Mustaqil ish. 714-19 guruh talabasi Yoxshimov Mirjalol Odilbek o’gli Elektronika va sxemalar fanidan 4-mustaqil ish


Download 279.79 Kb.
bet1/4
Sana01.11.2020
Hajmi279.79 Kb.
#139582
  1   2   3   4
Bog'liq
e va s 4- mustaqil ish


Mustaqil ish.

714-19 guruh talabasi

Yoxshimov Mirjalol Odilbek o’gli

Elektronika va sxemalar fanidan 4-mustaqil ish.

  1. Operatsion kuchaytirgich asosidagi qurilma sxemalar.

Amalda signallami kuchaytirish uchun OKlarni bevosita qo'llab bo‘lmaydi. Buning birinchi sababi — dinamik diapazonning kichikligida, ikkinchi sababi esa — OK ning kuchaytirish koeffitsienti har OK namunasidan keyingisiga o'tganda keng oraliqda o'zgaradi va shu bilan birga ishlash sharoitiga, ayniqsa tem peraturaga kuchli ravishda bog‘liq. OKlarga tashqi ТА zanjirlari kiritish yo‘li bilan bu sabablarning ta ’siri yo'qotiladi. Inverslaydigan kirishning qo‘llanilishi kirish va chiqish orasida manfiy TAni, inverslamaydigan kirishning qo'llanilishi esa — musbat TAni amalga oshirishga imkon beradi. ТА turi va tuzilm asini o ‘zgartirib, OKga turli funksional qurilmalar xossalarini berish mumkin: kuchlanish yoki tok bo‘yicha barqarorligi yuqori kuchaytirgich, turli shakldagi tebranishlar generatori, integrator, differensiator, jamlash qurilmasi, solishtirish qurilmasi, trigger va boshqalar. Oddiy holda ТА zanjiri rezistorda bajarilgan kuchlanish bo‘lgichni hosil qiladi. Bu vaqtda OKli sxema chiziqli o ‘zgartgich sifatida ishlaydi. Agar ТА zanjirida turli RC — zanjirlar qo‘llanilsa, aktiv filtrlar yoki matematik o ‘zgartishlar bajaradigan qurilm alar hosil bo‘ladi. Va nihoyat, OK ТА zanjiriga diod va tranzistorlarning kiritilishi signallami nochiziqli o‘zgartish imkonini beradi. Hozirgi kunda OKlarning yuzlab sxema turlari mavjud. OKning bu funksional universalligi, analog integral sxemotexnikaning asosiy negiz qurilmasi bo‘lishiga olib keldi. OK sxemalari ish prinsipini tushunish va tahlilini aniqlashtirish maqsadida ideal OK tushunchasi kiritiladi.

4.1. Operatsion kuchlanish asosidagi inverslaydigan kuchaytirgich sxemasi.

DK OKning kirish kaskadi bo‘lganligi sababli, butun OK nol bo ‘yicha yuqori barqarorlikka ega, lekin uning kuchaytirish koeffitsienti tem peraturaga bog‘liq. Bu kamchilik manfiy TA qo‘llash yordamida bartaraf qilinadi. Yuqori barqarorlikka ega bo ‘lgan inverslaydigan kuchaytirgich prinsipial sxemasi quyidagi rasmda keltirilgan.



Bu yerda Rl va RTA rezistorlar kuchlanish bo‘yicha parallel manfiy TA zanjirini hosil qiladilar. OKning A inverslaydigan kirishidagi kutubxonasi kuchlanishning oniy qiymatini UA orqali belgilaymiz. Ko'rinib turibdiki, U A = -(1 / K uo)UCHK, , bu yerda Кm — m anfiy TA siz O K n in g kuchlanish bo'yicha kuchaytirish koeffitsienti. Kirxgof qonunidan foydalanib, A tugun uchun /, + /, - 1Km = 0 deb yozish mumkin.





Download 279.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling