4. Auditoriyada bajariladigan amaliy ishlar
1.Oqsil biosintezi va uning bosqichlarini, Oqsil biosintezini boshqarilishi
mexanizmlarini, ifodalovchi klaster tuzing/
2. Genetik injeneriya hillari O’zgaruvchanlik va uning shakllarini ifodalovchi klaster tuzing.
3. R-rasmdagi transkripsiya jarayonining borishi sxemasini albomiylarga chizib qo’yinglar va ko’rsatigan raqamlarga tegishli to’g’ri javoblarni yozib qo’yinglar.
4. Rasmda Oqsil biosintezi bosqichlari berilgan. Rasmni albomga chizib qo’yish kerak. (?) - savollar o’rniga tegishli javoblarni yozib qo’yinglar.
5. Rasm. Oqsil biosintezini boshqarilishi. Rasmni albomga chizib qo’yish kerak.
6. Rasm. O’zgaruvchanlik mavzusiga tegishli ushbu tablisani albomga chizib, savollar (? ) – qo’yilgan joylarga tegishli to’g’ri javoblarni yozib qo’yinglar.
5.Talaba bilishi lozim bo’lgan ko’nikmalar:
1. Genetik kod
2. Oqsil biosintezining inisiasiya, elongasiya va terminasiya bosqichlari
3. Genetik injeneriya qanday darajalarda o'rganilishi va ularga misollar keltiring.
4. Gen injeneriyasi va uning metodlari.
5. Gen injeneriya asosidagi biotexnologiyaning tibbiyotdagi ahamiyati.
6. O’zgaruvchanlik xillari
7. Modifikasion o’zgaruvchanlik, fenokopiyalar
8. Mutagen omillar, gen va xromosoma mutasiyalari
9. DNK reparasiyasi
10. Antimetagenlar
6. Mavzu yuzasidan vaziyatga doir masalalar:
Polipeptid quyidagi aminokislotalardan tashkil topgan: valin-alanin-glisin-lizin-triptofan-valin-serin-glutamin kislota. Ko’rsatilgan polipeptidni kodlaydigan DNK uchastkasini aniqlang?
Oshqozon osti bezi ishlab chiqaradigan insulin gormonining zanjirida qator bo’lib joylashgan birinchi o’nta aminokislotalar quyidagilardan iborat: fenilalanin-valin-asparagin kislota-glutamin-gistidin-leysin-sistein-glitsin-serin-gistidin. Insulin zanjirining ushbu qismini kodlaydigan DNK uchastkasini aniqlang?
DNK qo’shsperalidagi qo’shni asoslarning orasidagi masofa 0,34 nm ga teng. Uzunligi 10200 nm ni tashkil etgan DNK uchastkasida qancha aminokislotalar xaqida ma’lumot saqlanishi umkinligini aniqlag?
Do'stlaringiz bilan baham: |