Мустақиллик меъмори ҳАҚида


Davlat dasturining yuqorida qayd etilgan barcha chora-tadbirlarini amalga oshirishga 37,7 trillion so’m va 8,3 milliard AQSH dollari yo’naltiriladi


Download 1.44 Mb.
bet2/4
Sana04.02.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1158286
1   2   3   4
Bog'liq
Ijtimoiy islohotlar

Davlat dasturining yuqorida qayd etilgan barcha chora-tadbirlarini amalga oshirishga 37,7 trillion so’m va 8,3 milliard AQSH dollari yo’naltiriladi. 
Kelgusi besh yilda mamlakatni rivojlantirishning strategik va ustuvor yo’nalishlarini belgilash maqsadida Farmon asosida, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligida Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo’yicha Milliy komissiya tuzilmoqda. 
Davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar to’liq, o’z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilish Harakatlar strategiyasi beshta yo’nalishining har biri bo’yicha tuzilgan komissiyalar zimmasiga yuklatilgan. 
Ushbu komissiyalar zimmasiga nafaqat yuqorida qayd etilgan vazifalarni amalga oshirish, balki 2018-2021 yillarga mo’ljallangan Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo’yicha tegishli yillik davlat dasturlari loyihalarini tayyorlash ham yuklatilmoqda. 
Harakatlar strategiyasining amalga oshirilishi O’zbekiston Respublikasining mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, qonun ustuvorligini, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlat chegaralarining daxlsizligini, jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash yo’lidagi shaxdam harakatlariga yangi kuch bag’ishlaydi.

IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari

4.3. Arzon uy-joylar qurish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish: aholining, eng avvalo, yosh oilalar, eskirgan uylarda yashovchilar va fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boshqa toifalarining yashash shart-sharoitlarini imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish hamda shaharlar va qishloq joylarida arzon uylarni qurish orqali yanada yaxshilash; kommunal-maishiy xizmatlar bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish, eng avvalo, yangi suv o‘tkazish tarmoqlarini qurish, zamonaviy tejamkor va samarali texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali qishloq joylarida aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishini tubdan yaxshilash; odamlar yashashining ekologik xavfsizligini ta’minlash, maishiy chiqindilarni qayta ishlash komplekslarini qurish va modernizatsiya qilish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, aholini chiqindi yo‘q qilishning zamonaviy ob’ektlari bilan ta’minlash; aholiga transport xizmati ko‘rsatishni tubdan yaxshilash, yo‘lovchi tashish xavfsizligini oshirish va atmosferaga zararli ifloslantiruvchi moddalarni qisqartirish, yangi har tomonlama qulay avtobuslarni sotib olish, avtovokzal va avtostansiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilish; yo‘l infrastrukturasi qurilishi va rekonstruksiya qilinishini jadal davom ettirish, eng avvalo, mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish, xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, aholi punkti ko‘chalarini kapital va joriy ta’mirlash;


Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling