Mustaqil ish Bajardi: Abduraxmonov Anvar


), ma’lumotlar (Data as a Service –


Download 312.42 Kb.
bet2/2
Sana02.05.2023
Hajmi312.42 Kb.
#1421994
1   2
), ma’lumotlar (Data as a ServiceDaaS), xavfsizlik (Security as a Service –SaaS) kabilar taqdim etilishi mumkin. Afzalliklari. Yangi versiyalarini foydalanuvchiga sezilarsiz va osonlik bilan yetkazish. Odatda bu foydalanuvchining bulutda dasturiy ta’minot o‘zgarganligini katta uzgarishlarsiz his etishi yoki ideal ma’noda mutlaq his etmasligini bildiradi. Kamchiliklari. Avvalgi xizmat modelida bo‘lgani kabi, markazlashtirish ishonchli xavfsizlik choralarini talab etadi. IBM Smart Cloud Application Services, Amazon Web Services, Windows Azure, Boomi, Cast Iron, Google App Engine kabilarni bu turdagi platforma xizmatlariga misol sifatida keltirish mumkin.
3.Dasturlar sifatidagi xizmat (Software as a Service –SaaS) kerakli dasturlar yetkazib berish qandaydir xizmat sifatida tushuniladi, ya’ni, provayderning ilovalari bulutda ishga tushiriladi va foydalanuvchining talablariga ko‘ra xizmat kursatish sifati ta’minlanadi. Iste’molchi bulutning bazaviy infratuzilmasi, shu jumladan tarmoq, serverlar, operatsion tizimlarni boshqarmaydi. Oxirgi foydalanuvchiga faqat kirish parametrlari (login, parol va shu kabilar) xavfsizligi va provayderning ilovalarni xavfsiz sozlash bo‘yicha ko‘rsatmalarini bajarish mas’uliyatiyuklanadi, xolos. Ilovalar xizmati xam Internetda ko‘p ishlaydigan foydalanuvchilar uchun juda yaxshi tanish. Bu turdagi ilovalarning eng keng tarqalgan namunasi -GMail, Mail.ru, Yahoo Mailpochta xizmatlaridan iborat. Umuman olganda, minglab SaaSilovalari mavjud va Web 2.0 texnologiyasi tufayli ularning soni kun sayin ortib bormoqda. Afzalliklari. Apparat-daasturiy ta’minoti va mehnat resurslariga sarflanadigan sarmoyalarni qisqarishi, sarmoyalarni yo‘qotish riskining kamayishi, tizimning sezilarsiz-oson ko‘rinishda yangilanishi yo‘nalishda Huawei Tech Investment Tashkentkompaniyasi tomonidan tashkil etilgan "Bulutli hisoblash O‘zbekiston sammiti-2016" xalqaro anjumani bo‘lib o‘tdi. 2017 yil 21 sentyabrda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Microsoftkompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanib, bu hujjatda AKT sohasidagi istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi. IaaS bulut texnologiyalaridan O‘zbekistonda avvallari xam foydalanilgan, bu esa tashkilotlarni resurs talab qiladigan mijoz va tarmoq IT-infratuzilmasini xamda ma’lumotlarga ishlov berish moddiy va dasturiy infratuzilmasini tashkil qilish muammolaridan holi etadi. IaaSinfratuzilma autsorsingidan foydalanib, bulutli xizmatlar iste’molchilari ortiqcha xarajatlardan xalos bo‘ladilar. PaaS bulutli texnologiyalari O‘zbekistonning yetarlicha moddiy bazaga ega bo‘lmagan ishlab chiqaruvchi va xizmat kursatuvchi kompaniyalari loyihalarini amalga oshirishda foydalanilishi mumkin. SaaS turiga mansub bulutli texnologiyalar O‘zbekistonda endigina joriy qilinmoqda. Bizning fikrimizcha, bu birinchi navbatda, asosan chekka xududlarda, Internet tarmog‘iga ulanish tezligining pastligibilan bog‘liq. Biroq kelgusi yillarda SaaS xizmatlari eng ko‘p talab qilinadigan xizmatlardan biriga aylanadi, chunki so‘nggi yillarda bulutli yechimlarning qo‘llanilish kulami jahon bozorida jadal sur’atlarda o‘sib bormoqda va butun dunyo bo‘ylab katta o‘sish sur’atlari ko‘payishi aynan SaaSyo‘nalishida kuzatilmoqda. Ekspertlarning baholashlariga ko‘ra, jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, davlat hukumati muassasalaridagi katta hajmli axborotlar eng takomillashgan yondashuvlarni talab qilganligidan aynan davlat sektorida SaaS xizmatlari uchun eng barqaror talab shakllanishi mumkin.
2018 yilda global bulutli xizmatlar bozori hajmi qariyb 182 milliardni tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 27 foizga ko‘pdir. Ko‘rib chiqilayotgan bozor butun IT sohasiga qaraganda 4,5 baravar tez o‘smoqda. 2018 yilda bulutli infratuzilma xizmatlari uchun global bozor hajmi 80 milliard dollardan oshdi, bu 2017 yilga nisbatan 46 foiz ko‘pdir. 2019 yil oxiriga qadar texnologiya provayderlari tomonidan taklif etilayotgan dasturiy ta'minotning 30 foizdan ortig‘i bulutli bulutli modelga o‘tadi. »Hisob-kitoblar. Uzoq muddatli istiqbolda bu SaaS modeli foydasiga litsenziyalash to‘lovlari va obuna bo‘yicha bulutli hisoblash asosida dasturiy ta'minot iste'moli mashhurligining yanada pasayishi tendentsiyasini aks ettiradi.Butut infratuzilmasini rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi asosiy omil aloqa kanallarining cheklangan kengligi hisoblanadi. Dunyoda yangi kabellarni yotqizish tezligi sekundiga 1300 metrni tashkil qilsa-da, trafikning o‘sishi va ishlov beriladigan va saqlanadigan ma'lumotlarning hajmi tufayli kanallarning o‘tkazish qobiliyati hali ham etarli emas.Rossiyadagi bulutli texnologiyalar bozorini keng miqyosli tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, bu aniqlandi. Respondentlarning uchdan ikki qismi ma'lumotlarning maxfiyligi masalasini bulutlardan foydalanishda asosiy to‘siqlar deb hisoblashadi. So‘ralganlarning 41 foizi biznes rahbarlari bulut xizmatlaridan foydalanishga tayyor emasliklarini qayd etishgan. Bulutli hisoblash modellari talablari va internet - resurslari aynan shu modelga tegishli ekanligini aniqlash uchun, ularni xarakteristikalarini bulutli hisoblashni asosiy xarakteristikalari bilan tekshirish mumkin: National Institute of Standards and Technology (talab bo‘yicha o‘z - o‘ziga xizmat ko‘rsatish, resurslarda yagona pul bo‘yicha hamjihatlikda foydalanish, bir vaqtning o‘zida elastik va masshtablashgan, faqatgina real xizmatdan foydalanganda to‘lash, universal tarmoq kirishi ).
Shuni aytib o‘tish joizki, bulutli hisoblash konsepsiyasi iste’molchilarga bir qancha qo‘shimcha turdagi bulutli xizmatlarni taqdim etadi: Stroge-as-asService, Database-as-a-Service, Information-as-a-Service,Process-as-a-Service, Process-as- a-Service, Integration-as-a-Service, Testing-as-a-Service va boshqalar, bundan tashqari Storage-as-a-Service ning ko‘p sonli bulutli saqlash fayllari mavjud: Amazon Simple Stroge Service (Amazon S3), DropBox, GoogleDrive, MicrosoftOneDrive va boshqalar.
Bulutli texnologiyalarni va bulutli hisoblashlarni ta’lim yurtlarida qanday tadbiq qilish mumkin? Google kompaniyasi talim yurtlariga Google Apps for education bulutli ilovani elektron talim sifatida taqdim etadi. Microsoft kompaniyasi esa oliy o‘quv yurti talabalariga Office 365 for education (Windows Azure in education) bulut xizmatini tavsiya etadi. Bulutli hisoblashni (Cloud Computing) maktablarga, oliy o‘quv yurtlariga tadbiq etish, o‘quvchi va talabalarni bilim bilan yetarlicha ta’minlaydi.


Xulosa.
Shunday qilib, bulutli texnologiyalar har bir foydalanuvchi uchun hayotni osonlashtiradigan eng tez rivojlanayotgan va tezkor daromad keltiradigan texnologiyalarning yorqin misolidir. Internet yoki bulutli dasturlar bizni o'z tarmoqlarini yuklash tizimi orqali bog'laydi, bu bizning hayotimizni qulay qiladi va xavfsiz amalga oshadi. Shunday qilib, bulutli texnologiyalarning mashhurligi va Internetning salbiy ta'siriga qaramay, u eng tezkor texnologiya bo'lib qoladi va u bugungi bozorning so'nggi tendentsiyasiga aylandi. Demak, undan foydalanishning maqsadi butun dunyo bo'ylab xaridorlarni bir-biriga bog'lash orqali resurslarni diversifikatsiya qilish va o'z vaqtida kerakli resurslardan foydalangan holda ushbu sohadagi mijozlarini saqlab qolish orqali biznes foydalanuvchilariga o'z bozorlarini kengaytirishga imkon berishdir. Mening fikrimcha, hamma bulutli dasturlarni nima uchun ishlatadi, bu bizga har qanday hajmdagi fayllarni zaxira qilishning eng zo'r tizimini taqdim etadi. Axborot texnologiyalari mutaxassislari uchun bu dunyodagi istalgan joydan resurslarga kirish va ishlash imkoniyatiga ega bo'lgan so'nggi texnologiya tendentsiyasining ulkan o'sishi bo'ldi va mijozlar bilan ishlash va ishlashni yanada moslashuvchan qildi.
Download 312.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling