MUSTAQIL
ISHI
FAN –AXBOROT KUTUBXONA TEXNALOGIYALARI.
(MUQOVALASH)
MAVZU:
AXBOROT-KUTUBXONA KATALOGI VA FONDI.
REJA:
AXBOROT - KUTUBXONA KATALOGLARINING VUJUDGA KELISHI. ULARNING TURLARI , AHAMIYATI VA KUTUBXONA ISHIDA TUTGAN 0 ‘RNI .
2. BIBLIOGRAFIK TASVIRNING NAZARIY ASOSLARI. TASVIR NAZARIYASI VA METODIKASI TARAQQIYOTI .
HUJJATLAR KLASSIFIKATSIYASI HAQIDA UM UM IY TUSHUNCHA. KLAS SIFIKATSIYAGA BO‘LGAN TALAB .
Respublikamiz kutubxonalarining oldida turgan dolzarb masnlalardan biri - yangi zamon kishisini yetuk malakali mutaxassis, madaniyatli va ma’rifatli inson qilib tarbiyalashdan iboratdir. «Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida»gi 0 ‘zbekiston Respublikasi qonunining 2011-yil 13-aprel kuni Respublikamizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan imzolanishi kutubxonachilik ishi taraqqiyotida muhim ahamiyatga molik voqea bo'ldi. Kutubxonachilik ishining tatbiq etilishi va hal qilinishi lo/.im bo'lgan masalalari qonun orqali muvofiqlashtirildi.
AXBOROT-KUTUBXONA KATALOGLARINING VUJUDGA KELISHI. ULARNING TURLARI, AHAMIYATI VA KUTUBXONA ISHIDA TUTGAN 0‘RNI.
Xalqimizning turmush madaniyatini oshirishda, ularni ma’naviy dunyosini boyitishda Axborot-kutubxona muassasalarining o'rni beqiyosdir. Axborot-kutubxona muassasalarining ijtimoiy vazifasi hozirgi kun talabidan kelib chiqib, tobora kengayib bormoqda. Axborot-kutubxona muassasalarining oldida turgan dolzarb masalalardan biri — yangi zamon kishisini yetuk malakali mutaxassis, madaniyatli va ma’rifatli inson qilib tarbiyalashdan iboratdir. Respublikamizdagi mavjud Axborotkutubxona muassasalarining fondlari keng doiradagi kitobxonlarning talabiga javob beradigan resurslar bilan m untazam
to'ldirilib boriladi. Axborot-kutubxona muassasalarining fondlari qanchalik to‘liq va mukammal, elektron resurslar bilan ta’minlangan bo‘lsa, ulardan foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qondirishga shunchalik keng imkoniyatlar yaratiladi.
Axborotkutubxona muassasalariga murojaat qiluvchi kitobxonlar
nihoyatda xilma-xilligi, mavjud barcha resurslarni har tomonlama ko‘rsatib berish zaruriyatini qat’iy talab qiladi. Axborot-kutubxona muassasalarining fondlarini har tom onlam a ochib berishda kataloglar asosiy rol o‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |