Mustaqil ish 118-guruh Sa’rsenbaeva Jarqinay


Download 0.88 Mb.
Sana08.01.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1084654
Bog'liq
rasmiy nutq uslubi118

Mustaqil ish

118-guruh

Sa’rsenbaeva Jarqinay

Rasmiy nutq uslubi

Reja:

  • Nutq haqida
  • Rasmiy nutq uslubi
  • Rasmiy-idoraviy nutq uslubiga misollar

Nutq haqida

Nutq – tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat tu’ri sıfatidagi muayyan yashash shaklidir. Nutq deganda uning ogʻzaki va yozma ravishda namoyish boʻlishidagi jarayonlar, yaʼni soʻzlash jarayoni va uning natijasi tushuniladi.

Nutq turlari:

Nutqning har xil turlari mavjud hisoblanadi.

  • Soʻzlashuv
  • Ilmiy
  • Rasmiy
  • Ommabop
  • Badiiy

Rasmiy nutq uslubi:

Rasmiy-idoraviy nutq uslubi jamiyatdagi barcha ijtimoiy va huquqiy Munosabatlar, davlat va davlatlararo ijtimoiy iqtisodiy, madaniy munosabatlar uchun qoʻllaniladigan uslubdir.bu degani rasmiy hujjatlarning hammasi rasmiy uslubda yuritiladi

Rasmiy nutq uslubi

Bu usul hujjatchilik xarakteri bilan ajralib turadi. Shunga koʼra, Yozma nutqning xizmatga doir bu turi davlat qonunlari, Farmonlar, bayonotlar, hujjatlar, eʼlon hujjatlari, Idora hujjatlari, shartnomalar, yozishmalar uslubi hisoblanadi .

Rasmiy uslub

R asmiy uslub tilning asosiy xususiyati, aniqlik va ixchamlikdir. Unda muayyan nutqiy qoliplar kasb hunar soʻzlari, atamalar, tayyor sintaktik qurilmalar, keng qoʻllanib, nutqning aniq va ravshan ifodalanishini taʼminlaydi. Tayyor nutq qurilmalari hujjat matnining darak hikoya xarakterida boʻlishini soʼzlarning bir maʼnoda ishlatilishini badiiy-tasviriy vositalarning boʼlmasligi, fe'lning majhullik va buyruq-istak shaklllarining qo’shma ga’p turlarining, keng qo’llanilishini talab qiladi

Til materiallari

Til materiallari quyidagilar:

Shu asosda; shunga ko’ra; ma’lum qilamizki, ….ni e’tiborga olib, ….ga asosan, …dan kelib chiqib, ….berilsin, taqdirlansin, …ga muvofiq, …biz, quyida imzo chekuvchilar, …uchun va boshqalar

! Til materiallari hujjatning turi va xarakteriga qarab tanlanadi.

Rasmiy nutq uslubi

Rasmiy ish uslubi:

Rasmiy ish uslubi –bu rasmiy ish munosabatlari (tashkil etish boshqarish va tartibga solish) sohasiga xizmat qiluvchi adabiy tilning bir turi hisoblanadi. Rasmiy ish usullari asosan yozma turda boʼladi lekin buning ogʻzaki turi ham mavjud. Bular davlat va jamoat arboblarining tantanali yigʻilishlari, qabullar va boshqa turdagi majlislarda qoʻllaniladi.

Rasmiy ishbilarmonlik uslubi:

Rasmiy ishbilarmonlik uslubi

Boshqa kitob uslublari orasida

Barqarorligi, izolyaciyasi, va

Standartlashuvi bilan ajralib

Turadi.

Rasmiy ish uslublarining leksik belgilari

  • Til markalari (klerikalizm, klexi) masalan: savol; kossatsiya shikoyati; tilxat; fuqarolik dalolatnomasi.
  • Kasbiy atamalar. Masalan: yuridik; diplomatik; qarzdorlik; soya biznesi;
  • Qisqartirilgan davlat organlari: MDh; xtv; BMT; OʻzLiDeP;otm
  • Rasmiy ish uslubida noaniq soʼzlarning majoziy maʼnoda soʼzlarning ishlatilishi mumkin emas, sinonimlar juda kam ishlatiladi va qoida tariqasida bir hil uslubda tegishli boʼladi.

Rasmiy ish uslublarining morfologik xususiyatlari

  • Ismlar harakatga asoslangan boʼladi. Masalan: soliq toʻlovchi; ijarachi; guvoh.
  • Tuzilgan old qoʻshimchalar. Masalan: iloji boricha, asosida, munosabati bilan
  • Odatda bajariladigan harakat maʼnosidagi hozirgi zamon feʼllari. Masalan: toʼlamaganlik uchun jarima solinadi.

Rasmiy nutq uslubi

Xulosa oʻrnida aytish joizki rasmiy nutq udlubining boshqa uslublardan farqi hujjatchilikda qoʼllaniladi

Soʼzlashuv uslubidan farqi –har kungi soʼzlar qoʼllanilmaydi

Badiiy uslubdan farqi – badiiy qurollar, sinonimlar deyarli qoʻllanilmaydi chunki rasmiy nutq uslubi oʼz til materiallariga, til birliklariga ega hisoblanadi. Bu uslubni bilish nafaqat oliy maʼlumotli yoki ishli odamlarga balki boshqa odamlarga ham zarur hisoblanadi.chunki hujjatchilik hamma yerda uchrashi mumkin bu esa rasmiy uslubda yoziladi.

Eʼtiboringiz uchun rahmat!


Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling