Oqsillar biosintezini boshqarilishi


Download 130.5 Kb.
bet1/10
Sana16.06.2023
Hajmi130.5 Kb.
#1509635
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
OQSILLAR BIOSINTEZINI BOSHQARILISHI JARAYONI.


OQSILLAR BIOSINTEZINI BOSHQARILISHI JARAYONI.
Mundarija:
Kirish
Asosiy qism
1 Oqsil biosintezining boshqarilishi to`g`risida
2 Prokariotlarda oqsillar biosintezining boshqarilishi
3 Repressiya mexanizmi
4 Eukariotlarda oqsil biosintezining boshqarilish sxemasi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Oqsil sintezining induktorlari, masalan gormonlar ta’sirida rRNK va tRNK genlarining transkriptsiyasi spetsifik oqsillar strukturasi to`g`risida axborot saqlovchi DNK ning qismlaridan transkriptsiyasiga nisbatan ilgarilab ketadi. Bunda o`ziga xos maqsadga muofiqlik mavjud: oldin oqsil sintezi uchun kuchli apparat (tRNK, rRNK va ribosomalar) yig`iladi, keyin esa oqsil sintezini amalga oshirish uchun mRNK sintezlanadi.
Biologik kimyo – tirik organizmlar tarkibiga kiruvchi moddalarning kimyoviy tabiati, ularning o‘zgarishi, shuningdek, bu jarayonlarni a’zo va to‘qimalar faoliyati bilan bog‘liq holda o‘rganadigan fan.
Tahlil etilayotgan obyektga bog‘liq holda, shartli ravishda, odam va hayvon, o‘simliklar mikroorganizmlar biokimyosi va h.k. bo‘limlariga bo‘linadi. Modda almashinuvi va metabolizm – organizmda kechadigan barcha kimyoviy reaksiyalar yig‘indisidir. Ular tirik sistemaning turg‘unligi va o‘z-o‘zini hosil qilishga yo‘naltirilgandir. Hayvonlar organizmi, shuningdek, odam organizmi ovqat mahsulotlari qabul qilishga muhtojdir. Ular suv va mineral komponentlardan tashqari murakkab organik tarkibga ega bo‘lgan oqsil, yog‘, uglevodlarni qabul qilishi kerak.1
Biologik kimyoning asosiy vazifasi molekulyar darajadagi zaminiy, umumbiologik masalalarni hal etishdan iborat. Insonning ekosistemaga bog‘liqlik muammosini hal etishi, ularni nafaqat bilishi, balki ulardan muhofaza bo‘lishi va foydalana olishi kerak.
Biokimyo fani 3 bo‘limdan iborat:

  1. Statik biokimyo.

  2. Dinamik biokimyo.

  3. Funksional biokimyo.

Statik biokimyo tirik organizm tarkibiga kiruvchi moddalarning kimyoviy tarkibi va xususiyatlarini o‘rganadi. Bu bo‘limning asosiy masalalari bioorganik kimyo tomonidan o‘rganiladi. Dinamik biokimyo organizmga moddalarning qabul qilinishidan boshlab oxirgi mahsulotlar shaklida chiqarib yuborilishigacha bo‘lgan barcha o‘zgarishlarni tahlil qiladi Funksional biokimyo a’zo va to‘qima funksiyalariga bog‘liq ravishda, ularda kechadigan kimyoviy jarayonlarni tadqiq qiladi.


Biologik kimyoning barcha bo‘limlari o‘zaro uzviy bog‘langan va zamonaviy biokimyoning qismlari hisoblanadi.
Agarda ilgari biologik kimyo o‘z ichiga to‘qima, a’zo va butun organizm masalalarini olgan bo‘lsa, hozirda bu fan molekula va submolekulyar tahlillar darajasida o‘rganiladi. Biologik kimyoning yo‘nalishlari quyidagi muammolarni hal etishga qaratilgan bo‘lishi kerak: yuqori organizmlar hujayralarining differensirovkasi, genom faolligining mexanizmi, irsiy kasalliklar rivojlanishining molekulyar asoslari va boshqalar.


Download 130.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling