Mustaqil ish bajardi: 56-20 guruh talabasi Jaylyashova Tekshirdi: toshkent 2022 Mavzu
Download 30.96 Kb.
|
dilbar
Metrologik tekshiruv nazoratiMetrologik tekshiruv va nazorat quyidagilarga bo‘linadi: davlat metrologik tekshiruvi va nazorati; yuridik shaxs tomonidan bajariladigan metrologik tekshiruv va nazorat. Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati – Davlat metrologik xizmati qonuniy belgilangan sohada amalga oshiradigan faoliyati. Qonuniy belgilangan sohada davlat metrologik tekshiruv va nazoratini Metrologiya bo‘yicha milliy idora – O‘zstandart Agentligi va unga qarashli Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlardagi bo‘limlar (keyinchalik – davlat metrologik xizmat idoralari) amalga oshiradi. O‘zbekiston davlat va xo‘jalik boshqaruv idoralarida, tadbirkorlik sub’ektlarida o‘lchashlar birliligini ta’minlash va metrologik tekshiruv va nazoratni amalga oshirish uchun metrologik xizmatlar tashkil etilishi mumkin. Bunda metrologik xizmatlar: vazirliklar va mahkamalarda – o‘lchashlar birliligini ta’minlash va o‘lchashlar doirasida tarmoq vazifalarini, metrologik tekshiruv va nazoratni amalga oshirish uchun; davlat va xo‘jalik boshqaruv idoralarida, tadbirkorlik sub’ektlarida – birlashmalar tarkibiga kirgan korxonalar tomonidan topshirilgan o‘lchashlar birliligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni bajarish uchun; tadbirkorlik sub’ektlarida – o‘lchashlar birliligini ta’minlash va metrologik tekshiruv va nazoratni amalga oshirish uchun tashkil etiladi. YUqorida nomlari ko‘rsatilgan ob’ektlarga nisbatan davlat metrologik tekshiruvi va nazorati natijalari quyidagilarda foydalaniladigan o‘lchashlarga nisbatan qo‘llaniladi: sog‘liqni saqlash va veterinariyada; atrof muhit holatini tekshirishda; oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini tekshirishda; mehnat sharoitlari vatransport harakatining xavfsizligini tekshirishda; geodeziya va gidrometeorologik ishlarni o‘tkazishda, foydali qazilmalarni qazishda; energiya tashuvchilarni ishlab chiqarish, iste’mol qilish va sifat va miqdorini tekshirishda; moddiy boyliklarni hisobga olishda; savdo-sotiq, bojxona, pochta va soliq ishlarini bajarishda; telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishda; davlat xavfsizligini ta’minlashda; zaharli, oson yonuvchi, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish va yo‘qotishda; sertifikatlashtiriladigan mahsulotning xavfsizligini va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashda; o‘lchash vositalari va metodikalarini davlat sinovlari, qiyoslash, kalibrlash, ta’mirlash va metrologik attestatlashda; milliy va xalqaro sport rekordlarini ro‘yxatga olishda. O‘zbekiston Respublikasining me’yoriy hujjatlariga asosan davlat metrologik tekshiruvi va nazorati faoliyatning boshqa sohalarida ham qo‘llanilishi mumkin. O‘zstandart Agentligi o‘lchash vositalarini qiyoslash, metrologik attestatlash va sinash huquqini metrologik ishlarning bu turlari bo‘yicha akkreditlangan yuridik shaxsga o‘rnatilgan tartibda berishi mumkin. Bunday hollarda metrologik xizmatlar, markazlar, laboratoriyalarga talablar O’z DSt 16.4:2001 va O’z DSt 8.006:1999 bo‘yicha aniqlanadi. “Metrologiya to‘g‘risida” Qonunga muvofiq davlat metrologik tekshiruvi va nazorati ob’ektlari quyidagilardan iborat: etalonlar; o‘lchash vositalari; moddalar va materiallar tarkibi va xossalarining standart namunalari; axborot-o‘lchash tizimlari; o‘lchashlarni bajarish metodikalari; xodimlar; metrologiya me’yorlari va qoidalarida ko‘rsatilgan boshqa ob’ektlar. Download 30.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling