Mustaqil ish Bajardi: Abduraxmonov Anvar
Download 312.42 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bulutli texnologiyalar (Cloud Computing) va ulardan foydalanish. Reja
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI Cloud texnologiyalari 1-Mustaqil ish Bajardi: Abduraxmonov Anvar Toshkent 2023 Bulutli texnologiyalar (Cloud Computing) va ulardan foydalanish. Reja: 1. Bulutli hisoblash. 2. Bulutli texnologiyalarning yaratilishi. 3. Bulutli hisoblash usullari. 4. Bulutli tizimlar tomonidan taqdim etilgan xizmatlar. Price water house Coopers konsalting agentligi raqamli iqtisodiyotning sakkizta asosiy texnologiyalarini ko‘rsatdi: buymlar interneti va sun'iy intellekt - raqamli manbalarning yangi avlodi uchun poydevor; robototexnika, dronlar va 3D printerlar - kompyuter imkoniyatlarini moddiy olamga o‘tkazishni osonlashtiradigan qurilmalar; kengaytirilgan va virtual reallik - jismoniy va raqamli olamlarni birlashtiradigan texnologiyalar; blockcheyin va bulutli hisoblash - tijorat operatsiyalari hisobini yuritishning asosiy operatsiyalariga yangicha yondashuvdir. Yaqindagina "bulutli hisoblash" atamasi ko‘plab Internet-serverlarda joylashgan ma'lumotni joylashtirish va ishlov berishni tushuntirish uchun ishlatilgan. Bulutli hisoblashlarning yuzaga kelishida “virtualizatsiya” texnologiyalarining ahamiyati juda katta hisoblanadi. "Bulut" atamasining paydo bo‘lishi Internetni tasvirlash uchun metafora deb hisoblanadi, uning yordamida ishlab chiquvchilar sarmoyadorlar va foydalanuvchilarga hisoblash va ma'lumotlarni saqlash ularning uylaridagi kompyuterda emas, balki boshqa joydagi ma'lumot markazida bo‘lishini tushuniladi. Bulut -AT-infratuzilma tashkilotlarining innavatsion modeli (konsepsiya) hisoblanib, u alohida ajratilgan va taqsimlangan konfiguratsiyalangan apparat va tarmoq resurslaridan, dasturiy ta’minotdan tashkil topgan va ular masofadagi provayderlarni ma’lumotlar markazida yotadi. Bulutli hisoblash tushunchasi birinchi marta 1970 yilda Licklider tomonidan kiritilgan va u har bir kishi nafaqat ma'lumot, balki dasturlarni ham oladigan tarmoqqa ulanishi mumkinligi haqida aytgan. Keyinchalik Makkarti foydalanuvchilarga xizmat (servis) sifatida hisoblash quvvatini berish g‘oyasini shakllantirdi. 1993 yilda "bulut" atamasi birinchi marta tijorat maqsadida ishlatilgan bo‘lib, ulangan kanallarga ega tarmoqlarda barcha turdagi yuqori tezlikdagi trafikni bir vaqtda ishlatiladi. Ushbu tarmoqlarda jo‘natuvchi va qabul qilgich o‘rtasida oraliq virtual aloqa paydo bo‘ldi, bu ma'lumot uzatish jarayonini sezilarli darajada soddalashtirdi. Bulutli hisoblashning zamonaviy tarixi 2006 yilda, Amazon o‘z veb-xizmatlarining infratuzilmasini taqdim etganida, foydalanuvchini nafaqat hosting, balki mijozga masofadan turib hisoblash quvvatini taqdim etishni taklif qildi. Ushbu yangilik Google, Apple va IBM kabi gigantlar tomonidan qabul qilindi va tasdiqlandi va 2008 yilda Microsoft bulutli texnologiyalar va dasturlarning butun guruhini taqdim etdi. Google bulutli texnologiyalarga asoslangan Chrome operatsion tizimi haqida e'lon qilganidan keyin foydalanuvchilarning bulutga bo‘lgan qiziqishi sezilarli darajada oshdi.Uning keng va tez-tez ishlatilishiga qaramay, ushbu atama aniq va bir ma'noli ta'rifga ega emas. Bu erda uning eng keng tarqalgan ta’rifi: "Bulutli hisoblash - bu tarqatilgan ma'lumotlarni qayta ishlash jarayoni, bunda foydalanuvchiga Internet xizmati sifatida kompyuter resurslari va tarmoq sig‘imi taqdim etiladi." Eng muhimi, bulutli ma'lumotlarni qayta ishlash yoki hisoblashlarning ishlashi mijozlarning shaxsiy kompyuterlarida emas, balki kuchli kompyuter-serverlarda taqdim etilishidir. Bulutli texnologiyalarning jadal rivojlanishi va tarqalishi bir qator afzalliklarga ega (5.1-rasm). Ko‘rinib turgan foydalarga qaramay, bulut tushunchalari ham bir qancha kamchiliklari mavjud Zamonaviy bulutli texnologiyalar nafaqat tayyor tarmoq va server qurilmalari, balki, asta-sekin ichki tizimlar (embedded cloud) bozoriga ham jadal kirib bormoqda. Turli xildagi qurilmalarni global tarmoqqa ulash va boshqarish g‘oyasi “buyumlar interneti” (Internet of Things –IoT) deb yuritiladi. Microsoft Windows embedded kompaniyasi bosh menenjeri Kevin Dallas fikriga ko‘ra, buyumlar interneti g‘oyasi ko‘p yillardan buyon mavjud bulgan, ammo bunday tarmoqni amalga oshirilmaganligiga sabab -birgina bo‘g‘inning, ya’ni, bulutli texnologiyaning yaratilmaganligi edi. Tarqatish modellari bo‘yicha bulutli hisoblash texnologiyalari xususiy, ommaviy va gibrid texnologiyalarga ajratiladi. Xususiy bulut (private cloud) –korxonaning ichki bulutli infratuzilishi va xizmatidir. Odatda bunday bulutli informatsion tuzilma shaxsiy yoki korporativ tarmoq doirasida joylashgan bo‘ladi. Tashkilot unga tegishli bo‘lgan bulutni mustaqil boshqarishi yoki bu masalani tashqi pudratchiga topshirishi mumkin. Infratuzilma buyurtmachi binosida yoki tashqi operatorda, yoki qisman buyurtmachi va qisman operator binosida joylashtirilishi xam mumkin. Ommaviy bulut (public cloud) -bunday infratuzilmadagi bulutli hisoblash xizmatlaridan keng xalq ommasi foydalanishi mumkin, bunda kerakli boshlangich ma’lumotlar uni yetkazib beruvchilar tomonidan taqdim etiladi va korporativ tarmoqdan tashqarida joylashtiriladi. Umumiy bulutli xizmatlar keng omma tomonidan bepul foydalanish uchun mo‘ljallangan. Xavfsizlik muammolari tufayli ko‘plab xaridorlardan qochish yoki faqat tanlab ommaviy bulutlarga o‘tish.Virtualizatsiya texnologiyasining rivojlanishi va oldindan ishlab chiqilgan bulutli infratuzilmalarning o‘sib borayotgan imkoniyatlari mijozlarga bulutli xizmatlarni shaxsiy bulutlarning qulayligi va xavfsizligida amalga oshirishga imkon beradi. Bunday holda, xaridor ichki kompyuter tarmog‘ini bulutga asoslanmagan holda ushlab turishi mumkin, lekin ayni paytda zaxira va ma'lumotlarni saqlash kabi ba'zi funktsiyalarni ommaviy bulut ta'minotchisiga to‘liq topshirishi mumkin. Misol sifatida xususiy bulutli texnologiya to‘g‘risida yanada aniq tasavvurga ega bo‘lishga yordam beradigan quyidagi asosiy mezonlarni ajratib ko‘rsatishimiz mumkin: 1. Bulut–bu nafaqat virtuallashtirish, negaki, server va infratuzilishni virtuallashtirish uni informatsion bulut deb hisoblashning asosi hisoblansada, virtuallashtirish va virtuallashgan muhitni boshqarishni amalga oshirish natijasida tizim o‘z-o‘zidan qandaydir turdagi bulut bo‘lib qolmaydi. Texnik muhit bulut texnologiyasi deb hisoblanishi uchun, informatsion tizim virtual mashina, operatsion tizim yoki bog‘lovchi dasturiy ta’minot konteyneri, yuqori bardoshli operatsion tizim, grid-hisoblash dasturiy ta’minoti, saqlash resurslarini tahlil qilib boruvchi dasturiy ta’minot, ko‘lamlashtiruvchi va klasterlovchi vositalardan iborat tashkil etuvchilarga ham ega bo‘lishi zarur. 2. Bulut–tejamkorlik manbai bo‘lishi shart emas. Bulutga pul mablag‘larini tejovchi vosita sifatida qarash xam xato tushunchalardan biri hisoblanadi. Bulutda ishlash tejamkor bo‘lishi mumkin, ammo bu juda xam majburiy bo‘lgan atribut hisoblanmaydi. 3. Xususiy bulut faqat buyurtmachidagina joriy etilishi shart emas. Xususiy bulut atamasi aniq bir joyda joylashganlikni emas, balki, bu texnologiyaning konfidensiallik, resurslarga egalik qilish yoki mustaqil boshqarish mumkinligi kabi xususiyatlarini aniqlab beradi. Ko‘plab bulut texnologiyalarni yetkazib beruvchi kompaniyalar lokal bo‘lmagan xususiy bulutlarni taklif etadilar, ya’ni, bulutda bir nechta mijozlar birlashtirilganligiga qaramay, resurslarni yagona buyurtmachiga ajratib beradi. “Bulut” o‘zining qaerda ochilganligi, unga kim egalik qilishi va boshqarishga kim mas’ulligiga ko‘ra emas, balki, maxfiyligi uchun xususiy bulut hisoblanadi. Masalan, xususiy ma’lumotlarga ishlov berish markazlari xosting-provayderda joylashtirilishi yoki turli buyurtmachilar resurslarini birlashtirilib, xususiy virtual tarmoqlar (Virtual Private Network –VPN) orqali bir-biridan ajratib qo‘yilishi mumkin. 4.Xususiy bulut (ommaviy bulut kabi) –bu nafaqat infratuzilmali xizmat. Serverli virtuallashtirish –yirik yo‘nalish va shuning uchun xam xususiy bulutlar hisoblashning katta quvvatli harakatlantiruvchi omili hisoblanadi. Infratuzilma sifatidagi xizmat ko‘rsatish (IaaS –Infrastructure as a Service ) ishlash tamoyillarini tubdan o‘zgartirib yubormagan holda xususiy bulutlar eng quyi daraja resurslaridan foydalanish uchun juda qulay bo‘lgan sodda shaklda taqdim etiladi. 5.Xususiy bulut xususiy bo‘lmay qolishi xam mumkin. Bir tomondan, xususiy bulut keng ko‘lamli, samarador, ommaviy bulutlar uchun xarakterli bo‘lgan real va salohiyatli xamda xavfsizlik tahdidlarini bartaraf qilishda bir qancha afzalliklarga ega. Ikkinchi tomondan, elektron biznesning asosiy talablaridan biri bo‘lgan xizmat ko‘rsatish, xavfsizlik va me’yoriy talablarga rioya etishni nazorat qilish darajasi vaqt o‘tishi bilan ommaviy bulut xizmatlarida ham ortib boradi. Standart va texnologiyalar milliy institutining (NIST -National Institute of Standards and Technology, USA) “The NIST Definition of Cloud Computing” nomli hujjatida informatsion bulutlarning quyidagi tasniflari aniqlab berilgan: -talab bo‘yicha o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish (On-demand self-service). -keng yo‘lakli kirish imkoniyati(Broad network access). -resurslarni birlashtirish (Resorce pooling). -tezkor elastic holat (Rapid elasticity). -o‘lchovli servis (Measured service). Hozirgi kunda bulutli texnologiya xizmat ko‘rsatishlarini ba’zida bulut qatlamlari deb ham ataladigan uchta asosiy modelga ajratish qabul qilingan. Bu uchta qatlam bulutli texnologiyalar tuzilishinigina emas, balki butunlay axborot texnologiyalarini aks ettiradi. 1.Infratuzilma sifatidagi xizmat (Infrastructure as a Service –IaaS) buyurtmachilarga xizmatlar sifatida taqdim etiladigan serverlar, tarmoq uskunalari va saqlash qurilmalariga o‘xshash moddiy resurslar majmuidan iborat. Infratuzilma xizmatlari zaruriyatga ko‘ra, hisoblash quvvatini taqdim etgan holda, ma’lumotlarga ishlov berish markazini to‘g‘ri va samarali jihozlash masalalarini hal qiladi. Afzalliklari. Texnik ta’minotga kapital qo‘yilmalarni qisqartiradi. Odatda, bu modelda virtuallashtirish usullari qo‘llanganligi sababli, resurslardan yanada samarali foydalanish orqali tejamkorlikka erishish mumkin. Sarmoyalarni yo‘qotish riski va joriy etish muddatining kamayishi, avtomat tarzda masshtablanuvchanlik xam afzalliklar sirasiga kiradi. Kamchiliklari. Biznes-samaradorligi va mehnat unumdorligi bulutli xizmatlarni yetkazib beruvchining imkoniyatlariga bog‘liq. Uzoq muddat salohiyatli xarajatlar talab qilish ehtimoli xam mavjud. Markazlashtirish ham xavfsizlik choralariga yangicha yondashuvlarni talab etadi. IBM Smart Cloud Enterprise, VMWare, Amazon YEC2, Windows Azure, Google Cloud Storage, Parallels Cloud Serverkabilarni bu turdagi infratuzilma xizmatlariga misol sifatida keltirish mumkin 2.Platforma sifatidagi xizmat (Platform as a Service –PaaS) -foydalanuvchiga ilovalarni xizmatlar to‘plami sifatida (yaratilgan yokisotib olingan) taqdim etuvchi xizmat ko‘rsatish bulutli modelidir. Xususan, bu platforma xizmatlar sifatida oraliq dasturiy ta’minot, xabarlar almashish, integratsiya, axborotlar saqlash, aloqa va shu kabi boshqa xizmatlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, xizmat sifatida ish joyi (Workplace as a Service –WaaS Download 312.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling