Mustabid tuzumdan qolgan iqtisodiy meros


Download 41.5 Kb.
bet12/13
Sana27.01.2023
Hajmi41.5 Kb.
#1132511
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Ta’lim ravnaqi. Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi yutuqlarimiz ta’lim tizimidagi tub o’zgarishlarda yaqqol namayon bo’lmoqda. Xalq ta’limini isloh qilish, kadrlar tayyorlash tizimini mustahkamlash sohasida muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi. Yangi oliy o’quv yurtlari tashkil etilib bilimlarning yangi tarmoqlari bo’yicha kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi Oliy ta’lim tizimidagi 16 universitetning 12 tasi mustaqillik yillarida tashkil etildi. Mustaqillik yillarida eng zarur zamonaviy mutaxassisliklar bo’yicha o’nlab yangi oliy o’quv yurtlari – Mudofaa vazirligi qoshida Harbiy akademiya, Ichki ishlar vazirligi qoshida Ichki ishlar akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent aviatsiya instituti, Navoiy tog’-konchilik instituti, Toshkent Moliya instituti va boshqalar tashkil etildi.
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan ta’limni tubdan isloh qilish yo’llari ishlab chiqildi. 1997-yil 27-avgustda Oliy Majlisning IX sessiyasida
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida» Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Milliy dasturning maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdan iboratdir.
Milliy dastur ro’yobga chiqmoqda. Yoshlar umumiy o’rta ta’limni 9-yillik maktablarda oladilar, yana uch yil davomida yangidan tashkil etilgan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o’rta maxsus bilim va kasb-hunar o’rganadilar.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bajarish umumxalq, umummillat ishiga aylandi. 2001-yilda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishning birinchi bosqichi yakunlandi.
2001-yilda Respublikamizda 6742 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida 608500 nafar o’g’il-qizlar tarbiyalandi. Ularda 65862 nafar pedagog, tarbiyachi va boshqa xodimlar xizmat qildi. 9727 ta umumta’lim maktablarida 440762 nafar o’qituvchi 6,3 mln. o’quvchiga ta’lim bermoqda. Umumiy o’rta ta’lim bo’yicha barcha o’quv fanlaridan Davlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi va ular 346 ta maktabda tajribadan o’tkazildi, ta’lim jarayoniga joriy etildi. Davlat ta’lim standartlariga mos o’quv dasturlari va darsliklari yaratildi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini eng muhim, O’zbekistonga xos xususiyati yangi turdagi 3-yillik o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini yaratishdir. 19982004-yillar davomida zamonaviy o’quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan 54 ta akademik litsey va 533 ta kasb-hunar kolleji barpo etildi. Bu maqsadlar uchun 135 mlrd. so’m mablag’ sarflandi. O’rta maxsus o’quv yurtlariga zarur bo’lgan jihozlar sotib olish uchun jalb qilingan chet el investitsiyalarining miqdori 150 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari ishlab chiqildi, amaliyotga kiritildi va darsliklar yaratildi. 2003-2004 o’quv yilida akademik litseylarda 26,2 ming, kasb-hunar kollejlarida 531,6 ming o’quvchi ta’lim oldi.
Oliy ta’lim tizimida katta o’zgarishlar qilindi. Oliy ta’lim ikki bosqichdan – bakalavriat va magistraturadan iborat etib qayta tashkil etildi. 62 ta oliy o’quv yurtlarida ta’lim olayotgan bo’lajak bakalavr va magistrantlar soni 2003-2004 o’quv yilida 254400 nafarni tashkil etdi. 18486 nafar professor-o’qituvchilar mehnat qilmoqdalar, ularning 1462 nafari fan doktori, 7201 nafari fan nomzodidir. O’tgan 4-yil davomida barcha yo’nalishlar bo’yicha bakalavr va magistrlar uchun qo’yiladigan talablarni o’zida mujassamlashtirgan Davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari yaratildi. Oliy ta’lim uchun 1129 nomdagi darslik va o’quv adabiyotlari nashr etildi va Oliy o’quv yurtlari kutubxonlariga tarqatildi.
Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga ko’maklashish, qo’llabquvvatlash bo’yicha davlat siyosati sobit qadamlik bilan olib borilmoqda. Iste’dodli yoshlarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish, chet elda o’qishini qo’llab-quvvatlash maqsadida “Respublika bolalar fondi”, “Sog’lom avlod uchun”, “Iste’dod” jamg’armalari tashkil topdi. Ta’lim sohasida AKSELS, AYREKS, AQSh kollejlari konsortsiumi, SARE, Tinchlik korpusi (AQSh), Konrad Adenauer fondi, Britaniya kengashi, SAUD Al-Baptin fondi (Misr) kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik yo’lga qo’yildi. 2000 dan ortiq talaba va mutaxassislar chet elda o’qib keldi.
O’zbekiston ta’lim tizimi dunyo miqyosida kaeta qiziqish uyg’otmoqda. Moskvadagi Oliy ta’lim Xalqaro Fanlar akademiyasi prezidenti V.Shukshunov O’zbekistonda ishlab chiqilgan bu Milliy dasturni mazmun-mohiyati jihatidan tengi yo’q hujjat, deb ta’rifladi. O’zbekistonda yaratilayotgan ta’lim tizimi «Ta’limning o’zbek modeli» deb e’tirof etildi.

Download 41.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling