Mustahkamlik nazariyasi haqida umumiy tushunchalar


Download 163.5 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi163.5 Kb.
#1489634
  1   2   3
Bog'liq
Mustahkamlik nazariyasi haqida umumiy tushunchalar




Mustahkamlik nazariyasi haqida umumiy tushunchalar
REJA:
1.Mustahkamlik nazariyasi xaqida umumiy tushunchalar.
2.Birinchi, ikkinchi va uchinchi klassik mustahkamlik nazariyalari.
3.Mustahkamlikning energetik nazariyasi.

Turli konstrukstiya va mashinalarni mustahkamligini baxolashda ularning ko’p elementlari va detallari murakkab kuchlanish xolatida ishlashini hisobga olinadi. Jismning istalgan nuqtasining kuchlanish xolatini chiziqli kuchlanishlarda bitta, tekis kuchlanishlarda ikkita, xajmiy kuchlanishlarda uchta bosh kuchlanishlar orqali hisoblash mumkin. Ta’sir etuvchi yuk ortishi bilan bosh kuchlanishlar qiymati ortib boradi. Ularning qiymati ma’lum miqdorga etganda tekshirilayotgan nuqtada materialning chegaraviy kuchlanish xolati xosil bo’ladi. Bu xolat materiallar uchun xavfli xolat bo’lib hisoblanadi. Biror kuchlanish xolati qanchalik xavfli ekanligiga baxo berish uchun tajriba yo’li bilan chegaraviy kuchlanish xolati paydo bo’ladigan bosh kuchlanishlar qiymatini aniqlash zarur.




1 -shakl
Faqat bir o’qli cho’zilish va siqilishdagina bunday masalani xal qilish mumkin bo’ladi. Bunda bosh kuchlanishlarni birdan-bir chegaraviy qiymatini tajriba yo’li bilan aniqlash mumkin. U plastik materiallar uchun oquvchanlik chegarasidagi kuchlanishga, mo’rt materiallar uchun mustahkamlik chegarasidagi kuchlanishga teng qilib olinadi.
Bir o’qli cho’zilish va siqilish, ya’ni chiziqli kuchlanish xolatida o’tkazilgan ko’p tajribalarning to’plangan natijalari turli materiallar uchun chegaraviy kuchlanishlar xolatini etarli darajadagi aniqlik bilan belgilash imkonini beradi. Tekis va xajmiy kuchlanish xolatlarida chegaraviy kuchlanish xolatlarini aniqlash murakkab masalalardan hisoblanadi. Chunki deformastiyaning o’sishi va materialning emirilishi ikkita yoki uchta bosh kuchlanishlarning ta’siridan ro’y beradi. Amalda uchraydigan bosh kuchlanishlar sonining nisbati xamda ishoralari cheklanmagan darajada xilma-xil bo’ladi. Shuning uchun chegaraviy kuchlanish xolatini aniqlashda o’tkazilgan tajribalar soni ko’p bo’ladi, bunday tajribalarni o’tkazish juda qiyin bo’lib, amalda mumkin emas.

Ushbu masalani echishda "mustahkamlik nazariyalari" deb ataladigan nazariyadan foydalaniladi. Bu nazariyalarni barchasi quyidagi shartga asoslanadi: ikkita kuchlanish xolatiga tegishli bosh kuchlanishlar proporstional ravishda bir xil miqdorga oshirilganda ikkalasi bir vaqtda chegaraviy kuchlanish xolatiga o’tsa, bunday kuchlanish xolatlarini teng kuchlanishli va teng xavfli hisoblanadi.




2 - shakl





Download 163.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling