Mustaqil ish №3


LAN, MAN va WAN tarmoqlarida qo’llaniladigan marshrutlash protokollari


Download 113.71 Kb.
bet4/7
Sana24.12.2022
Hajmi113.71 Kb.
#1053693
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-mustaqil ish kompyuter tarmoqlari

2. LAN, MAN va WAN tarmoqlarida qo’llaniladigan marshrutlash protokollari.
Hozirgi kunda IP-tarmoqlarda qo’llaniluvchi marshrutlash protokollari adaptiv taqsimlangan protokollarga kiradi. Bu protokollar ikki guruhga bo’linadi:
- masofaviy-vektorli algoritmlar (Distance Vector Algorithms, DVA);
- aloqa holati algoritmlari (Link State Algorithms, LSA).
Masofaviy-vektorli algoritmlarda (DVA) har bir marshrutizator tarmoq bo’ylab davriy ravishda va keng eshittirishli vektorni tarqatadi. Ushbu marshrutizatordan tortib, tarmoqdagi unga ma’lum barchasi uning komponentlari hisoblanadi. Marshrutlash protokolining paketlari, odatda, yangiliklar deb ataladi, chunki ular yordamida o’ziga ma’lum tarmoq konfigurasiyasi haqidagi xabarni qolgan marshrutizatorlarga yetkazadi.
Ushbu tarmoqqa ma’lum vektor masofagacha bo’lgan bir qancha qo’shnisida olingan axborot asosida marshrutizator vektor komponentlarini o’zidan ushbu qo’shnisigacha kengaytiradi, u bilgan (agar ular uning portlariga ulangan bo’lsa) yoki marshrutizatorlarni o’xshash xabarlaridan tarmoq haqidagi vektor axborotlarni qo’shib qo’yadi. Bundan so’ng esa u tarmoq bo’yicha yangi vektor qiymatni tarqatadi. Va, nihoyat, har bir marshrutizator o’zining qo’shni marshrutizatori orqali tarmoqning barcha tarkibiy tashkil etuvchilarini va ulargacha bo’lgan masofalarni bilib oladi.
Bunday ma’lumotga asoslanib u bir nechta alternativ marshrutlardan masofa jihatdan eng qisqasini tanlaydi. Ushbu marshrut haqida xabar uzatgan yaqin marshrutizator marshrutlash jadvalida keyingisi sifatida belgilanadi. Masofaviy-vektorli algoritmlar uncha katta bo’lmagan tarmoqlarda yaxshi ishlaydi. Katta tamoqlarda trafik yuklamasining oshishiga olib keladi. Masofaviy-vektorli algoritmga asoslangan, bir muncha keng tarqalgan protokol bu RIP protokol hisoblanadi.
LSA aloqa holati algoritmlari har bir marshrutizatorni axborot bilan ta’minlaydi. Bu axborot tarmoqning aloqa grafini aniq qurish uchun yetarli hisoblanadi. Barcha marshrutizatorlar aynan shu graf asosida ishlaydi, bu esa konfigurasiyadagi o’zgarishga marshrutlash jarayonini bir muncha chidamli qiladi. Har bir marshrutizator bir necha marshrut shartlari asosida optimalini topish uchun tarmoq grafidan foydalanadi. Portlariga ulangan aloqa kanalini qanday holatdaligini bilish uchun marshrutizator davriy ravishda o’zining yaqin qo’shnisi bilan HELLO qisqa paketini almashib turadi.
Aloqa holati algoritmlariga asoslangan protokollarga OSI stekining IS-IS protokoli (bu protokol TCP/IP stekida ham foydalaniladi), TCP/IP stekining OSPF protokoli kiradi.

Download 113.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling