Institutlarning rivojlanish evolyutsiyasi


Download 0.91 Mb.
bet3/3
Sana11.10.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1697860
1   2   3
Bog'liq
Masharipova 2

1. An‟analarini aks ettirgan), institutsional rivojlanishning boshi berk variantlari ham cheksiz uzoq vaqt mobaynida o‟zini o‟zi qayta tiklashi mumkin. Huquqda qayd etilgan merkantilizm normalari faqat qisqa muddatli davrda samarali emas, balki qayta taqsimlashga yo‟naltirilgan faoliyat yordamida foyda olishga yo‟naltirilishga yordam beradi (oddiy utilitarizm normasi va rentani izlash). E. de Sotoning ta‟kidlashlaricha, «Peru jamiyati qayta taqsimlash bitimlariga asoslangan huquqiy tizimning oqibatlaridan aziyat chekishadi... Bizning hozirgi kunimiz Ispaniyadan kelgan davomli merkantilistik an‟ananing natijasidir». Shunday qilib, norasmiy norma butun jamiyat miqyosida individuallashtirilgan munosabatlar doirasidan tashqarida samarali ishlashi uchun oddiy ochiqligini ta‟minlashning o‟zi kifoya qilmaydi. Masalan, qonunchilik bilan mustahkamlangan «o‟ziniki o‟zinikiga noiloj do‟st» normasi insonlar o‟rtasidagi individuallashtirilmagan o‟zaro hamkorlikning asosida yotishi mumkin emas. Norasmiy norma ikkinchi tomonning “o‟ziniki” yoki “begonalar” qatoriga kirishiga qarab ikki xil xatti-harakat standartining mavjud bo‟lishini nazarda tutuvchi o‟zining ikki tomonlama tabiatidan qutilishi kerak.


Ikkinchi tomondan, Ispaniya, Portugaliya va Lotin Amerikasi mamlakatlarining tarixiy tajribasidan ko‟rish mumkinki (ularning huquqiy tizimi merkantilizm.
3. Institutlar o’zgarishini mafkura nazariyasi asosida izohlash. 
Mafkura nazariyasi yangi iqtisodiy tarixning bir tarmog‟i hisoblanadi.
Mafkura deyilganda har kuni yuzaga keladigan muammolarni qabul qilishning ularni hal etish uchun talab etiladigan axborot miqdorini kamaytirish imkonini beruvchi usuli (ijobiy ta‟rif), va individ harakat qilayotgan institutsional doiralarning adolatliligi yoki qonuniyligi haqidagi fikr tushuniladi (normativ ta‟rif). Birinchi ta‟rif Merkantilizm ushbu iqtisodiy nazariya vakillari pul va qimmatli qog‟izlar davlatning asosiy boyligi deb qarashgan. Va uning manbasi savdoda deb hisoblashgan.

Tovarlar importini cheklashgan. Eksportni rag‘batlantirib, savdo balansida ijobiy savdoni shakllantirganlar. Ular amaliyotchi – iqtisodchilar bo‟lishgan.


Mafkuraning tashqi muhitni va o‘zaro hamkorlik ishtirokchilarining xatti-harakatini talqin etishdan iborat bo‘lgan yangicha ifodalash funktsiyasi bilan bog‘liq. Boshqacha aytganda, mafkura yordamida individ o‟zining xatti-harakati to‟liq maqbul bo‟lmagan hollarda qarorlar qabul qilishda hisobga olinadigan omillar doirasini belgilab oladi. Bundan tashqari, muammoning o‘zaro hamkorlik ishtirokchilaritomonidan umumiy mafkuraviy e‟tiqodlar asosida bir xil qabul qilinishi ular o‟rtasida aloqa va axborot almashuvini osonlashtiradi hamda ularga yangicha ifodalashning oqilona normalari asosida harakat qilish imkonini beradi.
-
    • Ikkinchi ta‟rif o‟zaro hamkorlik qanaqa asosiy qadriyatlar va normalar asosida yo‟lga qo‟yilishi kerakligi to‟g‟risidagi normativ fikrni mafkura bilan bog‟laydi. Institutlarning rivojlanishning avvalgi harakat yo‟nalishiga bog‟liqligi asosan institutlarning yangicha ifodalash funktsiyasi bilan shartlangan. «Individlarning amaliy tajribasi avvalgi mafkura asosida talqin etilmasa, ular o‟zlarining mafkuraviy qarashlarini o‟zgartirishadi». Biroq, tajribaning mafkuraga mos kelmasligi darhol mafkuraviy qarashlarning tubdan o‟zgarishiga olib kelmaydi – o‟zgarishlar tuzatishlar kiritish va kichik o‟sishlar xususiyatiga ega bo‟ladi. 

-
    • Mafkuraga asoslangan qabul qilish tozalovchi orqali o‟tuvchi tubdan yangi tajriba salgina tuzatishlar kiritilgan eski tajribaga aylanadi. Mafkuradagi sekin, qisman o‟zgarishlar yuz beradigan uzoq davrlar davrlari bilan almashadi. Yangi tajriba yuzaga kelishining tezligi bilan mafkuraning tubdan almashishi extimoli unda talqin etish mexanizmining almashuvi yuz beradigan tub o‟zgarishlarning nisbatan qisqa o‟rtasida bog‘liqlik kuzatiladi.

-
    • Endi shuni ta‟kidlash mumkinki, mafkurani yuqorida ta‟riflangan «uzuq-uzuq muvazanat» (punctuated equilibrium) usuli bilan o‟zgartirish avtomatik xususiyatga ega emas, balki mafkuraning o‟zida unga joriy tuzatishlar kiritilishi uchun mas‟ul bo‟lgan unsurlar mavjud bo‟lgan taqdirdagina amalga oshiriladi. Shu nuqtai nazardan mafkuralar ikki xilda bo‟ladi. Birinchi turdagi mafkuralar doirasida yangi hayotiy tajribaning yuzaga kelgan talqin etish mexanizmlariga zidligi yangi tajribani qabul qilishdan yoki uni talqin etishdan va umuman mafkuradan voz kechish ko‟rinishiga ega bo‟ladi.

Aksincha, ikkinchi turdagi mafkuralar yangi tajribani sintez qilish hamda mafkuraga doimiy tuzatishlar kiritish orqali yangi tajriba va avvalgidun yoqarashni integratsiyalash imkonini beradi. Masalan, umuman jamiyatga ko‘chirilgan norasmiy normalar amalda 
bo‘lish va qo‟llashning mutlaqo yangi sharoitlariga tushib qoladi.
Normaning tarkibi bilan norma bajarishi lozim bo‟lgan maqsadlar o‟rtasida qarama-qarshilik yuzaga keladi. Ushbu qarama-qarshilik inversiya mantig‟i asosida (norasmiy normani o‟zgartirmagan holda uni legallashtirish yoki 
norasmiy normani taqiqlash), yoki mediatsiya mantig‟i asosida (norasmiy normani umuman jamiyat doirasidagi o‟zaro hamkorlikning o‟ziga xos jihatiga muvofiq talqin etish) hal etilishi mumkin.
ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling