Mustaqil ish akademik yozuv ustaperdiyev shamsiddin
Download 21.65 Kb.
|
akademik yozuv mustaqil ish.Mavzu. Referat. Referat turlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Referatlar turlari
- Referatning tuzilishi
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI MUSTAQIL ISH AKADEMIK YOZUV USTAPERDIYEV SHAMSIDDIN Referat. Referat turlar. Referat – asosiy matn yoki bir necha manbalarni talqin qilish shakllaridan biri. Shuning uchun referat, konspektdan farqli ravishda, yangi, muallifning matni hisoblanadi. Bunday holdagi yangilik yangicha bayonni, materialning bir tizimga solinishi, har xil nuqtai nazarlarni qiyoslashda muallifning alohida pozisiyasini nazarda tutadi. Referatlash qandaydir masalaning bir yoki bir necha manbalarning tasniflanishi, umumlashtirilishi, tahlili va sintezi asosida bayon qilinishini nazarda tutadi.
Referatning o’ziga xosligi: • keng miqyosli dalillar, qiyoslashlar, mushohadalar, baholarga ega bo’lmaydi, • matnda qanday yangi, muhim jihat bor, degan savolga javob beradi. Referatlar turlari
Referatning tuzilishi
Referat diqqat-e’tiborni yangi ma’lumotlarga qaratadi va boshlang’ich matnga murojaat etishning maqsadga muvofiqligini belgilaydi. O’quv fani bo’yicha referatlarning tayyorlanishi o’qishda quyidagi natijalarga erishishni nazarda tutadi: - O’quv fanining dolzarb nazariy masalalari bo’yicha bilimlarning chuqurlashuvi, ushbu bilimlarning Siz tanlagan mavzuga ijodiy qo’llanilishi. - Tanlangan kasbiy sohadagi xorijiy tajribaning o’zlashtirilishi, undan mamlakat sharoitida, Sizning kelgusidagi kasbiy faoliyatingizda amalda qo’llanish imkoniyatlari va muammolarining o’rganilishi. - Tanlangan mavzu bo’yicha turli adabiy manbalarni (monografiyalar, davriy matbuotdagi maqolalar va shu kabilar) o’rganish mahoratini takomillashtirish va ularni tanqidiy tahlil etish asosida materialni mustaqil va savodli bayon qilish, dalillangan xulosalar chiqarish va takliflar berish. - Yozma ishni to’g’ri rasmiylashtirish malakalarini rivojlantirish. Referat materialning shunchaki bir oddiy takrorlanishi, bir yoki bir necha manbalardagi materialni o’zlashtirib olishdan iborat bo’lib qolmasligi, ya’ni ko’chirmachilik va kompilyasiya mahsuli bo’lmasligi kerak. Unda referent tanlagan mavzuga oid va ishlab chiqilgan adabiyotlarda mavjud bo’lgan jamiki material tahlil qilib chiqilishi lozim. Download 21.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling