Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar Topshiriqni bajarish tartibi


Download 14.75 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi14.75 Kb.
#1388139
Bog'liq
DTST-mustaqil bajarish uchun topshiriqlar1 (1)


Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
Topshiriqni bajarish tartibi
1.Quyida berilgan masalalar uchun dastur tuzilsin.
2.Tuzilgan dastur asosida dasturning boshqaruvchi grafi qurilsin.
3.Dasturda sikl operatori qo’llaniladigan bo’lsa, uning o’rnida if va goto operatorlaridan foydalanilsin.
4.Boshqaruvchi graf asosida Makkeyb soni hisoblansin.
Toshiriq variantlari
1. N (N>0) butun soni berilgan. Quyidagi yig’indini hisoblash dasturi tuzilsin:
S=1!+2!+3!+...N!
2. A haqiqiy soni va N natirals soni berilgan quyidagi yig’indini hisoblash dasturi tuzilsin.
S=1+A+A2+ A3+... AN
3. Berilgan haqiqiy x soni uchun quyidagi f funksiyaning qiymatini hisoblash dasturi tuzilsin:

4. Berilgan haqiqiy x soni uchun quyidagi f funksiyaning qiymatini hisoblash dasturi tuzilsin:

5. OX va OY koordinata o’qlarida yotmaydigan nuqtaning koordinatasi berilgan. Shu nuqta koordinata tekisligining qaysi choragida yotishini aniqlovchi dastur tuzilsin.
6.Ikkita A va B (A 7. Quyidagi yig’indini hisoblash dasturi tuzilsin:
S=1+1/2+1/3+... +1/N. Bu yerda N - natural son.
8. Uchta butun son berilgan. Ularning ikkita eng katta sonlari yig’indisini hisoblash dasturi tuzilsin.

Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

1 2 3

5

-3 5 8

13

-1 -4 -6

-5


9. Berilgan 3 ta butun son berilgan. Dastlab eng kichigini, so’ngra eng kattasini aniqlovchi dastur tuzilsin.
10. Sonlar o’qida uchta A,B,C nuqtalari joylashgan. B va C nuqtalardan qaysi biri A nuqatga yaqin ekanligini aniqlovchi dastur tuzilsin.
11. Ikkita haqiqiy son berilgan. Ularning eng kattasini tartib raqamini ekranga chiqaruvchi dastur tuzilsin.
12. F(x,y) funksiya quyidagicha berilgan:

o’zgarish qadami 0,1 ga teng bo’lgan x=0,5...0,7 qiymatlar uchun va o’zgarish qadami 0,1 ga teng y=0,2...0,1 qiymatlar uchun F(x,y) funksiya qiymatlarini hisoblash dasturi tuzilsin.
13. S ning qiymatini quyida berilgan formula bo’yicha hisoblash dasturi tuzilsin:

Bu yerda natural N (N>2) klavitura orqali kiritiladigan son.
14. Quyidagi uch o’zgaruvchili mantiqiy funksiyaning chinlik jadvalini ekranga chiqaruvchi dastur tuzilsin:

15. Oddiy kasrni surat va maxarajini qisqartib qisqarmas kasrga aylantiruvchi dastur tuzilsin.
16. S ning qiymatini quyida berilgan formula bo’yicha hisoblash dasturi tuzilsin:

Bu yerda natural N klaviaturadan kiritiladi.
17. Dastlabki 10 ta sonning kvadratlari jadvalini ekranga chiqaruvchi dastur tuzilsin.
18. Dastlabki 5 ta toq sonning kvadratlari jadvalini ekranga chiqaruvchi dastur tuzilsin.
19. Berilgan oraliqdagi butun sonlar yig’indisini ekranga chiqaruvchi dastur tuzilsin. Bu yerda oraliqning dastlabki qiymati so’ngi qiymatidan katta bo’lmaydi.
20. Berilgan satrda ko’rsatilgan belgi necha marta uchrashini ifodalovchi dastur tuzilsin.
21. Berilgan haqiqiy x soni uchun quyidagi f funksiyaning qiymatini hisoblash dasturi tuzilsin:

22. OX va OY koordinata o’qlarida yotmaydigan nuqtaning koordinatasi berilgan. Shu nuqta koordinata tekisligining qaysi choragida yotishini aniqlovchi dastur tuzilsin.
23. Ikkita A va B (A 24. Quyidagi uch o’zgaruvchili mantiqiy funksiyaning chinlik jadvalini ekranga chiqaruvchi dastur tuzilsin:
Download 14.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling