Mustahkam oila — jamiyat tayanchi
kollej direktori Fayzulla Ag‘zamov
Download 89 Kb.
|
1 2
Bog'liqMustahkam-oila
kollej direktori Fayzulla Ag‘zamov. — Ularga faqat bilim berish bilan chegaralanib qolmasdan, oila qurishga ham tayyorlab bormog‘imiz lozim. To‘g‘ri, har bir o‘quvchi o‘z oilasida tarbiya topadi, lekin biz pedagoglar o‘smirlarning bilim dargohimizda bo‘lgan vaqtlaridan foydalanib, ularga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsata bilishimiz kerak, shunday emasmi?
— Fikringizga qo‘shilaman. "Yosh oila quruvchilar maktabi"ni shu maqsadda tashkil etganmiz. Bu maktabda qizlarga alohida, o‘g‘il bolalarga alohida tushuntirishlar olib borilapti. Yigitlarimizning jismonan sog‘lom o‘sishlariga erishish maqsadida "JAR" sport majmuasida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda ishtirok etishlarini ta'minlayapmiz. Yoshlar ongida o‘zaro hurmat, mehr-oqibat tuyg‘ularini shakllantirishga harakat qilapmiz. "Orasta qizlar" to‘garagida esa qizlarimizni poklik, saranjom-sarishtalikka o‘rgatapmiz. Lekin bu ishlarimiz yetarli emas. Bundan buyon to‘garaklar ishini yanada jonlantirish, mashg‘ulotlarga ko‘pni ko‘rgan onaxonlarimizni taklif etishni rejalashtirganmiz. — Agar biz yoshlarimizning mustahkam oila qurishlarini maqsad qilgan ekanmiz, har bir o‘quvchi bilan alohida shug‘ullanmog‘imiz lozim. Bolaning yomoni bo‘lmaydi. Tarbiyasida kamchiligi bo‘lsa, unga mehr bilan yondashmoq kerak. Biz o‘quvchilarga yaxshi bilim berib, ularni yetuk mutaxassis qilib tayyorlay olsak, bo‘lg‘usi oilalar mustahkamligiga hissa qo‘sha olgan bo‘lamiz. Negaki, bilimli, saviyali, ishiga fidoyi insonning oilasi iqtisodiy tomondan mustahkam bo‘ladi. Hamma narsa yetarli oilada tinchlik tantana qiladi. : — Biz o‘quvchilar tarbiyasi bilan shug‘ullanish jarayonida otasiz yoki onasiz voyaga yetayotgan o‘quvchilarga alohida e'tibor berishimiz kerak. Bunday bolalarga ko‘proq mehr ko‘rsatsak, xatolarini yotig‘i bilan tushuntirib, to‘g‘ri yo‘lga solsak, ishonamanki, bunday boladan kelajakda yaxshi oila sohibi yoki sohibasi yetishib chiqadi. — Har bir bolaning ongi shuuri oilada shakllanadi. Oila mustahkam bo‘lmas ekan, unda voyaga yetayotgan farzandlar biz pedagoglar tarbiyasiga ko‘proq muhtoj bo‘ladilar. Kollejimizda o‘qiyotgan tarbiyasi sust bolalar bilan alohida shug‘ullanapmiz. Kerak bo‘lsa, oilasiga borib ota-onasi bilan gaplashapmiz. Harqalay natijasi bo‘lapti. Biz o‘quvchilar ma'naviyatini yuksaltirish borasida yanada ko‘proq ish olib borishni rejalashtirdik. Zero, ma'naviyati yuqori inson oilasiga e'tiborli, farzandlariga mehrli bo‘ladi. Bu isbot talab etilmaydigan haqiqat.:— Biz darslarimizda oilada ota-onaning o‘rni, farzandning ota-ona oldidagi, jamiyat oldidagi burchi haqida ko‘proq tushuncha berishga, qizlarni bekalikka tayyorlashga e'tibor qaratapmiz. Kafedramiz o‘qituvchilarining ko‘pchiligi yosh oilalarning bekalari. Kollejimiz rahbariyati ularning unumli mehnat qilishlari bilan birga, oilalariga ham yetarli e'tibor qaratishlari uchun barcha sharoitni yaratib bermoqda. Yaxshisi, bu haqda ularning o‘zlari gapirishsin. — Darhaqiqat, biz yosh mutaxassislar uchun bilim dargohimizda hamma imkoniyat bor. Ustozlarimiz bilmaganlarimizni o‘rgatish bilan birga oilaviy masalalarni hal qilishda ham yaqin maslahatchi. Buning uchun rahbarlarimizdan minnatdormiz. Bolalar tarbiyasiga kelsak, biz o‘qituvchilar ularning internetdan foydalanishi masalasiga jiddiy qarashimiz, tushuntirish ishlarini kuchaytirmog‘imiz lozim. Toki, o‘quvchilarimiz internetdan me'yorida foydalanishsin va o‘zlari uchun foydasi tegadigan ma'lumotlarnigina o‘qishsin. — Insoniyat yaratilibdiki, eng og‘ir vazifalar erkaklar zimmasiga yuklatilib kelingan. Shu jumladan, oila mas'uliyati ham. Oilani yaxshi boshqarish yigitdan mehnatsevarlikni, fidoyilikni, aql va farosatni, oqibatni talab etadi. Shu bilan birgalikda, u jismonan sog‘lom ham bo‘lmog‘i lozim. Ana shu fazilatlarni o‘zida mujassam qila olgan yigitga Vatan himoyasini bemalol ishonish mumkin. Kafedramiz ofitserlari yigitlarimizni ana shu ruhda kamol toptirish uchun harakat qilmoqdalar. Shu maqsadda o‘quvchilarni dunyo yangiliklaridan o‘z vaqtida xabardor qilib borapmiz. Va yurt qadriga yetishga o‘rgatapmiz. Spirtli ichimliklar ichish, chekish kabi zararli odatlarga qarshi kurashapmiz. Mana bugun kollejimiz yigitlari "Shunqorlar" sport musobaqasida Shayxontohur tumanida birinchilikni egalladi. Endi shahar miqyosidagi musobaqalarda g‘olib chiqish uchun harakat qilamiz. Maqsadimiz bo‘lajak Vatan posponlarini Vatanga, ota-bobolarimiz jasoratiga sodiq insonlar qilib tarbiyalash: — Darhaqiqat, jo‘mardlik, Vatani va oilasi uchun qayg‘urish mardning ishi. Biz yoshlarimiz ongiga bu tuyg‘ularni juda yosh paytidan singdirishimiz, bilim dargohlarida esa buni kuchaytirmog‘imiz lozim. Men har bir darsimda ana shu mavzuni tilga olib o‘taman va boshqa pedagoglarga ham tarbiyaning shu jihatlariga e'tiborliroq bo‘lishni tavsiya qilaman. — Bugun biz pedagoglarning unumli mehnat qilishimiz, yosh avlodni jismonan va ma'nan barkamol qilib tarbiyalashimiz uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Shunday ekan, biz ham bor kuch va bilimlarimizni ishga solib, yoshlarni vatanparvar va oilaparvar qilib tarbiyalaylik. Bu yo‘lda yosh o‘qituvchilar tajribali ustozlardan ish o‘rganishsin. O‘quvchilar tarbiyasi bilan jiddiy shug‘ullanib, yordamga muhtojlaridan o‘z ko‘magimizni, mehrimizni darig‘ tutmaylik. Aloqa korxona va tashkilotlarida o‘z o‘rnimiz borligini unutmagan holda ularga yetuk va malakali mutaxassislar tayyorlab beraylik. Shundagina biz zimmamizga yuklatilgan vazifani bajargan bo‘lamiz. Download 89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling