Musoyeva Hilolaning " Safar Barnoyev-bolalar adibi"


Download 304.59 Kb.
bet2/3
Sana04.01.2023
Hajmi304.59 Kb.
#1076656
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
Safar Barnoyev - bolalar adibi

QARIYALARGA QASIDA
Bobomizni agar siylasak,
Momomizni agar siylasak,
Bu qarzimiz bir kun qaytadi
Jonimizni fido aylasak.
Uyimizning toʻri sizniki,
Qalbimizning qoʻri sizniki

Chirogʻimiz nuri siz bilan


Koʻzimizning nuri Sizniki.
Siz borsizki, barakamiz bor,
Toʻyu hasham maʼrakamiz bor.
Qariyasi bor har bir xonadon
Bu dunyoda biling baxtiyor.
Noziklashib borar taʼbingiz
Bajaramiz har talabingiz.
Nevaram deb, nevaralar deb
Urib tursa boʻldi qalbingiz.
BOLАM SENI…
Bolam, seni oyim dedim, yulduzim dedim,
Quyosh bilan chiqib kelgan kunduzim dedim.
Ketar boʼlsam ortda qolar chin soʼzim dedim,
Dedim, dedim, yuragimda zavqim joʼshgan dam.
Endi sen ham oʼzligingni anglagin, bolam!

Mustaqilman degan bir soʼz qalbingda yonsin,


Tomiringda mudrab yotgan qonlar uygʼonsin.
Joʼmardliging olam bilsin, mehringga qonsin,
Chaqin boʼlsang chaqnab turgin, ruh olovlansin,
Endi chaqin koʼzligingni anglatgin, bolam.

Yulduz toʼla osmonlaring boshingda boʼlsin,


Boʼlmagan ish endi sening yoshingda boʼlsin.

Mard boʼl dedim,


Mardona boʼl, boʼl sobit qadam,
Qishmas endi, yozligingni anglatgin, bolam.

Bobolarni yodlash savob, umr oʼtadi,


Izdosh boʼlsang, izlar seni boshlab ketadi.
Murodiga kim yetmaydi, kimlar yetadi,
Аxir sening tarixingni qay zot bitadi.
Boʼz yigit boʼl, boʼzligingni anglatgin, bolam.

Har soniya kimga shodlik,


Kimga gʼam boʼlar.
Kim elim deb yashar ekan, mustahkam boʼlar.
Sadoqat ham,
Sodiqlik ham ushbu dam boʼlar,
Qutlugʼ qadam – izligingni anglatgin, bolam.
OSTONAMIZ – UYIMIZ

Dunyo kezib yursa ham
Bizning orzu-o‘yimiz —
Olam ichra bir olam
Ostonamiz — uyimiz.
Doim aziz tutganlar
Unda har bir g‘ishtimiz.
Oilam deb o‘tganlar
Bizning yetti pushtimiz.
Har eshigi, romiga
Quyosh nuri boylangan,
Uyimizning tomiga
Tariximiz joylangan.
Eng muqaddas joyimiz —
Ostonamiz — uyimiz.
Uyimizdan ko‘rinar
Bizning qaddi-bo‘yimiz!



Download 304.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling