Mustakillik sharofati ila Uzbekiston ma‘naviy xayoti, madaniy tarakkiyoti uchun yangi davr boshlandi. Istiklol tufayli xalkimiz ma‘naviyat zugumlaridan ozod buldi, erkin fikrga milliy, tiklanishga keng yul ochildi
Download 21.63 Kb.
|
Oxirgi Mavzu
Mustakillik sharofati ila Uzbekiston ma‘naviy xayoti, madaniy tarakkiyoti uchun yangi davr boshlandi. Istiklol tufayli xalkimiz ma‘naviyat zugumlaridan ozod buldi, erkin fikrga milliy, tiklanishga keng yul ochildi. Ma‘naviy xayotdagi tub sifat uzgarishlar xalkimiz ma‘naviy saloxiyatini mamlakatimizning ertangi porlok istikboli uchun, milliy uzligimiz va kadriyatlarimizning tiklanishi uchun va kolaversa milliy ongi va gururi, uygok vatanparvar insonni tarbiyalash uchun karatilgan. Prezidentimiz Karimov I.A. ta‘kidlaganidek: “Davlatimizning kanchalik tez ulgayishi, kuch-kuvvat ado etishi, dunyo xamjamiyatida uziga munosib urin egallashi, avvalombor, xalkimiz ma‘naviy saviyasi, gururi va faxri nechoglik yuksak bulishiga boglikdir. Ana shuni inobatga olgan xolda yangi jamiyat barpo etmokchi bulib, eng asosiy yunalishlardan biri sifatida xalkimiz tarixini, ma‘naviy kadriyatlarimizni tiklash vazifasini kuydik”. Darxakikat, mustakilligimizni dastlabki kunlaridanok xalkimizning kup asrlar mobaynida yaratgan goyat ulkan bebaxo ma‘naviy va madaniy merosini tiklash davlat siyosati darajasiga kutarilgan nixoyatda muxim vazifa sifatida karalib, keng kulamli jiddiy tadbirlar amalga oshirilmokda. Bu boradagi tarixiy ishlarning amalga oshirilishi yangi jamiyatimiz ma‘naviyati binosining kad rostlashiga muxim omil bulmokda. Natijada respublikamizda ma‘naviyat soxasining yangi tizimi vujdga kela boshladi. “Ma‘naviyat va ma‘rifat” jamoatchilik markazi, “Ta‘lim markazi”, “Uzbekkino”, “Uzbeknavo”, “Uzbekraks”, “Uzbekteatr”, “Uzbekmuzei”, Badiiy akademiya, Uzbek amaliy san‘at markazi, Milliy madaniy markazlar, Urta Osiyo madaniyat xodimlari assotsiatsiyasi kabi madaniy-ma‘rifiy tashkilotlar va kuplab jamgarmalarning tuzilishi respublika ma‘naviyati asosiy soxalarining tarkib topishi va rivojlanishiga zamin buldi. Mustakillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va urganish masalalariga aloxida e‘tibor berilmokda. Sovet davridagi sinfiylik yondashuv va xukmron kommunistik mafkura tayziki ostida takiklangan tarixiy mavzulardagi asarlar chop etilib, xalkimiz tarixini xolislik, xakkoniylik asosida tiklash va chukur, xar tomonlama tadkik kilishga kirishildi. Bu borada uzbek xalki va uzbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshka saxifalarini xolisona ilmiy asosda yoritish vazifalarini Prezident I.A. Karimov bir gurux tarixchilar bilan 1998 yil iyun oyida bulgan suxbati va Vazirlar Maxkamasining “Uzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish tugrisida”gi karorida belgilanishi aloxida axamiyat kasb etdi. Mustakillikning dastlabki kunlaridanok dunyo tarakkiyotiga, jaxon tsivilizatsiyasiga katta xissa kushgan ajdodlarimiz - buyuk mutafakkirlar, davlat arboblari ma‘naviy merosini va xayotini urganish avj oldi. Jumladan, Imom Buxoriy, At-Termiziy, Axmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Baxovuddin Nakshband, Burxonuddin Rabguziy kabilarning asarlari chop etilishi milliy kadriyatlarimizni tiklashda katta yutuk buldi. Vatanimiz ozodligi yulida shaxid ketgan Abdulla Kodiriy, Chulpon, Fitrat, Bexbudiy, Usmon Nosir va boshka allomalarimizning xurmati uz joyiga kuyildi va ma‘naviy meroslari xalkimizga kaytarildi. Buyuk ajdodlarimiz tavalludlarining yirik sanalarini nishonlash xam xalkimizning ulugvor an‘analariga aylanmokda. Jumladan, istiklol yillarida Alisher Navoiy (1991), Zaxiriddin Bobur (1993), Baxovuddin Nakshband (1993), Abduxolik Gijduvoniy (1993), Feruz (1995) kabi buyuk ajdodlarimizning tavallud kunlari, shuningdek, Mirzo Ulugbekning 600 yillik (1994), Najmiddin Kubroning 850 yillik (1995), Amir Temurning 660 yillik (1996), Imom Buxoriyning 1225 yillik (1998) va Axmad Fargoniyning 1200 yillik (1998) yubileylariga boglik tadbirlar nafakat ulkamizda, balki YuNYeSKO orkali xalkaro doiralarda nishonlanishi vatandoshlarimizda milliy faxr tuygularini yuksaltirdi. Chulpon, Fitrat, Bexbudiy, Fayzulla Xujaev, Jaloliddin Manguberdi va boshka arboblarning yubileylarini utkazish yuzasidan kurilgan chora tadbirlar xam ma‘naviy xayotdagi muxim kadamlar buldi. Yosh avlodni ma‘naviy barkamollik ruxida tarbiyalashda “Alpomish” dostoni yaratilganligining 1000 yilligini nishonlash (1999) xam uz xissasini kushdi. Respublika raxbariyati, eng avvalo xalkimizning extiyoji, orzu istaklarini xisobga olib, azaliy milliy bayramlarni tiklashga yangi istiklol bayramlarini xalkning kadimiy an‘analariga monand xolda shakllantirishga katta e‘tibor berdi. Masalan, Prezident farmonlari asosida “Navruz”, “Ramazon xayit”, “Kurbon xayit”lar konuniy nishonlana boshlandi. Undan tashkari, istiklol sharofati bilan “Mustakillik kuni”, “Konstitutsiya kuni” va “Murabbiylar kuni” bayramlari joriy etildi. Davlat tili xakidagi konun chikkan kun - 21 oktyabr tabiiy raviishda “Til bayrami”ga aylandi. Tilimizga Davlat makomining amalda kaytarilishi, uzbek tilida rasmiy idoraviy ish yuritish, boy adabiy-tarixiy merosimizni ukib urganish, milliy kadriyatlarni tiklash va izchil davom ettirish imkoniyatini berdi. Shuningdek, lotin yozuviga asoslangan uzbek alifbosining joriy etilishi mamlakatning xar tomonlama kamol topishi va jaxon komunikatsiyasi tizimiga kirish uchun ancha kulay shart-sharoit yaratib berdi. Ma‘naviy-madaniy merosimizni tiklashda katta axamiyatga molik yana bir tadbirlardan biri olamshumul tarixiy me‘morchilik inshootlarining keng kulamda ta‘mirlanishi, jumladan Buxoro, Samarkand, Xiva, Termiz, Shaxrizabz kabi shaxarlarda xamda Kuva, Chelak tumanlarida tarixiy me‘moriy yodgorliklarning tiklanishi, Buxoro va Xiva kabi kadimiy shaxarlarining 2500 yilligini nishonlanish tantanalari, “Buyuk ipak yuli”ni tiklash borasidagi amaliy ishlar. Mustakillikning ilk kunlaridanok dinga munosabat tubdan uzgarib, davlat va diniy tashkilotlar urtasidagi alokalarni tugri yulga kuyishga aloxida e‘tibor karatildi. Uzbekiston dunyoviy davlat, binobarin diniy tashkilotlar davlat va maktabdan ajratilgan. Din, shu jumladan islom dini xam xalkning dunyokarashi va ma‘naviy olamning mazmunini tashkil etadi. “Biz, - deydi I.A. Karimov, - uz millatimizni mana shu mukaddas dindan ayri xolda aslo tasavvur kila olmaymiz. Diniy kadriyatlar, islomiy tushunchalar xayotimizga shu kadar singib ketganki, ularsiz biz uzligimizni yukotamiz”. Diniy kadriyatlarning tiklanishi, eski machit va madrasalarning ta‘mirlanishi yangilarning barpo etilishi, diniy adabiyotlarning nashr etilishi, musulmonlarning Xaj va Umra amallarini ado etishi uchun davlat tomonidan imkoniyatlarning yaratilishi va boshka chora-tadbirlar respublikamizda vijdon erkinligini ta‘minlamokda. Kur‘oni Karimning va Xadislar tuplamining uzbek tiliga tarjima kilinishi va nashr kilinishi xam katta vokea buldi. Islom ta‘limoti va falsafasini keng urganish, uzbek xalkining diniy va madaniy merosini chukur tadkik etish maksadida 1995 yil Toshkentda Xalkaro islom tadkikot markazi tashkil etilib, unga ilmiy tekshirish instituti makomi berildi. 1999 yilda dinshunoslik asoslari, yunalishlarini, ilmiy-tadkikot tamoyillari, islom dini tarixi, falsafasi, ularning jamiyat xayotidagi urni bilan boglik masalalarni xamda zamonaviy fanlarni uzlashtirgan yukori malakali kadrlar tayyorlash maksadida Toshkent Islom Universiteti tashkil etildi. Umuman olganda, xozir Uzbekistonda 20 ortik diniy konfessiyalar majud bulib, turli dinlarga e‘tikod kiluvchilar uzaro tinch-totuv yashamokdalar. Buning zamirida davlat va din urtasidagi munosabatlarni belgilovchi tamoyillar katta axamiyat kasb etadi. Ular kuyidagilardan iborat: 1) dindorlarni diniy tuygularini ximoya kilish; 2) diniy e‘tikodlarni fukorolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish; 3) diniy karashlarga amal kiluvchilar va kilmaydiganlarning xukuklarini teng kafolatlash xamda ularni ta‘kib kilishga yul kuymaslik; 4) dindan buzgunchilik maksadlarida foydalanishga yul kuyib bermasligini e‘tirof etish; 5) diniy davlatlar bilan xokimiyat uchun kurashga siyosat, iktisodiyot, konunchilikka aralashishga yul kuymaslik; 6) ma‘naviy tiklanish, umuminsoniy kadriyatlarni karor toptirishda diniy uyushmalar bilan xamkorlik kilish. Lekin shuni xam e‘tirof etishimiz kerakki, sunggi paytlardan dinimizdan garazli maksadlari uchun foydalanuvchilar paydo bula boshladi. Ular xorijdan yurtimizga kirib kelgan turli xil buzgunchi okimlar, din nikobi ostida uz shaxsiy manfaatini kuzlovchi kimsalardir. Bizning fukorolarimiz, ayniksa yoshlarimiz “xakikiy” va “soxta” dindorlik nima ekanligini anik tasavvur kilishlari lozim. Uzlarini chin musulmon, din uchun kurashuvchi deb xisoblaydigan vaxxobiylar, xizbut taxrirchilar xalkimizga mudxish tasavvurlarnii kabul kilishni istaydigan terrorchilarni, jangarilarni vujudga keltirishga urinadilar. Ba‘zi ekstremistik guruxlarning jinoiy xarakatlarini yukori kurinishi bulganligini - 1999 yil 16 fevralda Toshkentda ruy bergan vokealar misolida kurish mumkin. Akidaparastlarning tinch xayotimizga solishi mumkin bulgan taxdidlarni oldini olish uchun mafkuraviy, madaniy, ma‘rifiy tarbiyaviy ishlarni izchil ravishda olib borish zamon talabi bulmokda. Din siyosat emas, balki imon, e‘tikod ekanligini unutmagan xolda, diniy axlokiy kadriyatlardan, islom dinida mavjud bulgan imkoniyatlardan mustakilligimizni mustaxkamlashda okilona ijodiy foydalanish, turli madaniyatlarnig yonma-yon tinch yashash, ekstrimizm, fundamentalizm xavfini oldini olish uchun respublikamizda zarur tadbirlar amalga oshirilmokda. 4. Uzbekiston mustakillika erishgan kundan boshlab milliy goya, milliy istiklol mafkurasi masalalarini xakikiy ilmiy nazardan ishlash, tadkik etish dolzarb masala bulib kelmokda. Milliy mafkura yaratishni takozo etuvchi sabablar - bu, bir tomondan, shuro zamonida totalitar tuzum manfaatlarini ximoya kiladigan kommunistik mafkuradan butunlay voz kechishi va shuro davridan meros kolgan bir kolipda fikrlash illatidan tezrok xalos bulish, odamlar tafakkur tarzi va dunyokarashni kommunistik akidalar kishanidan ozod kilish demokratik tamoyillar, konunning ustuvorligiga xurmat tuygusini kamol toptirish: Ikkinchi tomondan mafkuraviy bushlikka yul kuymaslik, millat sifatida uzligimizni anglash, yakdil va xamjixatligimizni ta‘minlash shuningdek, bu xamjixatlikka karshi karatilgan xar kanday yot mafkuraviy tazyiklarning oldini olish, ta‘bir joiz bulsa, uziga xos mafkuraviy immunitet tizimini shakllantirish. Uchinchi tomondan, mustakilligimizning axamiyati va moxiyati mafkuraviy vositalar orkali xalkning ongiga yetkazish, oliy bir maksad ulugvor goyalar sari xalkni yakdillika, fidoyilikka, yaratuvchilikka safarbar kilish. Milliy mafkuramizning mazmun-moxiyati, ufklari, uning asosiy tamoyillari davlatimiz raxbari asarlarida mukammal ifoda etilgan. Dastlab 1993 yil aprel oyida Prezident I.A.Karimov bir gurux adiblar bilan suxbat kilib, milliy istiklol goyasini ishlab chikish zaruriyatini asoslab berdi. Utgan davr mobaynida milliy mafkuraning xayotimizdagi urnini belgilash, uning ilmiy-nazariy asoslarini yaratish, mafkuraviy tarbiya yunalishlarini ishlab chikish, shu asosda jamiyatimizda ijtimoiy fikrni shakllantirishda bir kator tadbirlar amalga oshirildi. Birok bu tadbirlarni amalga oshirish jarayonida mafkura yaratish masalasi nakadar keng kamrovli ekanligini kursatdi. Darxakikat, bu vazifa bir-ikki yillik emas, balki millat butun umri davrida xal kiluvchi, yangi zamonaviy talablarni inobatga olib, takomillashib va boyib borishni takozo etuvchi jarayondir. Shu bois 2000 yil aprel oyida davlat raxbarimizning bir gurux olim va adiblar bilan navbatdagi uchrashuvda va “Fidokor” gazetasi muxbirining savollariga javoblarida (2000 y, iyun) endi milliy mafkuraning asosiy kontseptsiyasini ishlab chikarishga, nazariyadan amaliyotga utish kerakligiga aloxida e‘tibor berildi. Milliy mafkura eng avvalo millatning yakin va uzok davriga muljallangan maksadini amalga oshirishda inson va jamiyatni xarakatga keltiruvchi millatning yaratuvchilik saloxiyatining goyaviy mazmuni bulgan, inson va jamiyat xayotining axlokiy-falsafiy nizomini tartibga soluvchi, milliy turmush tarzi va davlatchilik negizlarini mustaxkamlashga xizmat kiladigan goyaviy asoslardan iboratdir. Prezidentimiz milliy mafkuramiz ikki asosiga, birinchi navbatda, xalkimizning azaliy an‘analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruxiyatiga, bir suz bilan aytganda, milliy kadriyatlarimizga, xalkimizning dunyo karashi va tafakkuriga asoslanib, shu bilan birga, zamonaviy, umumbashariy, umuminsoniy yutuklardan oziklangan, ularni uziga kamrab olgan xolda, yurt tinchligi, Vatan ravnaki, xalk manfaati va farovonligi yulida xizmat kilmogi darkorligini ta‘kidladi. Milliy mafkura kishilarda milliy madaniyatning, milliy ongning, milliy gururning usishi va rivojlanishga muxim axamiyat kasb etadi. Milliy mafkura fakat uzbek millatiga tegishli emas, balki respublikamizda istikomat kiluvchi barcha millat vakillarini mustakillikni mustaxkamlash, Uzbekistonni kelajakda buyuk davlatga aylantirish, inson xak-xukuklarini ximoya kilish, ijtimoiy adolatni, demokratiyani tula karor toptirish, jaxon xamjamiyatida uzimizga munosib obru-e‘tibor topishimiz, maksadlarga yunaltirilgan yagona bayrok, yagona birlashtiruvchi kuch sifatida karalmokda. Ma‘lumki, bizning davlatimizda xech bir mafkura davlat mafkurasi sifatida urnatilishi mumkin emas. Milliy mafkura jamiyatimizdagi karashlar rang-barangligi, goyalar xilma-xilligini saklagan xolda, ularni bir-biri bilan kurashishga, baxslashuviga, xar kanday partiya, xarakat, xar kaysi inson, fukaroning uz fikrini erkin ifoda etish va uni ximoya kilishga ziyon va tazyik kursatmasligiga yunaltirilgan. Albatta, xozirgi kunda milliy mafkuramiz yaratilishining boshlangich davrini shoxidi bulyapmiz, ammo, eng asosiysi, odamlarning fikri tafakkuri, dunyokarashi uzgarib, milliy iftixor tuygusi shakllanmokda. Binobarin, eng kiyin ish inson mafkurasini uzgartirish. Milliy mafkura yoki goya kudrati ishontirish bilan belgilanadi. Shu bois kun tartibiga milliy mafkurani yaxlit ilmiy kontseptsiyaga solib, jamoatchilikka mos sodda, ommabop shaklda yetkazishdan iborat. Mafkuraviy ishlarni amalda oshirishda ta‘lim-tarbiya masaslalari, ommaviy axborot vositalari, “Maxalla”, “Kamolot”, “Oila” kabi kator jamoatchilik tashkilotlarni ma‘naviy-madaniy markazlarning axamiyati juda katta. Ayniksa ta‘lim muassasalari ishi va ularda kullaniladigan darsliklar, kullanmalar mazmun-moxiyati milliy goya ruxi bilan sugorilsa uning ta‘sir doirasi kengayib boradi. 5. Istiklolning dastlabki kunlaridanok xalk ta‘limi tizimini jadal islox kilishga kirishildi. Bir kator ukuv yurtlarning makomi, dasturlari va ta‘lim uslublari butunlay uzgartirildi. Zamonaviy, shu paytgacha bulmagan eng zarur ixtisosliklar buyicha aloxida universitet va institutlar, jumladan, Mudofaa vazirliigi koshidagii xarbiy akademiya, Ichki ishlar vazirligi koshidagi Ichki ishlar akademiyasi, Bank moliya akademiyasi, Jaxon iktisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent aviatsiya instituti, Navoiy tog-konchilik instituti kabi unlab yangi ukuv muassasalari tashkil etildi. Abiturient va talabalarning bilim darajasini test va reyting asosida baxolashning ilgor usullari joriy etildi. Ilgor mamlakatlarning tajribalari asosida yangi tipdagi litsey va gimnaziyalar ochildi. Uzbekistonda gimnaziyadan tortib akademiyagacha bulgan zamonaviy, yangi ta‘lim tizimi vujudga keltirildi. 1997 yil ta‘lim tizimida katta burilish yuz berdi. Oliy Majlisning IX sessiyasi “Ta‘lim tugrisida”gi konun va u asosida “Kadrlar tayerlash dasturi”ni kabul kildi. Bular mamlakatimiz ravnaki va kelajagini belgilab beruvchi xujjatlar bulib, milliy tiklanishning ma‘naviy asosini tashkil kiladi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga milliy goyaning bir kismi deb karaladi. Chunonchi kadrlar tayerlash milliy modeliga asos solindi. Shaxs davlat va jamiyat, shuningdek fan va ishlab chikarish urtasida uzviy bogliklik bulishiga imkon tugildi. Bu xujjatlar asosida Uzbekistonda 9 yillik umum ta‘limdan sung, 3 yillik akademik litsey yoki kasb-xunar kollejlarida ixtiyoriy-majburiy ta‘lim joriy etildi. Ta‘lim isloxotlari boskichma-boskich amalga oshirilmokda: 1 boskich - 1997-2000 yillarni uz ichiga olib, unda ta‘limning xukukiy-me‘yoriy, ilmiy-metodik, moddiy shart-sharoitlari yaratilmokda. Xozirgi kunga kelib uzluksiz ta‘limning tamomila yangi xukuiy-me‘yoriy negizi yaratildi, isloxotlarning samaradorligini aniklash maksadida monitoring tizimi joriy kilindi, davlat ta‘lim standartlari ishlab chikildi, dastur va darsliklarning yangi avlodi ishlab chikilmokda, pedagogik kadrlarni,ta‘lim muassasalarni atstattsiya va akkreditatsiyadan utkazish asoslari ishlab chikildi va x k . 2 boskichda-2001-2005 yillarda milliy dasturni tulik amalga oshirish kuzda tutilmokda. 3 boskichda - 2005 yilda undan keyingi yillarda tuplangan tajribalar asosida ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish kuzda tutilgan. Yosh avlodni tarbiyalash masalasi ustivor yunalish sifatida davlat siyosati darajasiga kutarilib, davlatimiz uz ichki iktisodiy imkoniyatlardan kelib chikkan xolda uni dastavval moddiy xixatdan kullab kuvvatlash maksadida tadbirlar ishlab chikilmokda. Ta‘lim tizimiga kilinayotgan sarf-xarajatlar darajasi buyicha Uzbekiston jaxonning yetuk mamlakatlariga yakinlashib bormokda. Davlat tomonidan 1998 yilda ta‘lim soxasiga yalpi ichki maxsulotning 7,8 foizi mikdorida mablag ajratilgan bulsa, 1999 yilda-8,1 foiz mablag sarflandi. Bu esa fakatgina ikki yil mobaynida turli viloyatlarda 250 ta yangi tizimdagi akademik litsey va kasb-xunar kollejlarini tashkil etishga imkon berdi. Xususan Kashkadaryoda xam 1 ta akademik litsey va 9 ta kasb-xunar kolleji barpo etildi. Yoshlar xayoti bilan boglik muammolarga xam aloxida e‘tibor berilmokda. Ularning intellektual saloxiyatini oshirish, ma‘naviy jixatdan kullab-kuvvatlash, ijtimoiy ximoyalar, iste‘dodli va iktidorlilarni ragbatlantirish maksadida bir kancha jamgarmalar tashkil etildi. Jumladan, “Iste‘dod”, “Ulugbek”, “Kamolot”, “Umid”. 1997 yilda tashkil etilgan “Umid” jamgarmasining asosiy vazifasi iste‘dodli yoshlarni tanlash va ularni chet ellardagi nufuzli ukuv yurtlarida ta‘lim oldirish. Xorijiy mamlakatlarga ukish uchun nomzodlarni tanlashda dunyodagi mashxur tashkilotlar, jumladan, AKSYeLS, AYRYeKS, Britaniya Kengashi, DAAD, TASIS ishtirok etadilar. 1997-1999 yillarda “Umid” jamgarmasi orkali 700 nafardan ortikrok talaba yoshlar xorijga ukishga junatildi.SHu jumladan 30 nafar kashkadaryolik yoshlar xam. Ta‘lim soxasini malakali professor va ukituvchilar bilan taminlash borasida 1997 yilda tashkil etilgan “Ustoz” jamgarmasi xam katta xissa kushmokda “Ustoz” jamgarmasi faoliyatini fakatgina bir yunalish, ya‘ni chet ellardagi yetakchi ukuv yurtlarida ukituvchilarning malakasini oshirish buyicha kilingan tadbirlar natijasida 1998 yilda 71 nafar ukituvchi xorijda malakasini oshirgan. 980 nafari Vatanimizda chet ellik mutaxasislar ishtirokida malaklarini oshirdilar. “ Ustoz “ grantiga sazovor bulgan 185 kishi AKSH va Isroilda malaka oshirib keldilar. Shubxasiz, ta‘lim soxasidagi bugungi kunlarda kilinayotgan tadbirlar mazkur tizimning samaradorligini oshirish, kelajakda mamlakatni yuksak malakali mutaxasislar bilan ta‘minlash imkonini beradi. Xulosa kilib aytganda, mustakillik yillarida ma‘naviyat va madaniyatning yuksalishi, boyishi uzligimizni anglab olishga, milliy kadriyatlarimizni umuminsoniy kadriyatlar bilan uygunlantirishga yordam bermokda. Boz ustiga, ma‘naviy uzgarishlar millatni yagona bayrok ostida birlashtirishga xizmat kilishi bilan bugun jaxonda e‘tirof etilayotgan “uzbek modeli”ning xaraktlantiruvchi kuchlardan biriga aylanmokda. Chunki Islom Karimov asarlarida asoslangandek “uzbek modeli” boshka milliy modellardan fark kiladigan xususiyati va fakat iktisodiyot rivojlanishni emas, balki keng ma‘noda milliy tiklanishni, ijtimoiy va ma‘naviy tarakkiyotni xam uz ichiga oladi. Download 21.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling