Мустақил иш қуйидаги кетма кетликда амалга оширилади


Download 21.76 Kb.
Sana01.04.2023
Hajmi21.76 Kb.
#1317481
Bog'liq
Berdinazarov Inom. (2)


Мустақил иш қуйидаги кетма кетликда амалга оширилади:
1. Корхона фаолият йўналишини, ташкилий асосини ва унинг мулкчилик шаклини ўрганинг
2. Корхона бошқарув тизимини таҳлил қилинг.
3. Бошқарув тизимини ишлаб чиқаришнинг самарадорлигига эришиш ва корхонаниннг иқтисодий барқарорлигига йўналтириш йўлларини кўрсатиб беринг.
4. Корхона хўжалик тизимининг самарадорлигини баҳоланг.
5. Корхонада ишлаб чиқаришни режалаштириш ва тартибга солиш тизимини таҳлил қилинг.
6. Корхонанинг молиявий ҳолатини таҳлил қилинг ва хулоса чиқаринг.
7. Корхонанинг молиявий режалаштириш жараёнини фаолият самарадорлигига таъсирини таҳлил қилинг.
8. Корхонанинг маҳсулот ишлаб чиқариш ёки хизмат кўрсатиш рентабеллигини баҳоланг
9. Корхоналаминг молиявий-иқтисодий аҳволи мониторинги ва таҳлилини ўтказиш мезонларини аниқлаш тартиби тўғрисида»ги Низомга мувофиқ корхонанинг молиявий барқарорлигини қайси оралиққа тушишини кўрсатиб беринг.
10.Корхона фаолиятини стратегик ривожланиш жараёнидаги мавжуд муаммо ва камчиликларни асослаб беринг.

1. “Ushbu ko’mir konining qurilishi 1943 yilda boshlangan. «Sariosiyo» temir yo’li bekatidan «Toqchiyon» (hozirgi Sharg’un shahri) 12 kilometr uzunlikdagi temir yo’l shaxobchasi qurildi, ko’mir tashish uchun 18 kilometr uzunlikdagi osma-yuk kanat yo’li, xodimlarni va tovar moddiy boyliklarini tashish uchun 20 kilometr masofaga avtoyo’l qurildi.


1958 yili Sharg’unko’mir koni ishga tushirilib, yiliga loyiha quvvati 400 ming tonnaga mo’ljallangan.
Shaxtaning qurilishida A.Eshqulov, H.Tursunov, P.Xursanovlar jonbozlik ko’rsatdilar. Ularning Boysundagi ko’mir konidan qo’lda ko’mir qazib chiqarib, otalari va bobolarining izlaridan borishdi.
Ular Hukumatimizning orden va medallari bilan taqdirlanib, proxodkachilar brigadasi boshlig’i Parda Xursanov «Hurmatli shaxtyor» unvoniga ega bo’ldi va uning uch ug’li shaxtyorlar sulolasining davomchisi bo’lishdi.
Shaxtani ekspluatatsiyaga 1958 yilda topshirgandan so’ng «Sharg’unko’mir» shaxta boshqarmasi tashkil topib, boshqarmaga har xil yillarda V.I.Tanishev, A.U.Usmanov, E.Yu.Yusupov, G.M.Ibragimov, A.I.Buravlev, N.K.Kurbaniyazov, M.K.Galimov, H.P.Hursanov, U.A.Rashidov, K.L.Xonov, Ch.T.Ochildiyev, K.S.Zokirov, N.A.Djurakulov, S.X.Kucharovlar rahbarlik qildilar.
Oltmishinchi yillarning boshida Sharg’unko’mirning 95 % mayda fraksiyali (13 mm) ekanligi ko’mir mahsulotining sotilishini qiyinlashtirdi.
Yosh tashkilotni ishlatish maqsadida tashkilotda briket fabrikasi qurilib, 1965 yili ishga tushirildi va briketlangan (qadoqlangan) ko’mir sotila boshlandi.
Osma kanat yo’li 1960 yilda qurilib, ko’mir transportirovkasi masalasi to’la-to’kis hal bo’ldi, 1978 yilda ushbu yo’l kapital ta’mirlanib, qayta ishga tushirildi.
Shaxtaning bugungi kungacha bo’lgan tarixida eng yuqori ko’mir qazib olish ko’rsatgichi 1990 yilda erishilgan bo’lib, u 220 ming tonnani tashkil etgan.
Zaboylardan qazib olingan ko’mir skrepkali konveyerlar orqali vagonetkalarga ortilib, elektrovozlar yordamida tashqaridagi ko’mir omboriga chiqarib tashlanadi. Ko’mir omboridan ko’mir bunkerlarga ortilib, undan osma-kanat yo’lidagi vagonetkalarga ortilib, 18 kmlik masofaga briket fabrikasiga olib kelinib, temir yo’l vagonlariga yuklanib, mijozlarga jo’natiladi.
«Aksioner jamiyatlari va aksionerlar haq-huquqini himoyalash to’g’risidagi» O’zbekiston Respublikasining 06.05.2014 yildagi 370-?aroriga OAJ «Sharg’unko’mir» aksiyadorlar yig’ilishining 21.06.2014 yildagi yig’ilishi bayonnomasi, 11.09.2014 yildagi 187-buyruqqa asosan «Sharg’unko’mir» ochiq aksiyadorlik jamiyati 11.09.2014 yildan e’tiboran «Sharg’unko’mir» aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilgan.
«Sharg’unko’mir» AJ asosan SSSSH markali toshko’mir qazib chiqaradi, fraksiyasi 13 mm, kaloriyasi 8100 kkal/kg. Yillik quvvati – 100 ming tonna, aniqlangan ko’mir zahirasi – 35,6 mln.tonnani tashkil etadi.

Loyihani amalga oshirish muddati 2018-2021 yillar.


Kutilayotgan natijalar:
1. 2022 yildan boshlab, yillik toshko’mir qazib olish va sotish 900 ming tonnaga yetkaziladi.
2. Qo’shimcha 450-500 dan ortiq ish joylari yaratiladi.
3. Ko’mir mahsuloti «O’zbekenergo» DAK ning Yangi-Angren va Angren issiqlik elektrostansiyalari, «O’zqurilishmateriallari» AK ga qarashli sement zavodlariga, «Qishloq qurilish invest» korxonalari va boshqa iste’molchilarga yetkazib beriladi. Bundan tashqari bir qancha chet davlatlarga ham eksport qilinishi kutilmoqda.
«Sharg’unko’mir» AJ da aksiyalar taqsimoti quyidagicha:
“Sharg‘unko‘mir” AJda aktsiyalar taqsimoti quyidagicha:
1) 99,857940 % (foiz) – 7 019 434 dona nominal qiymati 1 000 (bir ming) so‘m bo‘lgan oddiy aktsiya “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning ulushi hisoblanadi.
2) 0,016374 % (foiz) – 1 151 dona nominal qiymati 1 000 (bir ming) so‘m bo‘lgan oddiy aktsiya Sariosiyo tuman “Bozor – M” QK-ning ulushi hisoblanadi.
3) 0,125673 % (foiz) – 8 835 dona nominal qiymati 1 000 (bir ming) so‘m bo‘lgan oddiy aktsiya “Sharg‘unko‘mir” aktsiyadorlik jamiyatining 222 tadan iborat bo‘lgan ishchi va xodimlarining ulushi hisoblanadi.
Jami aksiyalar soni – 7 029 420 dona
O’zbekiston Respublikasi hududida ko’mir qazib olish quyidagi korxonalar tomonidan amalga oshiriladi:
O‘zbekko‘mir” aksiyadorlik jamiyati (“O‘zbekko‘mir” AJ) – “Angren” va “Apartak” konlaridan ochiq usulda, “Yerosti ishlari” filialida shaxta usulida qo‘ng‘ir ko‘mir qazib oladi.
Sharg‘unko‘mir” aksiyadorlik jamiyati (“Sharg‘unko‘mir” AJ) – Sharg‘un va Boysun toshko‘mir konlari: qazib olingan ko‘mirni qisman toshko‘mirga qayta ishlash orqali yerosti usulida qazib oladi.
Yerostigaz” aksiyadorlik jamiyati (“Erostigaz” AJ) – Angren ko‘mir havzasidan yoqilg‘ini yerosti gazga aylantirish usulida qazib oladi.
«O’zbekko’mir» AJ tarkibi quyidagi filiallardan iborat:
Download 21.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling