MUSTAQIL ISH Bajardi:Abdualimov A Qabul qildi:Babakulov B
KOMPYUTER TARMOQLARINING RIVOJLANISH EVOLUTSIYASI
Reja - 1.Kompyuter tarmoqlari haqida tushuncha.
- 2.Tarmoqlarning texnik vositalari.
- 3.Kompyuter tarmoqlari tarixi.
- 4.Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Kompyuter tarmoqlari haqida tushuncha. - Jamiyatning hozirgi bosqichida axborot texnologiyalarining rivojlanishini kompyuter tarmoqlarisiz tasavvur etib bo`lmaydi.
- Kompyuter (hisoblash) tarmog`i – bu, aloqa kanallari orqali yagona tizimga bog`langan kompyuter va terminallar majmuasidir, Tarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob’yektlar tarmoq ob’yektlari deyiladi. Tarmoq ob’yektlari alohida kompyuter, kompyuterlar kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo`lishi mumkin. Axborotlarni territorial joylashuviga ko`ra kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy sinfga bo`lish mumkin: global tarmoqlor, regional (mintaqaviy) tarmoqlar, lokal (mahalliy) tarmoqlar.
Global tarmoq haqida qisqacha tushuncha - Global tarmoqlar (Keng hududlar tarmoqlari - wan), ular ham deyiladi hududiy kompyuter tarmoqlari, o'z xizmatlarini yirik hududda - mintaqa, mintaqa, mamlakat, qit'a yoki butun dunyo bo'ylab tarqalayotgan ko'plab yakuniy abonentlarga taqdim etish uchun xizmat qiladi.
Mintaqaviy tarmoqlar haqida tushuncha - Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzokda joylashgan biror mintaqaga tegishli abonentlarni birlashtiradi. Masalan,shahar ichidagi yoki iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan abonentlarni birlashtiruvchi tarmoq.
Lokal(mahaliy) tarmoq haqida tushuncha - Lokal (mahalliy) tarmoq kichik bir hududda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog`langan bo`ladi. Masalan, biror korxona yoki tashkilotga. Mahalliy tarmoqning uzunligini 2-3 km bilan cheklanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |