Mustaqil davlat asoschisi, bosh me`mori
Sobitqadam va bosqichma-bosqich
Download 139.69 Kb.
|
«Mustaqil davlat asoschisi, bosh me`mori»i
Sobitqadam va bosqichma-bosqich
Mazkur so'rovda Birinchi Prezidentimizning hayoti va faoliyatining eng muhim davrlari xususida ham jamoatchilik fikri o'rganildi. Respondentlar Islom Karimovning yo'lboshchilik hamda insoniylik fazilatlari 1989–1991 yillarda yaqqol namoyon bo'lganini ta`kidlagan. Ma`lumki, bu davrda O'zbekiston chuqur ijtimoiy-iqtisodiy muammolar girdobida qolgan edi. O'tgan asrning 80-yillari oxirlarida sobiq Ittifoqda tanazzul jarayoni tezlashdi, ko'p yillar davomida hal qilinmagan muammolar xalqning sabr kosasini to'ldirdi va bu ijtimoiy larzalarga hamda milliy adovatga olib keldi. Ana shunday murakkab davrda Islom Karimov fuqarolarda ijtimoiy adolat va kelajakka ishonchni qayta tiklay oldi, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning haqiqiy mohiyatini, ildizini ochib berib, millatlararo munosabatlarni barqarorlashtirdi, O'zbekistonda tinchlik hamda osoyishtalikni ta`minladi. So'rov ishtirokchilari 1992–2000 yillarni O'zbekiston davlatchiligining shakllanishi va mustahkamlanishi bilan bog'liq tarixiy davr, deb hisoblaydi. Birinchi Prezidentning bevosita rahbarligida demokratik talablarga hamda xalqaro mezonlarga to'la javob beradigan Konstitutsiyamiz ishlab chiqildi. Fuqarolar fikricha, 2001–2010 yillarda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini shakllantirish, 2010–2016 yillarda iqtisodiyotni modernizatsiyalash hamda mamlakatni rivojlantirishning yangi bosqichida Birinchi Prezident shaxsining roli va ta`siri muhim bo'ldi. Bosqichma-bosqich hamda keng ko'lamli islohotlar natijasida xalqning turmushi yaxshilandi, sog'liqni saqlash, ta`lim va sport sohalarida yuksak muvaffaqiyatlarga erishildi, iqtisodiyot, sanoat, qishloq xo'jaligi tarmoqlari rivojlandi, xalqaro maydonda O'zbekistonning obro'si oshdi. Download 139.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling