishdir. Ushbu omil insonning kelajakda o‘z o‘rnini topishini belgilaydi. Safar Barnoyev ham ne-ne mashaqqatlar bilan buyuk adiblik shohsupasiga ko‘tarilgani – bizga uning tarjimai holidan ma’lum bo‘ldi. Zero, hech qanday kasbda qiyinchiliksiz, osongiga erishib bo‘lmaydi, bo‘lsa ham bunday kasb qisqa umrli bo‘ladi. Shuning uchun bir sohani egallash uchun uning sir-sinoatlarini puxta o‘rganish va unga yetaklovchi yo‘lda uchraydigan to‘siqlarni mardlarcha yengib o‘ta olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Umuman olganda, adib butun umrining betakror va beg‘ubor davrini o‘z boshidan kechayotgan bolajonlar adabiyotning merosini yanada boyitishga bag‘ishlaydi. Zero, u yaratgan noyob durdonalar allaqachon yosh kitobxonlar qalbidan chuqur joy oldi, mehr-muhabbatini qozondi. Shuningdek, Safar Barnoyev bolalar hayotining qiziq-qiziq jihatlarini bayon etuvchi ajoyib hikoya va qissalar muallifi hisoblanadi. Xalqimizda bir ajoyib naql bor: Mehnat qilsang, rohat ko‘rasan. Darhaqiqat, inson mehnati, astoyidil bajargan ish faoliyati bir kunmas bir kun o‘z natijasini ko‘rsatadi. Mehnat-mehnatni sevgan insonlarni ulug‘laydi. Safar Barnoyev ham qilgan mashqqatli ammo, sharafli mehg‘natlari, buyuk ishlarining lazzatli rohatlarini ko‘rdilar. Hayot yo‘llariga to‘g‘anoq bo‘lgan to‘siqlarni birin-ketin yengib o‘tib, adabiyotning eng nozik qirrasi bo‘lmish bolalar adabiyotining yuksak cho‘qqilarini zab etishga muvaffaq bo‘ldilar. Darvoqe, adib 80-yillardan boshlab hokoya va qissalar yozishga kirishadi. Odatda, adib turli hududlarga ijodiy safarga chiqib, joylardagi bolalrning hayot tarzi, yashashi, havaslari, qiziqishlari, intilishlari, orzu-umidlari, o‘y-xayollari balan yaqindan tanishib chiqadi va shunga ko‘ra ularga ma’qul va manzur mavzudagi hikoya va qissalarni yozishga kirishadi. Safar Barnovning tarjimai holida bayon etilgan quyidagi fikrlar fikrimizning yorqin dalilidir: “1987 yil Afg‘onistonga bordim. Borishdan bosh niyat, 20 yillarda bizning ota-bobolarimiz inqilobni qay tarzda qabul qilganini ko‘rish, his etish edi. Savr inqilobi, oktabr inqilobining ikkalasiga ham jallod bosqinchilari bosh bo‘lganini avg‘on tuprog‘ida ko‘rib qaytdim...” Adibning shu safaridan so‘ng “Afg‘on hikoyalari” turkumi dunyoga keldi. “Shayton ergashgan bola” ham shu safar mevasi hisoblanadi Qisqasi, adib yaratgan asarlar bir qator adabiyotshunos olimlar tomonidan xolisona baholanib, hayotiy mazmunga egaligi yuzasidan tadbiq etsa arzigulik ekanligi alohida qayd etildi. Shoir haqida bir talay kitoblar nashr etilib, hayotiy faoliyati haqida, ijodi xususida bir qator maqolalar yoritildi. Safar Barnoyevning hayotiy chizgilari xususida televideniya va radioda ko‘rsatuv va eshittirishlar berib boriladi. Deyarli barcha o‘quv qo‘llanmalarga, darsliklarga adibning asarlaridan namunalar kiritilgan. Eng muhimi, bunday asarlar o‘zining munosib muxlislarini topib ulgurdi. O‘tgan asrning 50- yillarida o‘zbek bolalar adabiyotiga katta umidlar bilan kirib kelgan adib, mohir publitsist Safar Barnoyev insonga berilgan bu qisqa umrni qazosidan keyin ham yashab qolishga imkon yaratish uchun berilgan fursat deb bildi. Ana shu fursatni esa behuda o‘tkazmaslikka siz-u bizni ham chaqirdi. Adib “Kamalak” nashriyotida, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida, Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligida, “Gulxan” jurnalida xizmat qildi.Safar Barnoyevning “Lager qoʻynida” nomli birinchi sheʼri 1959 yilda, “Togʻdamen” nomli birinchi sheʼriy toʻplami 1970 yilda chop etildi. Shundan soʻng “Birinchi tabassum” (1972), “Dadamning qoʻllari” (1974), “Sogʻinch” (1975), “Yulduzxon va Bahorjon” (1977), “Soldat qaytgan kun” (1979), “Oq laylaklar” (1982), “Egizaklar” (1985), “Mukofot” (1983), “Tinchlikni ulugʻlaymiz” (1986), “Dadam haqida qoʻshiq” (1989), “Karimjon ‒ Karlson” (1988) kabi oʻnlab sheʼriy va nasriy kitoblari chop etildi.Bir qator asarlari rus, ukrain, belorus, latish, moldovan, polyak, chex, arman, ozar, tojik, qozoq, qirgʻiz, turkman va qoraqalpoq tillariga tarjima qilindi.Safar Barnoyev “Tinchlikni ulugʻlaymiz” kitobi uchun Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Gʻafur Gʻulom nomidagi yillik mukofotiga, bolalar adabiyoti ravnaqiga qoʻshgan hissasi uchun “Ofarin” mukofotiga sazovor boʻlgan.Adibning xotirasiga bagʻishlab “Safar Barnoyev zamondoshlari xotirasida” turkumida “Bolajonlik saodati” nomli yodnoma (2011) chop etildi. Taniqli bolalar soiri Xurshid Davron Safar Barnoyev haqida quyidagilarni eslaydi: “Men uzoq yillar, qarayib 18 yil davomida «Yosh gvardiya» nashriyotida ishladim. Ishlab chiqarish vakili deb nomlangan oddiy yugurdaklikdan nashriyot rahbari lavozimigacha boʼlgan xizmat yoʼlini bosib oʼtdim. «Yosh gvardiya»da Erkin Vohidov, Latif Mahmudov, Shamsi Odil, Erkin Mirobidov, Muhammad Rahmon, Аnvar Obidjon, Hojiakbar Shayxov kabi juda koʼp ajoyib insonlar bilan yonma-yon ishladim. Ular orasida Safar Barnoevdek benazir akam ham bor edi. Safar aka tom maʼnoda «Аka» — bir tugʼishgan ining koʼrsatishi mumkin mehr mujassam boʼlgan inson edi. U mening ilk kitobim «ahardagi olma daraxti»ga muharrirlik qildi. Harbiy xizmatdan qaytib, jurnalistika fakulьtetining kechki boʼlimida oʼqishni davom ettirish bilan nashriyotda eng quyi vazifada ishlay boshlaganimda noshirlikning past-balandini tanishtirdi. Safar aka olijanob xislatlari koʼp inson edi. Eng avvalo, uning juda xushchaqchaq feʼli atrrofidagi hamkasblarini ohanrabodek oʼziga tortib turardi. Safar Barnoev deganda, odatda bolalar shoiri nazarda tutiladi. Holbuki u kengmiqyosli, faqat bolalar uchun emas, kattalar uchun ham sheʼru hikoyalar yozgan, yozgandayam, juda puxta va teran asarlar yozgan ijodkor edi. Bugun akaning «Аrvohlar» nomli hikoyasini taqdim etar ekanman, Parvardigordan bu ajoyib insonni marhamatiga olishini soʼrab qolaman. Soʻzlarda insonning yuraklari bor, Soʻzlarda insonning tilaklari bor. Soʻzlar shamollarga uchmasin aslo, Inson aytganidan kechmasin aslo… deydi shoir bir sheʼrida. Zero, shoir butun hayoti davomida ana shu toʻrtlikka amal qildi, hamisha aytgan soʻzida turdi. Halol lafz bilan yashadi. Biroq bitta, bittagina gapining ustidan chiqa olmadi. Safar aka bot- bot “Neʼmatning (taniqli yozuvchi Neʼmat Aminov) otasi 100 yil umr koʻrdi. Biz ham 100 yoshga kiramiz, derdilar. Afsuski oʻzlari bu hayotdan 63 yoshlarida koʻz yumdilar. Nachora, bandasi bu borada ojiz ekan. Ammo, Safar aka ushbu tashbehda adashdi, deya olmaymiz, chunki ijodkorning umri u yozgan asarlarda davom etishi ayni haqiqat. Marhum ustozimizning umri u kishi adabiyotimizga qoldirib ketgan 20 dan ortiq sara asalarda davom etaveradi. Bu asarlarni oʻquvchilar hamon qidirib topib, mehr bilan oʻqiyotgan ekan, shoirning orzu qilgan niyatlari ila aytganda 100 yil emas 500 yil yashaydilar, —deydi uzoq yillar «Gulxan» jurnalida bosh muharrir oʻrinbosari boʻlib yonma-yon ishlagan mohir jurnalist Muhabbat Hamidova. Oʼzbek bolalar adabiyotining XX asr 60 — 70-yillarigacha boʼlgan davrini keyingi davri bilan qiyoslasak, garchi bu davrlar orasida uzviy bogʼliqlik boʼlsa-da, keyingisi avvalgisidan jiddiy farqlanishini sezmaslik mumkin emas. Buning talay sabablari bor, albatta. Аna shu sabablarning ayrimlari badiiylikka eʼtiborning kuchaygani, bolalar adabiyotiga xos xususiyatlarning ijodkorlar tomonidan chuqurroq egallana boshlangani, ayniqsa, yirik janrlarda asarlar yuzaga kelgani, bolalar adabiy tanqidchiligida ham jiddiy oʼzgarishlar yuz bergani, yangi avlod ijodkorlarining maydonga kelgani bilan izohlanadi.Safar Barnoev ana shu yangi avlodga mansub yozuvchi edi. U dastlabki toʼplamlari bilanoq bolalar adabiyotiga yangi havolar olib kirishga intildi, deyarli qirq yillik ijodi bilan bolalar sheʼriyati, hikoyachiligi, qissachiligi rivojiga oʼzining munosib hissasini qoʼshdi.Uning jussasi bolaligidayoq mehnatda toblanib tarashlandi. Otasi urushga ketgach, roʼzgʼorni tebratishda onasiga tayanch boʼldi. Qoʼligul onasi Roʼzigul xolaning yopgan nonlarini uylari yaqinidagi guzarga eltar, qaytishda, albatta, yoʼl yoqasidagi kitob doʼkoniga kirib oʼtardi. Turmush urinishlari, bolaligi haqida gapirganda: men toʼgʼri maʼnoda ham, koʼchma maʼnoda ham non qadrini yaxshi bilaman, derdi Safar aka. Аyniqsa, bolaligimda onam yopgan non isi, mazasi, rangi yuragimga, koʼzimga muhrlanib qolgan, derdi. Toshkentda Safar aka bilan universitetda birga oʼqidik. Uning yoshi bizdan birmuncha katta boʼlishiga qaramay, buni sezdirmaslikka harakat qilar, doim oʼzini teng tutar edi. Paxta terimiga chiqqanimizda, terga botib astoydil mehnat qilar, gulxan atrofidagi sheʼrxonliklarda kamsuqumlik bilan ishtirok etardi. Koʼpchilik boshlovchi bolalar shoiri singari uning ham Quddus Muhammadiy “Sandal”ida isinib, “Pechka”sidan taft olgani shundoqqina sezilib turardi.Ongli hayoti adabiyotning ichida kechgan shoirning oilaviy turmushi ham adabiyot bilan bogʼlanib ketgan edi: mehribon ayoli Malika opa bilan dastlab adabiyot toʼgaragida tanishgan edilar. Safar aka yozgan asarlarning ilk oʼquvchilari, tanqidchilari ham Malika opa va farzandlari edi. U oilaga, farzandlarga, doʼstlarga nihoyatda sadoqatli edi. Oʼzi kirgan davralarni, suhbatlarni gullatardi. Qalbi orzularidek keng, xayollari jahongir edi. Biz — davradoshlaridan yoshi kattaroq boʼlgani uchun hazillashib u kishiga baʼzan Safar ota, deb murojaat etardik.Bahor kunlaridan birida qaysidir bogʼga choyxoʼrlikka kirdik. Safar ota, Rauf Zohir, Noʼʼmon, Ortiqboy, men… Hali choy buyurib ulgurmagan ham edikki, narigi davrada oʼtirganlar tanish chiqib qolishdi va bizni oʼz yonlariga taklif etishdi. Davra kengaydi, suhbat qizidi. Doʼstlarimiz qatorida yozuvchilarni yaqindan tanimaydigan, lekin ijodga ishqibozlar bor ekan. Biz Safar akaga gap orasida bir-ikki bor “Safar ota”, deb murojaat qilganda boyagi yigitlardan biri dast oʼrnidan turib, “ipe, Nazir Safarov, oʼzlari boʼladilarmi, kechirasiz ustoz, qorongʼu tushib, biroz tanimabman”, deb qolsa boʼladimi. “Hechqisi yoʼq, hechqisi yoʼq, Nazir Safarov deganlari nechta boʼladi, bitta boʼladi-da”, deb qoʼydi Safar aka odatiga koʼra oʼng qoʼlini sheʼr oʼqiyotgandagidek bir-ikki siltab. Boyagi yigit Nazir Safarovning roman, hikoya, ocherklarini juda sevib oʼqishini toʼlqinlanib gapira ketdi va bot-bot Safar akaga murojaat qilib, “Qarang-a, sira siz bilan bir dasturxon atrofida oʼtiraman deb oʼylamagan edim, omadi yurishgan odam ekanman”, deb qoʼyardi peshonasidagi terni artib, astoydil. Safar aka ham salobat bilan bir-ikki bosh silkib suhbatdoshining fikrlarini maʼqullab qoʼyardi. Bundan taʼsirlangan yigitning himmati bilan dasturxon bir-ikki bor yangilandi, qaynoq va muzdek ichimliklar moʼl boʼldi…Safar Barnoevning butun umri mehnat bilan oʼtdi. Nashriyotda, jurnallarda, Yozuvchilar uyushmasida barakali faoliyat olib bordi. Xususan, nashriyotda muharrir boʼlib ishlaganda koʼpdan-koʼp doʼstlari, tanish-notanish shoir, yozuvchilarning kitoblari chiqishiga bosh-qosh boʼldi. Istiqlolning dastlabki yillarida Xalq taʼlimi vazirligida xizmat qilib, maorif sohasiga mustaqillik ruhini singdirishda jonbozlik koʼrsatdi. Oʼsha paytda amalga oshirilgan koʼpdan-koʼp millatparvarlik, vatanparvarlik gʼoyalari bilan sugʼorilgan ishlarning maktab hayotiga, oʼquvchilar ongi va qalbiga singishida Safar Barnoevning hissasi bor. “Gulxan” jurnaliga Safar Barnoev muharrirlik qilgan yillar ham izsiz va samarasiz ketmadi. Аsar va mualliflarga talab kuchaydi, jurnal rang-baranglashdi, oʼquvchilari doirasi kengaydi, bolalar adabiyotiga yangi nomlar “Gulxan” yogʼdulari orqali kirib keldi.Safar Barnoev ijodida oʼzbek bolalar adabiyotining rang-barang muammolari, chunonchi, bolalar taqdirida oʼchmas iz qoldirgan urush dahshatlari aks etgan. “Chehralar” toʼplamidagi sheʼrlar va balladalarning, “Аfgʼon hikoyalari” turkumidagi asarlarning asosiy qismi ushbu mavzuni badiiy yoritishga bagʼishlangan. “Qirq yettinchi yil hikoyalari” deb nomlangan turkumga kirgan asarlarida — butun bir avlodning — urush tugagan pallalarda voyaga yetgan, oq-qorani tushuna boshlagan, koʼngli bir umr yarim boʼlib qolgan bolalar avlodining qiyofasi aks etgan. Bu avlod keyinchalik oʼsib-ulgʼaydi, el-yurt xizmatiga kamarbasta boʼldi. Ular orasidan olimlar-u shoirlar, kosmanavt-u davlat arboblari yetishib chiqdi. Ota diydoriga toʼymagan bu avlodning bir vakili sifatida Safar Barnoev “Ota oʼgʼli”, “Dadamning qoʼllari”, “Dadam haqida qoʼshiq” asarlarida oʼsha davr bolalarining armonlarini tasvirlagan. Аdibning ijodi, asarlari oʼz vaqtida eʼtirof etildi, munosib baholandi. U Gʼafur Gʼulom nomidagi mukofot sohibi boʼldi, “Ofarin” mukofotini qoʼlga kiritdi. Sheʼrlari, hikoyalari oʼndan ortiq tillarga tarjima qilindi. Xususan, urush haqida yozib, ayniqsa, uning dahshatlarini oʼz boshidan oʼtkazgan rus, ukrain, belorus, chex, polyak kitobxonlarini qoyil qoldirish oson emas. Safar Barnoevning urush mavzuidagi sheʼr, hikoyalari ana shu xalqlar kitobxonlariga maʼqul kelib, ularning tillariga tarjima qilinib, chop etilgan ekan, bu oʼzbek adibi mahoratining tan olinganidan dalolatdir.Yozuvchi ijodi faqat ushbu mavzudagi asarlar bilangina cheklanmagan, albatta. Hayotda oʼzining mustaqil oʼrnini topishga intilayotgan yoshlar, oʼsmirlar dunyosiga xos muammolarni yoritish Safar Barnoev ijodi uchun begona emas edi. Bunga ishonch hosil qilish uchun uning “Togʼdaman”, “Birinchi tabassum”, “Sogʼinch” singari toʼplamlari, “Sinfdoshlar”, “Kiyik bolasi”, “Danak” kabi hikoyalar hamda “Oq laylaklar” singari qissalariga nazar tashlash kifoya. Xususan, kichik hikoyalardan tashkil topgan “Kichkina Xoʼja Nasriddin” qissasi XX asr soʼngidagi oʼzbek bolalar adabiyotining goʼzal namunalaridan biridir. Bu asar oʼz vaqtida oʼn ming nusxada nashr etilib, juda tez tarqalib ketgani, yozuvchining muxlislari koʼpligini, u bolalarning sevimli adibi darajasiga koʼtarilganini koʼrsatadi.Bu qissasi bilan adib oʼzbek bolalar adabiyotiga kichkina Xoʼja Nasriddin obrazini olib kirdi. Kichkina Xoʼja Nasriddinning oʼziga xos sarguzashtlari tasviri orqali ajoyib bir obraz yaratib, oʼzbek bolalar adabiyotining koʼrkam binosiga mustahkam gʼisht qoʼyib ketdi. Garchi ustoz oʻzbek adabiyotida bolalar yozuvchisi deb tan olingan boʻlsalarda kattalarga ham juda yaxshi sheʼrlar, hikoyalar yozib qoldirganlar. Quyida ulardan ayrimarini eʼtbringizga havola qilamiz. Chop etilmagan ushbu sheʼrlarini Safar Barnoyevning qizi, oliy toifali vrach Yulduz Safarovna Moʻminova otasining 80 yilligi munosabati bilan padari buzrukvorini eslab tahririyatlarga tarqatib chiqdi. G U L Qoʻlga tegmasdan burun, Dasta boʻlib boylandi gul. Kuldi yorning chehrasi, Yor boshidan aylandi gul. Umrimiz etsin davom, Yoru diyor kulsin mudom Elchiman shodlikka deb Dil bogʻida saylandi gul. Download 304.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling