Mustaqil ish Arxitektura muxandisligi 2a gurux talabasi ismoilova begoYimning ichki arxitektura fanidan
Download 4.08 Kb.
|
BEGOYIM
- Bu sahifa navigatsiya:
- ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT.
Mustaqil ishArxitektura muxandisligi 2a gurux talabasi ismoilova begoYimning ichki arxitektura fanidanMavzu: Binolarni isitish tizimi Reja:
Isitish tizimi - isitilayotgan xonaga kerakli issiqlik miqdorini olish, kochirish va uzatish uchun moljallangan ozaro bog`lanishlarga ega bolgan konstruktiv elementlarning toplamidir.Suv deyarli siqilmaydigan katta zichlikka va issiqlik sig`imiga ega bo„lgan suyuq muxitdir. Suvning zichligi, hajmi va qovushqoqligi haroratga bog`liq bo„lgan holda o„zgaradi, qaynash harorati esa bosimga bog`liqdir, u bosim va harorat o„zgarganda gazlarni yutish va o„zidan ajratib chiqarish qobiliyatiga ega. Bug` yengil xarakatlanuvchan va kichik zichlikka ega bo„lgan muhitdir. Bug`ning harorati va zichligi bosimga boqliq. Faza almashinish bilan bug`ning hajmi va entalpiyasi juda katta o„zgaradi. Havo yengil harakatlanuvchan va nisbatan kichik qovushoqli zichlik va issiqlik sig`imiga ega bo„lgan muqitdir Uning zichligi va hajmi harorat o„zgarish bilan o„zgaradi. Suvdan foydalanganda xonalarning haroratlari deyarli bir tekisda ta‟minlanadi, isitish asboblari sirtlarining haroratlari chegaralanadi, quvurlarning ko„ndalang kesimlarini boshqa issiqlik tashuvchilarga nisbatan kamayadi, quvurlarda shovqinsiz haroratga erishiladi. Suvdan foydalanishning kamchiliklari: metallning ko„p miqdorda sarflanishi, tizimda katta gidrostatik bosim bo„lishi, suvning issiqlik inersiyasi hisobiga isitish asboblari rostlanishining sekinlanishi kiradi. Bug`dan foydalanilganda isitish asboblari sirtlarining va kondensat o„tkazgichlarning ko„ndalang kesimlari kamayishi hisobiga metall sarflanishi ham nisbatan kamayadi, isitish asboblarining tez isishi ta‟minlanadi. Vertikal quvurlardagi gidrostatik bosim suvga nisbatan minimaldir. Ammo bu issiqlik tashuvchisi sifatida sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydi, uning harorati berilgan bosimdan yuqori va doimiy bo„lib, isitish asboblarining issiqlik uzatishi rostlanishini ta‟minlamaydi, uning quvurlardagi xarakati esa shovqin bilan boqliqdir. Havodan foydalanilganda xonalardagi haroratni tezlik bilan o„zgartirish yoki bir tekisda ushlab turish ta‟minlanadi, isitish asboblarini o„rnatishga hojat qolmaydi, isitishni shamollatish bilan birgalikda amalga oshirish imkoniyati yaratiladi, 39 kanallarda uning shovqinsiz harakatlanishiga erishiladi. Undan foydalanishning kamchiliklariga issiqlikni kichik akkumulatsiya qilish qobiliyati, havo quvurlarining katta ko„ndalang kesimi va metallning ko„p sarflanishi havo quvurlari uzunligi bo„ylab haroratni nisbatan ko„p kamayib ketishi kiradi. ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT.Download 4.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling