Mustaqil ish Axborotlashuv jarayonining jamiyat taraqqiyotiga ta’siri. Javob
Axborotlashishning huquqiy asoslari
Download 27.16 Kb.
|
Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Globallashuvj arayonida ommaviy axborot vositalari xavfsizligi Javob.
3. Axborotlashishning huquqiy asoslari
Javob. Axborotlashtirish xizmatlarining yangi turlarini rivojlantirish va tartibga solishning huquqiy asoslarini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2003-2004 yillarda «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida», «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida» va «Elektron tijorat to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek, yangi tahrirdagi «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Mustaqillik yillarida axborotlashtirish sohasida mamlakatimizda olib borilayotgan tizimli va maqsadli davlat siyosati O'zbekistonda milliy axborot makonini rivojlantirish, axborotlashtirish sohasini isloh qilish, so'z va axborot erkinligini ta'minlashga imkon bermoqda. Poytaxtimizdagi xalqaro biznes markazida bo'lib o'tgan "Davlat boshqaruvini modernizatsiyalash va jamiyatni demokratlashtirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining roli" mavzuidagi xalqaro davra suhbatida ham mazkur sohada amalga oshirilayotgan sa'y harakatlar xususida so'z bordi. 4. Globallashuvj arayonida ommaviy axborot vositalari xavfsizligi Javob. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi jarayonida electron shakldagi ma`lumotlar bo`yicha ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda "Elektron raqamli imzo to`g`risida" gi, "Axborotlashtirish to`g`risida" gi, "Elektron tijorat to`g`risida" gi va "Elektron hujjat aylanishi to`g`risida"gi Qonunlar muhim normativ-huquqiy hujjatlar bo`lib xizmat qilmoqda. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi jarayonida electron shakldagi ma`lumotlar bo`yicha ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda "Elektron raqamli imzo to`g`risida"gi, "Axborotlashtirish to`g`risida"gi, "Elektront ijorat to`g`risida"gi va "Elektron hujjat aylanishi to`g`risida"gi Qonunlar muhim normativ-huquqiy hujjatlar bo`lib xizmat qilmoqda. Vazirlar Mahkamasining "Elektron raqamli imzodan foydalanishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish to`g`risida"gi Qarori yuqoridagi qonunlarning bajarilishini ta`minlovchi tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni belgilab berdi. Vazirlar Mahkamasining "Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to`g`risida"gi Qarori bilan "Davlat axborot resurslarinis hakllantirish va Davlat organlarining axborot tizimlarini tashkiletish tartiblari to`g`risida"gi Nizomlar tasdiqlandi.Fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishga prokuratura organlarida ham alohida e`tabor berilmoqda. Shu o`rinda axborot xavfsizligi tushunchasini tahlil qiladigan bo`lsak, O`zbekiston Respublikasining "Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to`g`risida"gi Qonuniga muvofiq, axborot xavfsizligi axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyalanganligini bildiradi. Shaxsning axborot borasidagi xavfsizligini ta`minlashning asosiy yo`nalishlari quyidagilardan iborat: — shaxsning axborotdan erkin foydalanishi uchun zarur sharoitlar va kafolatlarni yaratish; — shaxsning shaxsiy hayotiga taalluqli sirlarini saqlash; — shaxsni axborot vositasida qonunga xilof ravishda ruhiy ta`sir ko`rsatilishidan himoya qilish. Download 27.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling