Institutlarning rivojlanish evolyutsiyasi


Download 0.91 Mb.
bet1/3
Sana11.10.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1697860
  1   2   3
Bog'liq
Masharipova 2


Iqtisodiyot fakulteti 5-kurs Mek-57 guruh talabasi
Masharipova Aysuluv Saliy qizining
Institutsional iqtisodiyot fanidan “Institutlar rivojlanish evolutsiyasi.” mavzusidagi
Mustaqil ishi
Tekshirdi F.Mamatova
INSTITUTLARNING RIVOJLANISH  EVOLYUTSIYASI
REJA
  • Institutsional o’zgarishlar nazariyasining asosiy qoidalari.   

2.Institutlar rivojlanishining avvalgi harakat yo’nalishiga bog’liqligi.       
3. Institutlar o’zgarishini mafkura nazariyasi asosida izohlash.

1 1.Institutsional o’zgarishlar nazariyasining asosiy qoidalari 


Institutlar rivojlanishining evolutsion variant norasmiy instututlarni ochiqligini ta‟minlash, ya‟ni ularning asosida yotuvchi normalarga qonun kuchini berish va ushbu institutlarni rasmiy doiralarga aylantirishdan iborat. Bunday o‟zgarishlar evolyutsion yoki genetik rivojlanish deb ataladi. U shuni nazarda tutadiki, yangi rasmiy 
institutlar bo‟sh joyda emas, balki mavjud norasmiy institutlar 
shaklini o‟zgartirish jarayonida paydo bo‟ladi. Rasmiy institutlarning rivojlanishi norasmiy doiralar darajasida yuzaga kelgan tendentsiyalarni qaytadan tiklaydi. Institutsional rivojlanishning evolyutsion variantiga misol tariqasida O‟zbekistonda mustaqillik yillarida qayta tiklangan navro‟z bayrami institutini ko‟rsatish mumkin. Institutlar insonlar xatti-harakatini tartibga soladi, ular faoliyatining barqaror bo‟lishini ta‟minlaydi. Lekin insonlar faoliyati va umuman iqtisodiyotning barqarorligini ta‟minlash uchun institutlarning o‟zlari o‟zgarishi kerak.
-
    • T.Veblenning fikriga ko‘ra, institutlardagi 
    • o‘zgarishlarga insonning hayotga mos ijodiy faoliyat yuritishga moyilligi, eskicha tafakkurni o‘zgartiruvchi ilmiy, texnologik, ijtimoiy o‘zgarishlarga olib keluvchi turlicha qarashlar sabab bo‘ladi. O‘zgarishning yana bir sababi – bu institutlar o‘rtasida turli tarixiy davrlarda 
    • yuzaga kelgan va turli madaniy ildizlarga ega bo‟lgan nizolar bo‘lishi mumkin.

O‘zgarishlar uncha katta bo‟lmagan miqdorda ko‟paytirish yo‟li bilan asta-sekin va tub o‟zgartirishlar orqali bir lahzada yuz berishi mumkin. 
-
    • Y.Shumpeterning fikricha, tadbirkorlarning innovatsion faoliyati, amal qilib turgan institutlarni o‟zgartirishning asosiy omili bo‟lib xizmat qiladi.

-
    • Yangiinstitutsional iqtisodiyotda Duglas Nort institutsional o‟zgarishlar nazariyasining asoschisi hisoblanadi. Evolyutsion institutsional o‟zgarishlar nazariyasini R.M.Nureev, R.I.Kapelyushnikov, A.N.Nesterenko, A.N.Oleynik, A.E.Shastitko, Ya.I.Kuzminov kabi rossiyalik olimlar tadqiq etishgan.

-
    • Duglas Nort institutsional o‟zgarishlar nazariyasining asosiy qoidalarini quyidagicha ifodaladi: 1. Institutlar va tashkilotlarning raqobat asosidagi o‟zaro hamkorligi institutsional o‟zgarishlar generatori bo‟lib xizmat qiladi.
    • 2. Raqobat kurashida omon qolish va g‟olib chiqish uchun tashkilot, firma bilimlarga investitsiya kiritishi kerak. Ushbu bilimlarning xususiyati va yo‟nalishi ishtirokchilarning aqliy salohiyatiga bog‟liq. Iqtisodiy agentlar tomonidan tanlangan bilimlar mavjud institutlarning asta-sekin o‟zgarishiga olib keladi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling