Mustaqil fikrlash sog`lom manaviyat va tafakurning alohida sifatida
Download 48.59 Kb.
|
Mustaqil fikrlash sog`lom manaviyat va tafakurning alohida sifatida
Sun’iy intellekt yoki tafakkur
XXI asr yuksak texnologiyalar asri, kompyuterlarning eng rivojlangan modellari yordamida ish yuritishga imkon beruvchi ma’lumotlar asri deb e’tirof etilmoqda. Bu holat “sun’iy intellekt”(SI) tushunchasining odamlar tilida tez-tez ishlatilishiga zamin yaratdi. Xo’sh, sun’iy intellekt nima? Bu – inson tafakkuriga o’xshatib, uning ishlash tamoyillariga asoslanib yuratilgan va maxsus kompyuter dasturlari doirasida ko’plab muammolarni hal qilishga qaratilgan intellekt yoki “aql” turidir. Bu kompyuter dasturlari insondagi mantiqiy tafakkur qonuniyatlariga asoslanadi. Masalan, MYCIN deb nomlanuvchi dastur yuqumli kasalliklarni diagnostika qilishga mo’ljallangan bo’lib, u yuzlab tibbiyot xodimlarining faoliyatiday samara bilan ishlab kelmoqda (Mason, 1985). Geologiya, sug’urta, mashinasozlik, tibbiyot, ekologiya sohasida ishlab chiqilgan ana shunday dasturlar mashinalarning odamday ishlashini eslatadi. Shunisi xarakterliki, sun’iy intellektli mashina qanchalik muvaffaqiyatli va samarali ishlamasin, uning ijodkori va yaratuvchisi yana o’sha odam va uning odatiy tafakkuridir. Masalan, biror sohada yoki muammo yuzasidan sun’iy intellekt yaratmoqchi bo’lgan odam ongi va farosati shu darajada bo’ladiki, u dastlab o’sha muammoni yechayotgan odam tafakkuri jarayonini “qadamlarga”, bo’laklarga bo’lib chiqadi va shu asosda kompyuter uchun dastur yozadi. Bu yana bir marta Inson Ollohning inoyati ekanligi fikriga bizni qaytaradi. Faqat, shunisi borki, ana shunday dasturlarni hamma ham tuzolmaydi, ayrim odamlar mehnati mahsulidan keyin yuzlab, hattoki, minglab odamlar bahramand bo’lib, ular mehnati yengillashishi mumkin. Mashhur olim K.Yung insonlarni fikrlashlariga ko’ra asosan ikki toifaga bo’lgan edi: Intuitiv tiplilar. Bu shunday toifali kishilarki, ularda ko’pincha hissiyotlar mantiqdan ustun keladi va miya faoliyati bo’yicha ham o’ng yarim sharlar faoliyati chapnikidan ustunroq bo’ladi. Ko’rib, his qilib, yorqin emosional munosabat shakllantirilmaguncha, bunday odamlar biror narsa xususida fikrlarini bayon eta olmaydilar. Fikrlovchi tiplar. Bunday kishilarda doimo mantiq, mulohaza hissiyotlardan ustun bo’ladi va miyasining chap tomoni o’ngiga nisbatan dominanta (ustun) hisoblanadi. Bundaylar gapira boshlashsa, ko’pincha, “Faysasuf bo’lib ket-e”, deb ham qo’yishadi. Chunki ular o’zlarigacha bo’lgan bilimlar, mantiqiy fikrlash borasidagi yutuqlarga tayanib, doimo to’g’ri gapirishga, doimo fikrlarini mantiqan asoslash – argumentasiya qilishga harakat qiladilar. Aniq va texnika, tibbiyot fanlari bilan shug’ullanuvchilarda ana shu tafakkur tipiga moyillik va psixologik hozirlik bo’lsa, ular o’z kasblari borasida juda yaxshi natijalarga erishadilar. Ulardan farqli, birinchi toifa vakillaridan yaxshi yozuvchilar, shoirlar, tilshunoslar, psixologlar yetishib chiqadi. Download 48.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling