Mustahkamlash


Suyuqlik yoki gazlarning qatlam-qatlam bo‘lib


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana11.03.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1260312
1   2   3   4
Bog'liq
10-sinf mavzu Suyuqlik va gazlar oqimi

Suyuqlik yoki gazlarning qatlam-qatlam bo‘lib
oqishi laminar oqim deyiladi.
1-rasm


LAMINAR OQIM HAQIDA TUSHUNCHA
Laminar (lot. lamina – plastinka, qatlam) oqimda suyuqlik yoki gaz zarralari
bir-birining yo‘llarini kesmasdan to‘g‘ri yo‘nalishda oqadi. Shu sababli
suyuqlik yoki gaz qatlamlari boshqa qatlamlar- ning harakatiga ta’sir qilmaydi
(1-rasm). Suyuqlik yoki gaz biror nayda oqqanda suyuqlik yoki gazning nay
devorlariga ishqalanishi tufayli qatlamlarning siljishi nayning o‘rta qismida
tezroq, chetki qismlarida esa sekinroq bo‘ladi. Bu holat laminar oqim
qatlamalari bir-biridan alohida ko‘rinishda oqishiga olib keladi. Laminar
oqimga tomirimizdagi qon oqimini, suvning daraxt tanasidagi kapillyar nay-
lar bo‘ylab ko‘tarilishini, sekin esayotgan shamolni va shunga o‘x- shash
hodisalarni misol qilib keltirish mumkin.


Suyuqlik yoki gaz tez oqqanda uning qismlari alohida qatlam
ko‘rinishida bo‘lmasdan, girdob, ya’ni uyurma ko‘rinishidagi
harakatlarni hosil qiladi.
Suyuqlik yoki gazlarning uyurma, girdob hosil qilib
oqishi turbulent oqim deyiladi
.
TURBULENT OQIM HAQIDA TUSHUNCHA
2-rasm


Turbulent (lot. turbulentus – jo‘shqin, tartibsiz) oqimda
suyuqlik yoki gaz zarralari har xil yo‘nalish bo‘ylab tartibsiz
harakat qiladi. Shu sababli suyuqlik yoki gaz alohida
qatlamlari ta’sirlashib o‘zaro aralashib ketadi (2-rasm).
Turbulent oqimni dengiz, daryo va okeanlardagi tornadolarda, 
qumli sahrolardagi qum bo‘ronlarida, girdoblarda, 
atmosferadagi issiq va sovuq havo oqimlari almashinishi
natijasida yuzaga kelgan uyurmali shamollarda va shunga
o‘xshash hodisalarda kuzatishimiz mumkin.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling