Mustaqil ish akademik yozuv ustaperdiyev shamsiddin
Referat ustida ishlash bo’yicha yo’riqnoma
Download 21.65 Kb.
|
akademik yozuv mustaqil ish.Mavzu. Referat. Referat turlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Tayyorgarlik ishlari
Referat ustida ishlash bo’yicha yo’riqnoma
Referat ustida ishlash bo’yicha yo’riqnoma 1. Mavzuning tanlanishi Kafedra taklif qiladigan referatlar mavzulari namunaviy bo’ladi. Sizning o’zingizning qiziqishlaringiz va mayllaringizga mos keladigan mavzuni tanlashga mustaqil yondashishingiz maqsadga muvofiq. Siz o’z qiziqishlaringiz doirasi asosida tanlangan muammoga amal qilib va uni asoslash bilan kafedra tavsiya qilgan mavzular ro’yxatiga kirmagan referat mavzuini taklif qilishingiz ham mumkin. Bunday vaziyatda taklif qilayotgan referat mavzuingizni ilmiy rahbaringiz bilan albatta kelishib olishingiz kerak bo’ladi. 2. Tayyorgarlik ishlari: Asosiy manbalarni o’rganish Siz referat mavzuini tanlagach, 1) tanlangan mavzuga tegishli masalalar doirasi bilan tanishib chiqing: • leksiya materiallarini ko’zdan kechiring, • fan bo’yicha o’quv dasturiga ko’ra tegishli mavzu uchun tavsiya etilgan adabiyotlarni yana bir bor tahlil qiling. Bu Sizning mavzuning mohiyati, uning o’rganiladigan kursdagi o’rni va ahamiyati to’g’risida aniq tasavvur olishingizga imkon beradi. 2) TDIUning axborot-kutubxona majmuida, shuningdek Toshkent shahar kutubxonalarida mavjud bo’lgan kataloglardan foydalanib, referat mavzui bo’yicha adabiyotlar manbalari doirasini kengaytiring. O’quv va monografiyali adabiyotlar bilan bir qatorda davriy nashrlarda, shu jumladan: «O’zbekiston iqtisodiy axborotnomasi», «Ekonomicheskiy vestnik Uzbekistana», «Marketing», «Lizing revyu», «Bozor, pul va kredit», «Kompaniya», «Ekspert», «Sekret firmы», «Dengi», «Iskusstvo upravleniya», «Problemы teorii i praktiki upravleniya», «Ekonomist», «Voprosы ekonomiki» kabi va boshqa jurnallarda e’lon qilingan maqolalardan ham foydalanish zarur. O’zbekiston Respublikasi Hukumatining tadqiqot mavzuiga tegishli sohadagi qonunchilik hujjatlari va qarorlarini bilish ham referat sifatini oshirishga yordam beradi. Ishning dastlabki bosqichi yakuni bibliografiyadan iborat bo’ladi. Download 21.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling