Mustaqil ish Adam Smit iqtisodiy qarashlari Reja: Adam Smit hayoti va ijodi Adam Smit iqtisodiy qarashlari
Adam Smit 1776-yilda chop etilgan “Aholi daromadlarining tabiati va kelib chiqishi sabablari” kitobi tufayli dunyoga tanilgan
Download 39.53 Kb.
|
1 2
Bog'liqAdam Smit iqtisodiy qarashlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1778-yilda Adam Smit Edinburg, Shotlandiya bojxona boshqarmasiga boshliq etib tayinlangan. Adam Smit shu erda uzoq davom etgan kasalligi tufayli 17- iyul 1790 - yilda vafot etgan.
- Adam Smith Tugʻilgan 5-iyun 1723-yil Vafot etgan 17-iyul 1790-yil (67 yoshda)
Adam Smit 1776-yilda chop etilgan “Aholi daromadlarining tabiati va kelib chiqishi sabablari” kitobi tufayli dunyoga tanilgan.
Adam Smit 1776-yilda Londonga kelgach, bu erda oʻz “Aholi daromadlarining tabiati va kelib chiqishi sabablari” asarini chop etgan. Bu asarda Iqtisodiy erkinlikning oqibatlari toʻgʻrisida izchil koʻrsatmalar berilgan.Shu bilan birga u bu asarda laissez – faire, egoizmning roli,mehnat taqsimoti, bozor funksiyalari va erkin iqtisodiyotning halqora tushunchasi toʻgʻrisada ham muhokamalar olib borgan. Aholi daromadlari iqtisodiyotni fan sifatida namoyon etdi va erkin tadbirkorlik nazariyasiga asos soldi. Smit shunday intelektual sistemani koʻrsatdiki,bu sistema erkin bozorning ishlash mexanizmini ochib berdi va hozirgi kunga qadar bu mexanizm iqtisodiy bilimlarning asoslaridan biri hisoblanadi. Smitning eng taniqli aforizmi – bu bozorning koʻrinmas qoʻli – u bu tushunchani egoismni tushunturish, resurslar taqsimotining samarali richagi sifatida koʻrsatadi. 1778-yilda Adam Smit Edinburg, Shotlandiya bojxona boshqarmasiga boshliq etib tayinlangan. Adam Smit shu erda uzoq davom etgan kasalligi tufayli 17- iyul 1790 - yilda vafot etgan. Adam Smith (talaffuzi:Adam Smit; choʻqintirilgan va tahminlarga koʻra 1723-yilning 5-iyunida tugʻilgan, eski yil boʻyicha)(16-iyunda yangi yil boʻyicha), 1790-yilning 17-iyulida, Kirkaldida vafot etgan) – shotlandiyalik iqtisodchi, faylasuf – etik; zamonaviy iqtisodiy nazariyaning asoschilaridan biri hisoblanadi. Adam Smith Tugʻilgan 5-iyun 1723-yil Vafot etgan 17-iyul 1790-yil (67 yoshda) SMIT (Smith) Adam (1723.5.6, Kerkoldi, Shotlandiya — 1790.17.7, Edinburg) — shotlandiyalik ingliz iqtisodchisi, klassik siyosiy iqtisod maktabining taniqli vakili. Glazgo va Oksford un-tlarida oʻqigan. Glazgo untida prof. (1751—63). 1778-yilda Edinburgda bojxona komissari, 1787-yilda Glazgo un-ti rektori. 1759-yilda bosilib chiqqan "Axloqiy hissiyotlar nazariyasi" kitobi axloq, xulq qoidalariga bagʻishlangan. 1776-yilda eng asosiy iqtisodiy asari "Xalqlar boyligining tabiati va sabablari toʻgʻrisida tadqiqot" nashr etiddi. Asar 5 kitobdan iborat. Asardaoʻshadavrdagi mavjud boʻlgan jami iqtisodiy qarashlar yagona tartibga keltirildi, siyosiy iktisod fani iqtisodiy bilimlar tizimiga aylandi. S. fikricha, har bir odam xoʻjalik faoliyatida dastlab oʻz shaxsiy manfaatini koʻzda tutadi, ammo bu holatda ham koʻp holatlardagi kabi, "koʻrinmas qoʻl" uni boshqa maqsad sari yoʻnaltiradi. "Koʻrinmas qoʻl" — bu obʼyektiv iqtisodiy qonunlarning stixiyali harakati. S. foyda (manfaat) ketidan quvish va raqobatni butun jamiyatga naf keltiruvchi faoliyat deb qaraydi. S qarashlarida kapitalistam jamiyat tabiiy tuzum; jamiyat 3 sinfga: kapitalist, ishchi va yer egalariga ajratiladi. Har bir sinf i.ch. omillari (kapital, mehnat, yer) va daromad (foyda, ish haqi, renta)ga ega boʻlib, ular oʻrtasida hech qanday qaramaqarshilik yoʻq deb izoxlanadi. S. qiymatning mehnat nazariyasini yanada rivojlantirib jamiyat (xalq) boyligi i.ch. jarayonidagina mehnat tufayli paydo boʻladi, iqtisodiy rivojlanish (progress)ning muhim omili mehnat taqsimotidir, degan xulosaga keladi. S. nuqtai nazariga koʻra, xalqlarning boyligi jamiyatda unumli mehnat bilan band boʻlgan aholi hissasi va mehnat unumdorligi darajasi bilan belgilanadi. S. daromad va ish haqi masalalarini chuqur tadqiq etadi. Har bir sinf oʻzining asosiy daromadini: ishchilar ish haqi, kapitalistlar foyda, yer egalari esa renta oladilar. S. ish haqi tirikchilik minimumidan ancha ortiq boʻlishi, bolalar hayoti va tarbiyasiga oid harajatlar ham hisobga olinishi, ish haqi milliy boylik oʻsishiga bevosita boglik boʻlishi kerak degan fikrni olgʻa suradi. U fanga asosiy (S) va aylanma kapital (V) tushunchalarini kiritgan. S. iqtisodiyotda davlatning oʻrni masalasiga katta eʼtibor beradi. S. xalqaro erkin tashqi savdo eksport va import harajatlari afzalligi tufayli amalga oshadi deb hisoblangan ("mutlaq afzallik tamoyili"). Download 39.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling